Eren Derdiyokning har bir goli “Paxtakor”ga taxminan 1,3 mlrd so‘mga tushmoqda. Futbolchi kuniga 45 mln so‘m topyapti

“Paxtakor” futbol klubi futbolchi va xodimlarning yillik daromadlarini e’lon qildi.
Foto: “Paxtakor” FK
Shveysariyalik hujumchi Eren Derdiyok jamoaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi ekani ma’lum bo‘ldi. “Paxtakor” taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, uning maoshi yiliga 1,3 million yevroni tashkil qiladi. Bu 16 milliard 439 million so‘mni tashkil qiladi.
Futbolchi 2020-yilning yanvarida “Paxtakor” safiga kelib qo‘shilgan. Uning kelganiga roppa-rosa 1,5 yil bo‘lganini inobatga olsak, Eren “Paxtakor”da shu vaqtga qadar 24,66 milliard so‘m daromad olgan.
Futbolchi “sherlar” safida shu vaqtga qadar barcha musobaqalar doirasidagi 46 ta o‘yinda 19 ta gol urdi va beshta golli uzatma amalga oshirdi.
Derdiyokning har bir o‘yini “Paxtakor” 536 million so‘mga tushmoqda. Eren “Paxtakor”da urgan har bir goli uchun 1,3 milliard so‘m, har bitta assist uchun esa 4,9 mlrd so‘m olmoqda.
Yana boshqacha aytadigan bo‘lsak, Derdiyok “Paxtakor”da kuniga 45 million so‘m, soatiga 1,9 million so‘m daqiqasiga 31 ming so‘m ishlab topmoqda.
Derdiyokning “Paxtakor” bilan amaldagi shartnomasi 2021-yil dekabriga qadar mo‘ljallangan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
Los-Anjeles — 2028: Akademik eshkak eshish sportida yangi dasturlar kiritildi
Amerikaliklar avvalgi O'yinlardan farqli ravishda yengil vaznli sportchilarning yakkalik dasturini chiqarib, uning o'rniga qirg'oqbo'yida kechadigan yo'nalishni kiritdi. Yakkalik va mikst dasturlarida kechadigan ushbu bahslar Tinch okeani sohillarida tashkil etiladi.To'liq dasturlar: yakkalik (M1x, W1x), juftlik (M2-, W2-, M2x, W2x), kvartet (M4x, W4x, M4-, W4-), sakkizlik (M8+, W8+).Sohilbo'yi poygalari: CM1x, CW1x va mikst.
Oʻzbekiston MTJga mundial yoʻllanmasini taqdim etishi mumkin boʻlgan bahs kichik hajmli stadionda boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur oʻyin boʻlib oʻtadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini maʼlum qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi safardagi bahsi joriy yilning 5-iyun kuni Abu-Dabi'shahridagi 'Al Nahyan Stadium' stadionida boʻlib oʻtadi. Maz
VAZIR KUBOGIGA START BERILDI
Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi