calendar 09 Jul 10:21
eye 49
comments 0
comments Manba: xs

YPX inspektoriga qoʻl koʻtargan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

image

Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha,2021-yil 27-may kuni soat 01:30 larda Samarqand shahrining Turkiston koʻchasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori “Matiz” rusumli avtomashinani toʻxtatib, haydovchi D.S. dan tegishli hujjatlarini taqdim qilishni soʻraganida, haydovchi hujjatlarni taqdim qilmasligini aytib, unga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlgan.

Haydovchining ogʻzidan spirtli ichimlikni hidi kelib turganligi sababli uni narkolog koʻrigidan oʻtkazish taklif qilinganida haydovchi avtomashinadan tushib, toʻsatdan YPX inspektorining yuziga urib tan jarohati yetkazgan.

Hodisa sodir boʻlgan joy IIV OʻXB Samarqand viloyati boʻyicha boʻlimi xodimlari ishtirokida, Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan koʻzdan kechirilib, hujjatlashtirilgan.

Holat yuzasidan D.S.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi 3-qismi “a” bandi va 219-moddasi 2-qismi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
47
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqib, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlari kuchaytirilishini maʼlum qildi. Unda har bir mahalla va xonadonga tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlash va ularga qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.Murojaatda jinoyatga moyil shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazish va 'fuqarobay' ish tizimini joriy etish rejalashtir

13 Apr 02:44
 
37
0
xs.uz

Andijonda quvib oʻtish qoidasini buzgan “Nexia-3” yuk mashinasiga borib urildi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida quvib oʻtish qoidasini buzgan 'Nexia-3' qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan yuk mashinasiga borib urildi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, voqea kecha, 12-aprel kuni Shahrixon tumani 'Begbachcha' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlning 413 kilometrida yuz bergan. Andijon-Shahrixon yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan 'Nexia-3' rusumli transport vositasi haydovchisi I.I. oʻzi

23 Mar 16:43
 
50
0
xs.uz

Ertaga qay darajada issiq boʻladi? “Oʻzgidromet” ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi

'Oʻzgidromet' 23-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.23-mart kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 23-25 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi, baʼzi tumanlarda kuchli boʻladi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metr

12 Apr 21:15
 
35
0
xs.uz

Ichki turizm targʻiboti uchun yiliga 20 milliard soʻm ajratiladi

Unda'taʼkidlanishicha, oʻtgan yili Moʻgʻuliston bilan turizm boʻyicha katta kelishuvga erishilgani hisobiga sayyohlar 100-200 nafardan 4 mingga oshgan.Koʻrfaz davlatlarida doimiy sayohat qiladigan 3 million aholi bor. Lekin ularning koʻpi Ozarbayjon, Gruziya, Albaniya, Xorvatiya kabi vizasiz rejim boʻlgan mamlakatlarga boryapti.'Toʻgʻri, bu davlatlarga 10 kunlik vizasiz rejim joriy qilingan. Lekin, bu muddat 30 kunga uzaytirilsa, sayyohlar 5-6 karra koʻpayadi. Bundan tashqari, Hindist