«Tolibon» Moskvadagi muzokaralarda Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarini buzmaslikka vaʻda berdi

Foto: «TASS»
«Tolibon» harakati Rossiya diplomatlarini Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarini buzish niyati yo'qligiga ishontirdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, «RBK» xabar bermoqda.
Moskvaga muzokaralar o'tkazish uchun «Tolibon»ning Qatar idorasi delegatsiyasi yetib keldi, unga shayx Shahobiddin Dilovar rahbarlik qildi. «Tolibon»ning Qatardagi vakolatxonasi bir necha yillar davomida guruhning AQSh va Afg'oniston hukumati bilan muzokaralar o'tkazadigan maydoni bo'lib xizmat qilgan.
«Tolibon» vakillari bilan muzokaralarni Moskvada prezidentning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili va ushbu mamlakatdagi sobiq elchi Zamir Kabulov olib bordi.
«Rossiya tomoni Afg'oniston shimoliy tumanlarida keskinlikning oshishi yuzasidan xavotir bildirdi va uning mamlakat chegaralaridan tashqariga chiqishiga yo'l qo'ymaslikka chaqirdi. «Tolibon» esa Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarini buzmaslikka vaʻda berdi hamda Afg'oniston hududidagi deiplomatik va konsullik missiyalari xavfsizligini kafolatladi», — deyiladi TIV xabarida.
Qo'shimcha qilinishicha, «Tolibon» boshqa bir terrorchilik guruhi — IShID tomonidan keladigan xavfga qarshi kurashga va «mamlakat hududida narkotiklar ishlab chiqarishni tag-tubi bilan yo'q qilishga» qatʻiy kirishishga so'z berdi.
«Tolibon» vakillari Moskvaga Afg'onistonda ular tomonidan hukumat qo'shinlariga qarshi hujumlar boshlangan bir paytda yetib keldi. Afg'onistondan AQSh o'z qo'shinlarini chiqarib ketishni boshlagach, «Tolibon» o'z jangovar harakatlarini faollashtirdi.
Hukumat kuchlarining harbiy xizmatchilari, xususan, Tojikiston hududiga chekinmoqda, u yerda Rossiyaning o'z hududidan tashqaridagi eng yirik harbiy obʻyekti — 201-harbiy bazasi joylashgan. 5 iyul kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Afg'oniston bilan chegarada vaziyat keskinlashgani munosabati bilan Tojikistonga yordam berishni vaʻda qildi. "Zamin" yangiliklarini "Ёutube"da kuzatib boring
ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ
• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э
Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi
Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o
Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)
21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar
Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi
Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl