Obama COVID-19 tufayli 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali tadbirni tor doirada nishonlaydi

AQSh sobiq prezidenti Barak Obama 4-avgust kuni 60 yoshga to‘ldi, biroq u dam olish kunlarida o‘tkaziladigan yubiley tadbirini rejalashtirganidan kamroq odamlar bilan o‘tkazadi. Bu haqda Obama ofisiga tayanib, Associated Press xabar qilgan.
“‘Delta’ shtammi tarqala boshlagani tufayli sobiq prezident va uning rafiqasi tadbirni tor doirada o‘tkazishga qaror qildi, tug‘ilgan kun munosabati bilan o‘tkaziladigan bazmda faqat oila a’zolari hamda Obamalar oilasining yaqin do‘stlari ishtirok etadi”, – deyiladi Obama matbuot kotibi Hanna Hankinsning bayonotida.
Obamaning matbuot kotibi tadbirni o‘tjazish bo‘yicha rejalar tuzish bir necha oy oldin boshlangani va barchasi sog‘liqni saqlash sohasi tavsiyalari asosida tashkillashtirilishi ko‘zda tutilganini, ammo endi vaziyat o‘zgarib ketganini qayd etgan.
“Sobiq prezident Obama unga tavallud kuni munosabati bilan tabriklar yo‘llaganlarga minnatdorlik bildiradi va tez kunlarda masofadan turib uni tabriklagan tanishlari bilan uchrashish baxti nasib qilishiga umid qilmoqda”, – deya qo‘shimcha qilgan Hankins.
Avval Obamaning tug‘ilgan kunini Martas-Vinyard orolida katta tantana bilan nishonlamoqchi ekani xabar qilingandi. The Hill bergan ma’lumotlarga ko‘ra bazmga o‘nlab taniqli odamlar, xususan, mashhur amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri ham kelishi kutilayotgandi. Axios portali tug‘ilgan kun bazmiga qariyb 500 nafar mehmon chaqirilishi mumkinligi haqida yozgan.
Ushbu ma’lumotlar OAVda tarqala boshlagach, ushbu tashkilotchilik ishlari tanqid ostiga olingan. Amerikalik konservativ jamoat faoli va yozuvchi Charli Kerk “AQSh kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlarining (CDC) Obamaga bazmni bekor qilishni tavsiya qilmayaptimi, demak ularning sizga tegishli korxonani yopish uchun bergan tavsiyalariga ham rioya etmaslik kerak”, – deya koronavirus sabab vaqtincha faoliyati to‘xtatilayotganiga munosabat bildirgan.
Avval Oq uy AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenning Delaver shtatidagi Rexobot-Bich shahriga tashrifi borligi sababli bazmda ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi.
Barak Obama AQShnig 44-prezidenti. U Oq uyda ikkita prezidentlik muddatini o‘tkazgan, ya’ni 2009 – 2017-yillarda mamlakatga rahbarlik qilgan. Bayden Obama prezidentligi davrida vitse-prezident lavozimida ishlagan va uning asosiy maslakdoshlaridan biri edi.
AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi
AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu
Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin
AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem
Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi
Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't
Ozarbayjonda ogʻir dardga chalingan oʻzbekistonlik yurtimizga qaytarildi
Maʼlum boʻlishicha, M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) sababli tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. U 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrilgan, ammo tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqqan. Yakunda bemor va oʻgʻli bilan kelishgan hold