Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Namangan davlat universitetida bo‘ldi


Foto: "Xalq so‘zi"
Namangan davlat universitetiga Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian tashrif buyurdi.
Elchi universitetda tashrif davomida so‘nggi yillarda olib borilayotgan akademik va ilmiy ishlar, «Erasmus+ dasturi» loyihalari natijalari, fakultetlar faoliyati, ularda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng yangi tashkil etilgan biotexnologiya fakulteti laboratoriyalaridagi mashg‘ulotlar jarayonini bevosita kuzatib, talabalar bilan suhbatlashdi.
Yangi tashkil etilgan IT-PARK, axborot resurs markazi ham Sharlotta xonimda iliq taassurot qoldirdi. Universitet professor-o‘qituvchilari bilan ham qizg‘in suhbatlashgan elchi bu yerda ilmiy yutuqlar uchun mustahkam poydevor mavjudligini eʼtirof etdi.
Taʼkidlash o‘rinliki, ayni paytda Namangan davlat universiteti Polsha, Ruminiya, Gretsiya, Italiya va Portugaliyaning bir qator nufuzli OTMlari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolangan. Hozirga qadar yuzga yaqin professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuv dasturlarida ishtirok etganlar. “Aymep”, “Uzdok”, “Modehed” kabi 3 yillik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Mehmonali Egamberdiyev, Otabek Imomov, Saidjalol Hasanov, Jasur Isroilov, Asatullo Sulaymonov, Mirzohid Askarov, Botir Jafarov, Olimjon Dadaboyev, Dilmurod Mahmudjanov kabi yosh o‘qituvchilar Polsha, Italiya, Ruminiya kabi davlatlardagi nufuzli OTMlarda akademik almashinuv bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borib, ularning aksariyati hozirda falsafa doktori dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilganlar.
Muloqotda ular tomonidan o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan Yevropa tajribalari, kredit-modul tizimida tadbiq etilayotgan metodlar xususida Sharlotta Adrianga batafsil maʼlumot berdilar.
Elchi Namangan davlat universitetida olib borilayotgan ishlarni yuksak baholadi va kelgusida bu kabi hamkorlik davom etishini mamnuniyat bilan taʼkidladi.
Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi
Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqib, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlari kuchaytirilishini maʼlum qildi. Unda har bir mahalla va xonadonga tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlash va ularga qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.Murojaatda jinoyatga moyil shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazish va 'fuqarobay' ish tizimini joriy etish rejalashtir
Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi
Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik
Fargʻonada 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilib ketdi
Fargʻona shahrida 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, kecha, 19-aprel kuni soat 22:00 da Fargʻona shahar Madadkor hamda Madaniyat mahallalari kesishmasidagi kichik halqa yoʻli yonida 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilishi kuzatilgan.Buning ortidan Madadkor, Yangisoy, Toʻqimachilar, M.Ulugʻbek hamda Yoshlar MFY hududlari avariya bartaraf etilguniga qadar ichimlik suvi