calendar 14 Jul 12:20
eye 38
comments 0
comments Manba: zamin

Afg'onistonning 77 nafar fuqarosi Tojikistonga qochib o'tdi

image

«Tolibon» harakati jangarilaridan jon saqlash maqsadida 77 kishi Afg'onistonning Vaxan uyezdidan Tojikiston hududiga qochib o'tdi. Bu haqda Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo'mitasi chegara qo'shinlari matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 13 iyul kuni 26 nafar erkak, 20 nafar ayol va 31 nafar bola toliblar taʻqibidan qochib Tojikistonning Murg'ob tumani Qizil Rabot qishlog'idagi chegarani kesib o'tgan. Ular Badaxshon viloyati Vaxan uyezdidagi Andemin qishlog'i fuqarolari hisoblanadi.

Tojikistonlik chegarachilar «insonparvarlik nuqtayi nazaridan» qochqinlarning mamlakat hududiga o'tishiga ruxsat bergan.
Eslatib o'tamiz, so'nggi kunlarda Afg'oniston armiyasining mingdan ortiq harbiysi toliblar bilan janglardan chekinib, jon saqlash uchun Tojikiston hududiga qochib yashirinishga majbur bo'ldi.

«Xovar» axborot agentligi chegara qo'shinlari matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, 5 iyulga o'tar kechasi Tojikistonga chegara orqali 1037 nafar afg'on harbiy xizmatchisi kirgan. Agentlik maʻlumotiga ko'ra, bir kun oldinroq, 4 iyul kuni Tojikistonga yana 94 nafar afg'on harbiysi qochib o'tgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
42
0
xs.uz

AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi

AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu

18 Apr 11:08
 
25
0
xs.uz

Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin

AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem

23 Mar 16:44
 
70
0
xs.uz

Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi

Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't

04 Apr 16:20
 
54
0
xs.uz

Ozarbayjonda ogʻir dardga chalingan oʻzbekistonlik yurtimizga qaytarildi

Maʼlum boʻlishicha, M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) sababli tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. U 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrilgan, ammo tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqqan. Yakunda bemor va oʻgʻli bilan kelishgan hold