Shveysariya 10 yil davom etgan surishtiruvdan keyin “Magnitskiy ishi”ni yopdi

Shveysariya Bosh prokuraturasi Uilyam Brauderning Hermitage Capital Management kompaniyasi tomonidan 2011-yilning mart oyida kiritilgan da’vo bo‘yicha olib borilayotgan jinoiy ishni yopdi. Bu haqda prokuratura veb-saytiga tayanib “RBK” xabar berdi.
Sud ishiga 2009-yilda “Matrosskaya Tishina” tergov izolyatorida vafot etgan advokat va auditor Sergey Magnitskiy tomonidan e’lon qilingan QQSni qaytarish va Rossiya budjetidan o‘g‘irliklar bilan bog‘liq firibgarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sabab bo‘lgan.
Gumon qilinganidek, 2007-yil oxirida Rossiya soliq organlari zarariga sodir etilgan firibgarlik natijasida umumiy qiymati 230 million AQSh dollariga teng bo‘lgan soliqlar asossiz qaytarib olingan. Ushbu mablag‘lar go‘yoki, avval Rossiyada, so‘ngra boshqa qator mamlakatlarda, shu jumladan, 2008-yildan 2010-yilgacha qisman Shveysariyada “yuvilgan”.
“Rossiyada Sergey Magnitskiyning o‘limi bilan bog‘liq holatlar va uning siyosiy oqibatlari, shu jumladan, ‘Magnitskiy ro‘yxatlari’ ushbu tergov mavzusi emas”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Tergovchilar Shveysariyadagi ko‘plab bank hisobvaraqlari to‘g‘risida ma’lumot oldi, xorijiy mamlakatlar, shu jumladan, Moldova, Litva, Rossiya, Kipr, AQSh hukumatiga o‘zaro yordam berish to‘g‘risida ko‘plab so‘rovlar yubordi, shuningdekб Shveysariyada va chet elda ko‘plab shaxslar bilan suhbatlashdi.
To‘plangan ma’lumotlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, tergov davomida Shveysariyada biror kishiga ayblov e’lon qilish mumkin bo‘lgan dalillar topilmadi, shuning uchun prokuratura ishni yopishga qaror qildi.
Biroq tergov jarayonida Shveysariyada muzlatilgan ba’zi aktivlar Rossiyada sodir etilgan qoidabuzarlik bilan bog‘liqligi aniqlandi. Natijada prokuratura 4 million Shveysariya frankidan ko‘proq (4 million dollardan ko‘proq) mablag‘ni musodara qilishga qaror qildi.
Advokat va auditor Sergey Magnitskiy Rossiyada 2008-yilda Hermitage Capital fondining soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash ishi bo‘yicha hibsga olingan. U 2009-yilda “Matrosskaya Tishina” tergov izolyatorida vafot etdi. Vafotidan keyin 2013-yilda aybdor deb topildi. Hermitage Capital rahbari Uilyam Brauderning so‘zlariga ko‘ra, tergov izolyatorida Magnitskiyni o‘ldirishgan, uning ta’qib qilinishi auditor Rossiya budjetidan 230 million dollar o‘g‘irlanishiga oid korrupsion sxemani fosh qilgani bilan bog‘liq.
Magnitskiyning o‘limi va Brauderning bayonotlari AQShda “Magnitskiy akti” qabul qilinishiga sabab bo‘ldi, uning asosida Rossiyaning ayrim fuqarolariga qarshi sanksiyalar joriy qilindi. Keyinchalik ushbu sanksiyalarga Yevropa Ittifoqi, Kanada, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar qo‘shildi. So‘nggi o‘n yil ichida Brauder rossiyaliklar tomonidan Shvetsiya, Estoniya, Avstriya va boshqa mamlakatlarda pul yuvilishi ehtimoli bo‘yicha bir qator tekshiruvlarni boshladi.
Rossiyada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash bo‘yicha Brauderga qarshi jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. 2013-yilda u sirtdan umumiy rejimdagi koloniyaga to‘qqiz yilga hukm qilingan. 2018-yilda unga qarshi yangi jinoiy ish qo‘zg‘atildi — Bosh prokuraturaning ta’kidlashicha, fond rahbari soliqlardan qochish uchun transmilliy jinoiy hamjamiyatni va shu bilan bog‘liq firibgarlik sxemalarini tuzgan.
2019-yilda Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Sergey Magnitskiy, uning rafiqasi Natalya Jarikova va onasi Natalya Magnitskayaning shikoyatini qanoatlantirdi. Magnitskiy 2009-yil 11 iyulda — o‘limidan to‘rt oy oldin Yevropa sudiga o‘z nomidan shikoyat bilan murojaat qilgan. Magnitskiyning bevasi 2010-yil mart oyida shikoyatga qo‘shilgan; auditorning onasi sudga 2012-yil avgustda murojaat qilgan.
Sud Rossiya hukumati qamoqxona rahbariyati tomonidan Magnitskiyga nisbatan yashash huquqi, hibsda saqlash va muomala chog‘ida qiynoqlarning taqiqlanishi shartlari buzilishiga yo‘l qo‘yib bergan deb topdi. Yevropa sudi, shuningdek, Rossiya Magnitskiyga nisbatan hibsda ma’qul muddat saqlash va ma’qul muddatda adolatli sud qilinish bilan bog‘liq tartib-qoidalarni buzganini tasdiqladi. Sud ikki arizachiga 34 000 yevro undirib berdi.
AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi
AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu
Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin
AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem
Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi
Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't
Ozarbayjonda ogʻir dardga chalingan oʻzbekistonlik yurtimizga qaytarildi
Maʼlum boʻlishicha, M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) sababli tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. U 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrilgan, ammo tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqqan. Yakunda bemor va oʻgʻli bilan kelishgan hold