calendar 27 Sep 21:20
eye 31
comments 0
comments Manba: zamin

Surxondaryoda haydovchi YPX xodimini Lacetti kapotida 4 kilometrgacha sudrab ketdi (video)

image
Ijtimoiy tarmoqda 27 sentyabr kuni yana bir YPX xodimi kapot ustida sudrab ketilgani aytilgan videolavha tarqaldi. Viloyat IIB matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy maʻlumot berdi.

Unda aytilishicha, voqea 13 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati, Qumqo'rg'on tumanida yuz bergan. Tumanning «Surxon sohili» MFY hududida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Lacetti haydovchisi T.X. yo'lning qatnov qismida sababsiz to'xtab, sunʻiy tirbandlik hosil qilgani sababli ushbu avtomashina haydovchisining yoniga borib, o'zini tanishtirgan va tegishli hujjatlarni taqdim etishni, mashinani yo'lning chetiga olishini aytgan.

Haydovchi inspektorning qonuniy talabini bajarmasdan avtomashinani uning ustiga haydagan. Xodim to'xtab turgan avtomashina oldida bo'lganligi sababli uning old kapotiga osilib qolgan. Harakatlanib borayotgan avtomashina old qismida bo'lgan YPX inspektori haydovchini bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramasdan uni, taxminan, 3-4 kilometr masofagacha haydab ketgan.

YHXBB xabarida aytilishicha, avtomobil, taxminan, shuncha masofagacha harakatlangandan so'ng xodim yerga qulab tushgan. Inspektor tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining maʻlum qilishicha, holat yuzasidan Qumqo'rg'on tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko'rsatish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
289
0
xs.uz

“Tarbiya” fani dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi hamda Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo'mitasining qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Unda senatorlar, deputatlar, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari a'zolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy ke

16 Apr 15:12
 
58
0
xs.uz

Dunyodagi bugungi iqtisodiy tebranishlar sharoitida har bir hokim favqulodda masʼuliyat olishi lozim — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda.Davlatimiz rahbari bugungi kunda Andijonda havas qilsa arzigulik oʻzgarishlar boʻlayotganini qayd etdi.'Kecha viloyatdagi ishlar bilan tanishdim, oddiy odamlar bilan gaplashdim. Ishonch bilan aytishim mumkinki, bu zaminda Yangi Oʻzbekiston shukuhi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib ulgurgan.Bu ' islohotlarimizning eng katta natijasi, desak, toʻgʻri boʻ

16 Apr 09:12
 
30
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida toʻqimachilik klasteri bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 'WBM Romitex' klasterining Andijon shahrida qurilgan yangi korxonasi faoliyati bilan tanishdi.'WBM Fabrics' nomli ushbu korxona qayta ishlash zanjirining navbatdagi bosqichi. Umumiy qiymati 50 million dollarlik investitsiya loyihasi doirasida zamonaviy sanoat inshooti qurilib, Italiya va Germaniyadan yuqori texnologik uskunalar keltirib o'rnatildi. Matoni bo'yash va gul solish yo'lga qo'yildi. Korxona yiliga 24 ming tonna shunday xaridorgir mahsulot tayyorlash quvvat

22 Mar 08:54
 
62
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi

Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y