calendar 05 Jul 20:20
eye 50
comments 0
comments Manba: zamin

«Tolibon» Tojikiston bilan chegarada xavfsizlik taʻminlanishiga vaʻda berdi

image

«Biz Tojikiston bilan chegaraning 70 foizdan ko'prog'ini egallab oldik. Bizda do'stona davlat – Tojikiston bilan yaxshi munosabatlar bo'ladi. Chegarada xavfsizlik o'rnatiladi va hyech qanday aralashuv bo'lmaydi», deb aytgan Mujohid.

«Kecha Badaxshonning katta qismini egalladik va chegarada hukumat tomonida harakat qilganlar u yerdan qochdi. Natijada hudud bizning nazoratga o'tdi. Ular bu hududlar ustidan nazoratni qo'lga kirita olmaydi. Nazoratimizdagi hududlarda barcha yo'nalishlar bo'yicha muntazam kuchlarimiz bor. Dastlab ular qarshilik ko'rsata olishmadi, hozir esa umuman qo'llaridan hyech narsa kelmayapti. Yaxshisi, muloqot yo'lidan borish, qolgan muammolarni esa muzokaralarda hal qilish lozim», deb qo'shimcha qilgan «Tolibon» vakili.

«Mozori-Sharif toliblarga beriladimi-yo'qmi, hozir ayta olmayman, biroq xavfsizlik nuqtayi nazaridan u yerdagi elchixonalar, konsulxonalar va xorijiy diplomatlar xavfsizligi taʻminlanadi va ular uchun hyech qanday muammo bo'lmaydi. Biz Mozori-Sharifda elchixonalari va konsulxonalari bor bo'lgan davlatlar bilan aloqada bo'lib turibmiz, ular bizga ishonch bildirmoqda», deb aytgan Mujohid.

Uning taʻkidlashicha, Afg'oniston hukumati Qatarda o'tayotgan muzokaralarni jiddiy qabul qilmayapti va ular davom etishini xohlamayapti.
«Muzokara olib boruvchi guruhimiz Qatarda qolmoqda va biz ular [hukumat] kelib, gaplashishini kutmoqdamiz. Afsuski, ularning muzokara olib boruvchi guruhidan 4-5 kishigina muzokaralarda qatnashdi, qolgan qismi esa Kobulda yoki yana boshqa joyda qolmoqda va muzokaralarga kelmadi. Vaholanki, ular muzokaralarda ishtirok etishga bir necha marta vaʻda berishgandi, biroq kelishmadi. Muzokaralar esa 2-3 kun oldin boshlanib bo'ldi», deb taʻkidlab o'tgan «Tolibon» vakili.

Mujohidning aytishicha, toliblar Moskvada Afg'onistonaro muzokaralar o'tkazish taklifi tushsa, uni ko'rib chiqishga tayyorlar.
Ayni vaqtda Afg'onistonda hukumat qo'shinlari va «Tolibon» jangarilari o'rtasida to'qnashuvlar bormoqda. Toliblar qishloq joylaridagi katta hududlarni egallab oldi va hozirda yirik shaharlarga yurishni amalga oshirmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-