calendar 22 Sep 10:31
eye 56
comments 0
comments Manba: qalampir

Zelenskiyning birinchi yordamchisiga suiqasd uyushtirildi

image
image

Kiyevda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning birinchi yordamchisi Sergey Shefirning mashinasi o'qqa tutildi, buning oqibatida mashina haydovchisi jarohat oldi. Bu haqda "Interfaks" nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 22 sentyabr kuni soat taxminan 10:00 da sodir bo'lgan. Hozirda voqea joyida politsiya tergov guruhi ishlamoqda.

Xabarga ko'ra, parlamentning milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qo'mitasi boshlig'ining o'rinbosari Maryana Bezuglaya Shefirni o'ldirishga urinish bo'lganini tasdiqlagan.

Maryana Bezuglayaning maʻlum qilishicha, mashina haydovchisi uchta o'qdan jarohatlangan.

Huquq-tartibot idoralariga ko'ra , mashinaning o'ziga jami 12 ta o'q otilgan.

Shuningdek, Ukraina Ichki ishlar vazirining maslahatchisi Anton Gerashenko Facebook'dagi sahifasida mashina harakatlanib ketayotgan vaqtda o'rmon hududidan avtomatdan o'q otilganini yozgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
338
0
xs.uz

“Google” reklama sohasida monopol tashkilot deb topildi

Qoʻshma Shtatlar sudi 'Google' kompaniyasining reklama tarqatishdagi yondashuvlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligini aniqlagan. U oʻn yildan ortiq vaqt davomida reklama sohasida oʻzining monopoliyasini oʻrnatgan va raqobatchilarni cheklab kelgan.Sud tomonlarga internet giganti monopolist sifatida tan olinganidan keyingi harakatlar boʻyicha pozitsiyalarini shakllantirish uchun vaqt bergan.Taʼkidlash joiz, hamkorlarga oldindan oʻrnatish uchun koʻplab milliard dollarlik toʻlovlar

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-

04 Apr 16:20
 
42
0
xs.uz

AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi

AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu