Zangiotada bemorlarga yaxshi qaralmayaptimi? — SSV munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan koronavirus ko'payganligi va Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar muassasasiga qaraganda bemorlar yaxshi parvarish qilinmayotgani haqidagi audio xabar haqiqatga zid, deb yozadi SSV matbuot xizmati.
Maʻlumki, koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlari asosida qurilgan Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi 2 ta yirik davolash kompleksini o'z ichiga oladi. Ularni barpo etishda yuqumli kasalliklar xususiyati va zamonaviy tibbiyot talablari inobatga olingan bo'lib, har ikki muassasa jami 4 ming o'ringa mo'ljallangan.
Shifoxonalar laboratoriyasida virusologiya, biokimyo va immunologiya, mikrobiologiya, parazitologiya bo'yicha eng ilg'or apparatlar o'rnatilgan. Masalan, amaldagi polimer zanjirli reaktsiya uskunasi 5 soatda o'rtacha 40 nafar kishiga tashxis qo'ysa, bu yerdagi zamonaviy jihozlar 2 soatda 90 ta namunani aniqlash imkoniyatiga ega.
Har ikki davolash muassasasida ham bir xilda ekspress-test usulida qondagi antitanachalarni 10 daqiqada aniqlash imkoni yaratilgan. Bundan tashqari, polimer zanjirli reaktsiyaning antigen ekspress testi ham yo'lga qo'yilgan. Shuningdek, har ikki kompleksning qabul-diagnostika bo'limida multispiral kompyuter va magnit rezonans tomografiya, raqamli rentgen hamda zamonaviy ultratovush diagnostikasini bir vaqtning o'zida bajarish mumkin.
Alohida qayd etib o'tish kerakki, statsionar joylarning barchasi bokslangan va har bir xonadagi havo boshqasiga o'tmaydi. Palatalarga kirib-chiqish, xizmat ko'rsatish alohida bo'lib, kelgan kasallar qabul bo'limidan tambur orqali to'g'ridan-to'g'ri palataga joylashtiriladi.
Barcha korpuslar, bo'linmalar yashil, sariq va qizil yo'laklar bilan ajratilgan. Bu esa tashxisi noaniq bo'lganlar, vrachlar va boshqa xizmatchilarning xavfsizligini taʻminlash imkonini beradi.
Yuqorida sanab o'tilgan shart-sharoit va zamonaviy tibbiy jihozlar Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasining har ikkala kompleksida ham bir xil taʻminlanganligi barobarida tibbiyot xodimlarining bilim, malaka va tajribasi ham talab darajasida.
Ayni paytda ikki muassasada ham bemorlarga shifokorlar tomonidan «COVID-19» koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo'yicha vaqtinchalik tavsiyalarning oxirgi nashriga binoan malakali tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
Fargʻonadagi metan “zapravka”da “Matiz” portladi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonadagi metan 'zapravka'da 'Matiz' portlagani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, bugun, 15-aprel kuni soat 12:20 da Margʻilon shahar 'Sholdirama' MFY 'Alisher Navoiy' koʻchasida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida 'Matiz' avtomobiliga oʻrnatilgan propan gaz balloni ichiga metan gazi toʻldirish paytida portlash sodir boʻlgan.FVV maʼlumotlariga
AQSh yetakchisi ham Oʻzbekiston Prezidentiga tabrik yoʻlladi
Shavkat Mirziyoyev Janobi OliylarigaMuhtaram Prezident janoblari!Amerika Qo'shma Shtatlari halqi nomidan Sizni va butun O'zbekiston halqini ajoyib Navro'z ayyomi bilan tabriklayman. Bu barcha uchun tinchlik, farovonlik va yangilanish bayramidir.Mamlakatlarimiz o'rtasida mustahkam rishtalar o'rnatilayotganligini yuksak qadrlayman va Sizning izchil islohotlar dasturingizni olqishlayman. Savdo aloqalarimizni kengaytirish va zamonamizning eng yirik muammolarini hal etish yo'lida hamkorlik qilishni i
Xalqaro qidiruvdan 12-yil yashiringan ayol Istanbuldan Toshkentga deportatsiya qilindi
Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan 12 yildan beri xalqaro qidiruvda boʻlgan ayol Istanbul shahridan Toshkentga deportatsiya qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, 1977-yilda tugʻilgan R.N. xorijiy davlat hududida uyushgan guruh tarkibida harakat qilib, ularning manfaatlari yoʻlida odam savdosi bilan shugʻullanganlikda ayblanmoqda.'Ushbu shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan zarar koʻrgan fuqarolarda
Bizning kuchimiz – birlik va ahillikda, qudratimiz – Vatanga mehr va sadoqatda, yutug‘imiz – o‘zimizga bo‘lgan yuksak ishonchimizda!
Bu yilgi Navro'z muqaddas Ramazon oyida, uning tabarruk fazilatlariga uyg'un holda o'tayotgani bayramga alohida ruh, o'zgacha fayz va quvonch bag'ishlamoqda. Qalblarimiz shodlikka to'lgan shunday barokatli kunlarda yurtimiz mo'min-musulmonlarini, butun islom ummatini Ramazoni sharif bilan yana bir bor qutlab, jamiki pok niyatlarimiz ijobat bo'lishini tilaymiz,'' dedi Shavkat Mirziyoyev.Davlatimiz rahbari xorijiy mamlakatlarda ona yurt mehri va sog'inchi bilan yashayotgan vatandoshlarimizni ham t