calendar 15 Aug 03:20
eye 39
comments 0
comments Manba: zamin

«Afg'onistondagi vaziyat yumshab, O'zbekiston manfaatlari va tinchligi yo'lida hal bo'lishidan umidvormiz» — senator Alisher Saʻdullayev

image
Afg'onistondagi vaziyatning keskinlashuvi Prezident Shavkat Mirziyoyevni bejiz xavotirga solmagani yanada oydinlashdi. Bu haqda O'zbekiston Senati aʻzosi, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʻdullayev 14 avgust kuni, Afg'oniston shimolidagi Mozori-Sharif shahri ustidan nazorat «Tolibon» ixtiyoriga o'tib, afg'on hukumat kuchlari O'zbekiston tomon qochayotgani haqida xabarlar tarqalganidan so'ng fikr bildirdi.

Maʻlumotlarga ko'ra, Afg'oniston mudofaa va xavfsizlik kuchlari hukumatning shimoldagi so'nggi tayanchi hisoblangan Mozori-Sharif shahrini deyarli jangsiz «Tolibon»ga topshirgan. Harbiy xizmatchilar va fuqarolarning katta guruhi O'zbekiston chegarasi oldida yig'ilgan, O'zbekiston tomondan chegaraning ochilishini kutmoqda. Tasdiqlanmagan maʻlumotlarga ko'ra, Afg'onistondagi o'zbeklar yetakchisi marshal Abdurashid Do'stum vertolyotda O'zbekistonga qochib o'tgan.

- "Afg'oniston hukumati va «Tolibon» o'rtasidagi munosabatning keskinlashuvi bejizga Prezidentimizni xavotirga solmaganligi yanada oydinlashmoqda.

Uzoqni o'ylab, bir necha bor ikki taraf bilan ham muzokaralar olib borildi. Toshkentda ham bu mavzu yuqori minbarlarda bejizga muhokama qilinmadi.

Vaziyat yumshab, O'zbekiston manfaatlari va tinchligi yo'lida hal bo'lishidan umidvormiz. Tinchlik bo'lsin.", - dedi senator, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʻdullayev.

Qayd etish joiz, Afg'onistonda, shuningdek, Termiz ostonasida (chegarada) yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan O'zbekiston tomoni hozircha biror rasmiy munosabat bildirgani yo'q. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligining Afg'onistondagi vaziyat bilan bog'liq so'nggi (iyun oyi oxirida berilgan) bayonotida «O'zbekiston hukumati Afg'oniston bilan anʻanaviy do'stona va yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini davom ettirish, neytralitetni saqlash hamda qo'shni mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori ekanligi»ni qatʻiy maʻlum qilingan edi.

Maʻlumot uchun, Toshkentda 2018 yil martida Afg'oniston masalasida «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusida xalqaro konferentsiya, 2021 yil iyulida esa «Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy bog'liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusida xalqaro konferentsiya o'tkazilgan edi. Har ikkala tadbirda Afg'oniston prezidenti Ashraf G'ani qatnashgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
58
0
xs.uz

Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig

24 Mar 13:25
 
77
0
xs.uz

24-mart kuni ayrim hududlarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.Buxoro'v

23 Mar 16:43
 
66
0
xs.uz

Namanganga Xitoydan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Namangan shahriga Xitoyning 'Zhongtong Bus' kompaniyasida ishlab chiqarilgan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, mazkur avtobuslar shaharda jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida 'Turon-95 MBI' MChJ tomonidan olib kelingan.'Yangi avtobuslar tez kunlarda shahar koʻchalarida harakatlana boshlaydi', deyiladi xabarda.Maʼlumot uchun, Namangan shahriga oʻtgan yili 'Ekspress dolina' MChJ tomonidan 36 ta avtobus keltirilgan

23 Mar 16:43
 
53
0
xs.uz

Toshkentda 180 dan ortiq mamlakat parlamentlari rahbarlari yigʻiladi

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba Parlamentlararo ittifoqning 150-yubileyi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati maʼlum qildi.Taʼkidlanishicha, mazkur anjuman 2025-yilning 5-9-aprel kunlari oʻtkaziladi. Forumda 181 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbirni prezident Shavkat Mirziyoyev ochib beradi.Bildirilishicha, yigʻilishning asos