calendar 15 Sep 20:21
eye 39
comments 0
comments Manba: xs

Grippga qarshi emlash koronavirus yuqish xavfini 50 foizga kamaytirgan 

image

Foto: РИА Новости

Grippga qarshi emlanganlar COVID-19ning birinchi toʻlqini paytida koronavirusga chalinish ehtimoli 47, ikkinchisida esa 50 foizga kamroq boʻlgan.

Bu Gollandiyaning Radbaud tadqiqot universiteti tibbiyot markazi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar yakunida maʼlum boʻldi. 

Tadqiqot natijalari haqida "medRxiv" portalida maqola eʼlon qilindi. Mutaxassislarning fikricha, grippga qarshi emlash maʼlum darajada koronavirusdan himoya qiladi. 

Pandemiyaning birinchi toʻlqini payti olimlar Gollandiyadagi shifoxona xodimlari oʻrtasida tadqiqot olib borishgan. Unda COVID-19 bilan kasallanish grippga qarshi emlanganlarga qaraganda ancha past qayd etilgan. Xususan, birinchi toʻlqinda grippga qarshi emlanganlar orasida koronavirusga chalinish xavfi emlanmaganlarga qaraganda 47 foiz past boʻlgan. Ikkinchi toʻlqinda bu koʻrsatkichlar 50 foizni tashkil etgan.

Tadqiqot mualliflari buning sababi “tayyorlangan” immunitet taʼsiri boʻlishi mumkin, degan xulosaga kelishdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-

04 Apr 16:20
 
42
0
xs.uz

AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi

AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu

18 Apr 11:08
 
25
0
xs.uz

Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin

AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem