calendar 29 Jun 15:10
eye 77
comments 0
comments Manba: daryo

“Hosilboyga boshqa aktyor tasdiqlangan edi”. Furqat Fayziyev “Shaytanat”dagi roli haqida (video)

image

Aktyor va rejissor Furqat Fayziyev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Aktyorlar Furqat Fayziyev hamda Rustam Urazayev. Foto: “Daryo”

Furqat Fayziyev suhbat davomida “Shaytanat” serialidagi Hosilboy roli haqida shu vaqtgacha hech kimga ma’lum bo‘lmagan voqealarni ma’lum qildi.

Bir kuni uyga kelsam, onam rahmatli seni Jamshid akang qidirib keldi, dedilar. ‘Qalqon’ studiyasiga bordim, studiya rahbari Yodgor Sa’diyev edi. Xullas, shunaqa, yangi serial suratga olyapmiz, rejissor Jahongir Qosimov suratga olyapti. Sen Hosilboy rolini o‘ynashing kerak, dedilar. ‘Shaytanat’ asari taxminan nima haqida ekanligini bilardim, ammo hali o‘qib chiqmagan edim.

Ozgina vaqt beringlar, o‘ylab ko‘ray, dedim, o‘ylashga vaqt yo‘q, ertaga syomka boshlanadi, dedilar. Aslida, bu rolni o‘ynashi kerak bo‘lgan aktyor kasal bo‘lib qolganmidi, qayergadir ketganmidi, xullas, Hosilboy rolini Rustam Urazayev ismli aktyor ijro etishi kerak edi. Rustam Urazayevni ‘o‘zbekistonlik Alen Delon’ deyishardi, ozg‘in, kelishgan, ko‘k ko‘zli aktyor edi. Ular hozir Rossiyada yashab, rejissorlik qilmoqdalar.

Menga Amerikaning uchta filmi yoqadi. Bular Fransis Ford Koppolaning filmlari, ‘Cho‘qintirgan ota’ filmi, bu filmdagi Sonni Korleone rolidan nimadir oldim, Jahongir Qosimov ko‘rsatgan yo‘nalish bo‘yicha fikrladim. Xullas, shunday qilib Hosilboyvachcha obrazi paydo bo‘ldi.

Hosilboy sochini ayyorlik bilan silash odati syomka jarayonida paydo bo‘lgan. Suratga olish jarayonida obrazimga nimadir kamdek tuyulavergan, oxiri shu fikr xayolimga kelgan va buni eslab qolish kerak ekan, deganman.

Hosilboyvachcha terma obraz bo‘lgan. Asar muallifi Tohir Malik ham bu qahramoningni 4-5 ta jinoyatchilardan olib yozganman, bu terma personaj bo‘lgan, degandilar. Men ham boshqa film qahramonlaridan olganman, keyin o‘zimning tuzilishim bor, o‘zimning fiziologiyamni qo‘shdim. Mana shunaqa terma Hosilboy paydo bo‘ldi.

Yaxshi chiqdimi, yomon chiqdimi, bilmayman. Bu serialning suratga olinganiga yigirma yildan oshdi, tomoshabinga ham ma’qul kelgan ekan, demak, biz bekor ishlamabmiz.

Furqat Fayziyev, aktyor, rejissor

Furqat Fayziyev “Shaytanat” asari muallifi Tohir Malikning serialdagi Hosilboy roliga munosabati qanday bo‘lganligi haqida gapirdi.

‘Shaytanat’ serialidan oldin biz Tohir Malik bilan birga hujjatli filmda ishlagan edik. ‘Shaytanat’ning birinchi kunida Tohir Malik bilan uchrashib, Tohir aka, qahramonimga mana bunday yondashmoqchiman, rejissor bunaqa narsalarni qo‘shgan, siz nima deysiz, deganimda u kishi juda ham bir ajoyib gap aytganlar, men o‘zimning ishimni qilib bo‘ldim, endi sizlar qilinglar, degandilar.

Furqat Fayziyev, aktyor, rejissor


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
378
0
xs.uz

Oʻzbek tili va madaniyati Italiyada targʻib etilmoqda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, filologiya fanlari doktori Nozliya Normurodova hamda universitet huzuridagi 'Oʻzbek maktabi' oʻqituvchisi Durdona Ermatova xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Italiyaning nufuzli Ka-Foskari universitetiga tashrif buyurishdi.Tashrif doirasida professor Nozliya Normurodova universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari uchun 'Oʻzbekistonda oliy taʼli

13 May 14:39
 
35
0
xs.uz

Teatr san’ati rivoji yo‘lidagi muhim qadam

Festival doirasida teatr jamoasi 'Bremen musiqachilari' spektaklini namoyish qilib, xalqaro tomoshabinlar e'tiborini qozondi. Shu bilan birga, yosh tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.Mazkur ishtirok'O'zbekiston teatr san'ati rivoji yo'lida muhim qadam bo'lib, mahalliy ijodkorlarning xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatini namoyon etadi.

31 May 08:51
 
163
0
xs.uz

Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi

Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.Shunga koʻra, Adliya vazirligi s

31 May 08:51
 
21
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj

Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri