calendar 09 Aug 04:10
eye 21
comments 0
comments Manba: daryo

Foto: Qo‘li gul qizlarning malikalarnikidan ham yaxshiroq qilib tikib olgan liboslari

image

Har bir qiz o‘zini bir lahza bo‘lsa ham, malikalardek his qilish uchun oqshom liboslarini kiyib ko‘rishni istaydi. Ammo ba’zi nozik jins vakillari bunday hisni tuyish uchun vaqtni boy bermay, o‘zi ishga kirishadi. Imkondan kelib chiqqan holda harakat qilib, ko‘ngildagidek natijaga erishgan qo‘li gul qizlarning ijod mahsuli muhrlangan kadrlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Foto: AdMe

“Chap tarafdagi Teuta Matoshi brendining afsonaviy libosi, o‘ng tarafdagi esa o‘zim tikkan variant. Buning uchun taxminan 12 dollar sarfladim”.

Foto: AdMe

“Okean to‘lqinlaridan ilhomlanib ko‘ylak tikdim. Tojni munchoq va kristallar mahkamlangan simdan yasadim”.

Foto: AdMe

Eski choyshab, ikki qavat xitoy ipagi va bir qavat shifondan 12 soat ichida tikib bitirilgan ko‘ylak.

Foto: AdMe

“O‘z qo‘lim bilan tikkan birinchi ko‘ylak. Matoni AliExpress’dan 8,5 dollarga xarid qildim”.

Foto: AdMe

Disney malikalaridan ilhomlanib tikilgan libos.

Foto: AdMe

“O‘zim uchun to‘y ko‘ylagi tikdim”.

Foto: AdMe

“Ertaklardagidek libosni tikish biroz vaqt talab qildi. Yaxshi chiqdi deb o‘ylayman”.

Foto: AdMe

“Ko‘ylak arzon choyshabdan tikilgan”.

Foto: AdMe

“Tug‘ilgan kunim uchun libos. Etaklari kengroq bo‘lishi uchun krinolin va eski choyshabdan foydalandim”.

Foto: AdMe

“Malikalarnikiga o‘xshash ko‘ylagimning chizmasi va tayyor bo‘lgandagi ko‘rinishi”.

Foto: AdMe

“Xellouin uchun fransuzcha uslubda ko‘ylak tikdim. Sochimni bunday baland qilib turmaklash uchun esa g‘ovak plastmassa bo‘lagidan foydalandim”.

Foto: AdMe

“Zolushkaning bal libosi. Astarni eski choyshabdan, ko‘ylakning o‘zini esa bir necha qavat organza matosidan tikdim”.

Foto: AdMe

Uyqudagi malika obrazidan ilhomlangan holda tovlanadigan matodan tikilgan ko‘ylak.

Foto: AdMe

“Ushbu ko‘ylak uchun viskozali atlas xarid qilib, pulim yonimga qoldi, deb o‘ylayman: shoyi atlasdan arzonroq mazkur mato poliesterdan yaxshiroq havo o‘tkazadi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Mar 11:52
 
32
0
qalampir.uz

Buyuk Britaniya Ukrainaga 10 ming dron yetkazib beradi

Buyuk Britaniya Ukraina Qurolli kuchlariga 10 mingdan ortiq dron yetkazib beradi. Bu haqda kecha, 7 mart kuni mamlakat Mudofaa vaziri Grant Shapps Kiyevga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi. “Dronlarning aksariyati razvedka uchun ishlatiladi, biroq yetkazib berish dengiz va hujumchi uchuvchisiz transport vositalarini ham o‘z ichiga oladi”, deydi u. Vazirga ko‘ra, Birlashgan Qirollik Ukrainaga 325 million funt sterling miqdoridagi harbiy yordam paketi doirasida dronl

23 Apr 03:36
 
25
0
xs.uz

Xitoyda toshqinlar tufayli 50 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Yomgʻir Shaoguan, Guanchjou, Xeyuan, Chjaoqin, Tsinyuan, Meychjou va Xuychjou hududlariga taʼsir koʻrsatgan. Suv toshqinlari uylarga zarar yetkazgan, yoʻllarning yopilishi hamda koʻchkilarga sabab boʻlgan.Viloyat boʻylab 53 741 kishi evakuatsiya qilingan. Shundan 12 256 kishi tezlashtirilgan tartibda evakuatsiya qilinib, xavfsiz joylarga joylashtirilgan.11 kishi bedarak yoʻqolganlar roʻyxatida ekanligi aniqlangan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.

07 Mar 20:08
 
43
0
qalampir.uz

Tramp Baydenni debatga chaqirdi

Kecha, 6 mart kuni AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarning amaldagi yetakchisi Jo Baydenni debatga taklif qildi. U bu haqda Trurh Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi. "Jo Bayden va men Amerika va uning xalqi uchun juda muhim bo‘lgan masalalarni muhokama qilishimiz mamlakatimiz farovonligi uchun g‘oyat ahamiyatlidir. Shuning uchun men munozara o‘tkazishni talab qilaman. Istalgan vaqtda, istalgan joyda", deb yozgan Tramp. Jo Bayden

11 Apr 13:56
 
58
0
qalampir.uz

AQSH Ukrainaga husiylar uchun mo‘ljallangan qurollarni topshirdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukraina Qurolli kuchlariga Yamandagi husiylarga olib ketilayotgan kemalardan tortib olingan qurol-yarog‘larni topshirdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi. “2024 yil 4 aprelda AQSH hukumati Ukraina Qurolli kuchlariga 5 mingdan ortiq AK-47, pulemyotlar, snayper miltiqlari, RPG-7 va 500 mingdan ortiq 7,62 mm kalibrli o‘qlarni topshirdi”, deyiladi CENTCOM’ning X’dagi sahifasida. Qayd etilishicha, AQSH hu