Saken Polatov O'zbekiston terma jamoasi bokschilari bilan uchrashuv o'tkazdi (foto)

Bugun navbatdagi musobaqalar oldidan O'zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov terma jamoamiz aʻzolari bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.
Yig'ilish davomida endilikda terma jamoada ishni tashkil etishda kiritiladigan o'zgarishlar, oldindagi rejalar va boshqa masalalar gaplashib olindi. Federatsiya rahbari barcha uchun imkoniyat borligi haqida gapirdi.
"Endilikda terma jamoa tarkibi bir necha mutaxassisdan tashkil topgan murabbiylar kengashi qaroriga ko'ra aniqlanadi. Terma jamoa uchun yig'inlar soni ko'paytiriladi.
Barchangizda o'z oldingizga qo'ygan maqsadingiz bor. Unga erishish uchun esa faqat va faqat mehnat qilishingiz lozim.
Bu yerda o'tirgan barcha bokschilar Parij Olimpiadasi, jahon chempionatlari uchun potentsial nomzod hisoblanishadi.
Sizdan talab qilinadigani faqat intizom va mehnat. Musobaqalarga kim kuchli bo'lsa o'sha boradi. Tarkib tanlashda nomlarga qarab o'tirmaymiz. Barchada imkoniyat bor.
Shuni his qilishingizni istardimki, Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovichning aynan boksga eʻtiborlari boshqacha. Biz ushbu eʻtiborga yuksak natijalarimiz bilan javob qaytarishimiz lozim", - dedi Saken Polatov.
Yig'ilish davomida shuningdek kengaytirilgan tarkib aniqlab olingani maʻlum qilindi. Jahon chempionati 13 ta vazn toifasida o'tkazilishi yana bir bora eslatib o'tildi.
Uchrashuvda terma jamoamiz sardori Bahodir Jalolov, shuningdek Rustam To'laganov va yana bir necha bokschilarimiz o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.





Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi
Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Konkur bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi
Bellashuvlar yakuniga ko'ra, Bahromjon Gaziyev, Xurshid Alimjonov, Alisher Erkinov, Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbayev, Ashrafxon Ne'matov turli yo'nalishlarda chempionlikni qo'lga kiritishdi.Ahamiyatlisi, taqdirlash marosimida Italiya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi ishtirok etib, mamlakatlarning mazkur sport turidagi hamkorligi yangi darajaga ko'tarilayotganini ta'kidladi.
22 yoshli xalqaro grossmeyster 3 yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi
22 yoshli xalqaro grossmeyster Kirill Shevchenko Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan barcha rasmiy musobaqalardan uch yilga chetlatildi. Bu qaror Ispaniyada boʻlib oʻtgan Jamoaviy Shaxmat Chempionatidagi shubhali vaziyat va keyinchalik uning gʻirromlik qilganini tan olganidan soʻng qabul qilindi. Ushbu voqea shaxmat jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab boʻldi.Musobaqa vaqtida hakamlar Shevchenkoning uzoq vaqt davomida taxtadan uzoqlashganidan shubhalanishgan. Keyinchalik ter
Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi
Bugundan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida nufuzli 'Sharjah Masters 2025' shaxmat turniri oʻz boshlandi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.U turnirda birinchi raqam ostida ta