calendar 14 Sep 11:31
eye 106
comments 0
comments Manba: qalampir

Moratoriy faqat qog'ozdami? Surxondaryoda 160 tup daraxt kesib tashlangani aytilmoqda (foto)

image
image

QALAMPIR.UZ tahririyatiga kelib tushgan maʻlumotlarga ko'ra, Surxondaryo viloyatining Sho'rchi tumanida 160 tupdan ortiq tut daraxti qo'porilib, o'rnida qurilish boshlangan.

Maʻlumotga ko'ra, 13 sentyabrdan 14 sentyabrga o'tar kechasi tumanning Obodon hududi, Termiz – Dushanbe xalqaro yo'li yonida 4 gektarlik tutzor orasidan 160 donadan ortiq tut daraxti kesib, tomiri bilan qo'porib olingan.

Saytimiz foydalanuvchisi yuborgan rasmlarga ko'ra, tut daraxtlarining o'rnida bugun, 14 sentyabr erta tongdan qurilish ishlari boshlangan. Uzunligi 40 metr bo'lgan yirik binoning poydevori qurilishida 8-10 nafar kishi ishlayapti.

Qayd etish kerakki, O'zbekiston Prezidentining "2030 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni bilan davlat o'rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 31 dekabrgacha moratoriy joriy etilgan.

Shundan so'ng, "2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida"gi Prezident farmoni bilan daraxt kesish uchun moratoriy 2021 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirilgandi.

Biroq, mamlakatda Preziyednt farmoniga qaramay, mamlakatda daraxtlar qirg'ini tugamayapti. Bundan bir necha kun oldin Toshkentning Mirobod tumanida 51 ta ko'p yillik daraxtni qurigan, deb hisoblanib kesish boshlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
48
0
xs.uz

Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi

Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi, iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun teng sharoitlar yaratilyapti. Navroʻz bayrami arafasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida ish boshlagan bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi bu yoʻnalishdagi yana bir xayrli qadam bo

16 Apr 09:11
 
37
0
xs.uz

Jangchi qizning jasorati

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Bundan roppa-rosa bir asr avval, yaʼni 1925-yilning yoz oylari. Ukrainaning Xarkov viloyati, Volchanskiy tumanidagi Verxniy Saltov qishlogʻida istiqomat qilayotgan ziyoli oilalarning birida qizaloq dunyoga keldi. Oila boshligʻi Andrey Ivanovich Pixota maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlardi. U farzandlarini ham ilmli, ziyoli insonlar etib tarbiyalashga katta eʼtibor qaratdi. Xususan, qizaloq Vera besh yoshidan nemis tilini oʻrgana boshladi. U 10 ' 12 yoshlar

24 Mar 13:25
 
67
0
xs.uz

Farg‘ona shahrining Yuksalish ko‘chasi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirildi

Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, bu ko'chada 3 ta chorrahada 22 dona 'aqlli' sfetofor, ko'chaning 2 tomonidagi piyodalar yo'laklariga 1,6 km. uzunlikda taktil qoplamalar, piyodalar o'tish yo'laklarida ko'cha to'siqlari o'rnatildi.Shuningdek, chorrahalarda piyodalar o'tish yo'laklari maxsus bo'yoq bilan qoplandi, mavjud binolarning kirish qismlari eshiklar atrofi kontrast rangli ogohlantiruvchi tasmalar bilan to'liq jihozlandi, yo'laklarda yangi panduslar qurildi, avtobus bekati nogir

24 Mar 13:25
 
88
0
xs.uz

Andijonda “Matiz” ikki bolani urib yubordi

Andijon viloyati Asaka tumanida 'Matiz' ikki nafar bolani urib yubordi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, voqea Asaka tumani Yuksalish MFY hududidan oʻtgan D-105E Asaka'Humo avtomobil yoʻlining 2-kilometrida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, 44 yoshli A.O. oʻzining 'Matiz' rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan.YTH oqibatida tan j