❗️O'zbekiston va Afg'onistonning harbiy samolyotlari o'zaro to'qnashib ketdi

14-15 avgust kunlari O'zbekiston Respublikasining havo hududi chegarasidan noqonuniy o'tgan, ichida jami 585 nafar qurollangan harbiy xizmatchilar bo'lgan, Afg'oniston Islom Respublikasining 22 ta harbiy samolyot hamda 24 ta harbiy vertolyotlari majburiy ravishda Termiz xalqaro ayeroportiga qo'ndirilgan.
Joriy yil 15 avgust kuni Qarshi shahridagi "Xonobod" ayeroportiga qo'nish uchun ruxsat so'ragan Afg'oniston Islom Respublikasining 3 ta "EMBRAЕR-314" rusumli harbiy samolyoti Termiz ayeroportiga qo'nish to'g'risida ogohlantirilib, ular O'zbekiston Respublikasining 2 ta "MIG-29" rusumli harbiy samolyotlari kuzatuviga olingan.
Lekin kuzatuv davomida "EMBRAЕR-314" va "MIG-29" rusumli samolyotlar to'qnashib, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududiga qulagan. Ushbu samolyotlar uchuvchilari parashyut (katapult) orqali yerga tushishgan.
Shu kuni 158 nafar afg'on fuqarolari va qurollangan harbiy xizmatchilari daryo orqali Termiz tumani hududiga O'zbekiston Respublikasi chegarasidan qonunga xilof ravishda o'tishgan.
Mazkur holatlar yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.
Hozirda Bosh prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Endilikda 11,25 mln soʻmdan ortiq pul oʻtkazmalari uchun nazorat kuchaytiriladi
Yangi tartib bilan toʻlov xizmatlari va elektron pul tizimlari orqali amalga oshiriladigan yirik pul oʻtkazmalari shaxsiy maʼlumotlar bilan rasmiylashtiriladi.Hujjatga koʻra, toʻlov tashkilotlari jismoniy shaxs toʻlov tashkiloti mobil ilovasi orqali akkaunt ochish uchun murojaat qilganda, tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchi subyektlar elektron terminaldan (E-POS) foydalanish uchun murojaat qilganda, BHMning 500 baravariga teng (187,5 million soʻm) yoki undan oshgan summada toʻlov tash
QUTURISH KASALLIGIGA QARSHI
Viloyat IIB JXX JTSB Karantin guruhi hamda veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Peshku tumanida maxsus-taktik o‘quv mashg’uloti o‘tkazildi. Mazkur o‘quv mashg’uloti quturish kasalligiga qarshi kurashda tegishli xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, aholini ogohlantirish va favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.Shuningdek, mutaxassislar tomonidan quturish kasalligining old
BOShQARMADA MATBUOT ANJUMANI
Yaqinda Navoiy viloyati IIBda tashkil etilgan matbuot anjumanida OAV vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi. Anjumanda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Zohidjon Qayumov viloyat IIBning 2024-yildagi faoliyati natijalari va kelgusidagi rejalar haqida ma'lumot berdi. Jumladan, sohaga raqamli texnologiyalar va innovasion yondashuvlarning joriy etilishi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning,
«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA
Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu