calendar 23 Aug 10:10
eye 37
comments 0
comments Manba: daryo

“Tolibon” Afg‘oniston sobiq prezidenti Ashraf G‘anini afv etishga va’da berdi

image

“Tolibon” guruhi Kobul qulashidan avval mamlakatdan qochib ketgan prezident Ashraf G‘ani hamda vitse-prezident Amrulla Solih va davlat rahbarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulla Muhibning xavfsizligi ta’minlanishini kafolatlamoqda. Bu haqda harakat yetakchilaridan biri Xalilaur-Rahmon Haqqoniy Pokistonning Geo TV telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Bloomberg

Haqqoniy qayd etishicha, mamlakatdan qochib ketgan yuqori mansabli amaldorlar ham, oddiy afg‘onlar ham amnistiyaga umid qilishi mumkin. “Barcha afg‘onlar — bizning qardoshlarimiz, shunday ekan, ular mamlakatga qaytib kelishi mumkin… Bizning dushmanligimizning yagona sababi tizimni o‘zgartirishga bo‘lgan intilishimiz edi. Endi tizim o‘zgardi”, — dedi u.

15-avgust kuni “Tolibon” Kobulga kirib, prezident saroyini egallab oldi va mamlakatdagi hokimiyatni o‘z qo‘liga olganini e’lon qildi. Shu kuniyoq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G’ani mamlakatdan qochib ketdi. Bir necha kundan keyin u oilasi bilan Birlashgan Arab Amirliklarida ekani ma’lum bo‘ldi. 18-avgust kuni G‘ani Afg‘oniston xalqiga murojaat yo‘llab, mamlakatga qaytishga va’da berdi. G‘ani buning uchun maslahatlashuvlar olib borayotganini aytdi, ammo aynan kim bilan ekanini ochiqlamadi.

Prezident qochib ketganidan keyin u o‘zi bilan moddiy boyliklar, shu jumladan, juda katta qiymatda naqd pul olib ketgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. G‘anining o‘zi bu ayblovlarni yolg‘on va “mutlaqo asossiz” deb atadi.

Ashraf G‘ani Afg‘onistonga 2014-yildan boshlab prezidentlik qilgan. 1990-yillarda u Jahon bankida ishlagan, shuningdek, BMTning Afg‘onistonga gumanitar yordamni muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbari bo‘lgan.

Avvalroq Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulla Solih o‘zini qonuniy davlat rahbari deb e’lon qilgan, uning kuchlari Kobuldan shimolda joylashgan Parvon viloyati markazi Chorikor shahrida tumanlardan birini “Tolibon”dan olib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan edi. Uning aytishicha, ayni paytda Panjsher viloyatida janglar ketmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-