Qirg‘izistonda juma namozlariga ruxsat berildi, AQShda emlanganlarga marixuana beriladi, millionlab doza vaksina isrof bo‘lmoqda. Koronaxabarlar

Koronavirusni yuqtirib olganlar soni dunyo bo‘yicha 174 008 052 kishini tashkil qilmoqda, shularning 3 747 927 nafari vafot etdi. Kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (33,3 million), Hindiston (29 million), Braziliya (17 million), Fransiya (5,7 million) va Turkiya (5,3 million) eng oldinda bormoqda.
Qirg‘iziston masjidlarida juma namozlarini o‘qishga ruxsat berildi
Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi ma’lum qilishicha, 11-iyundan Bishkek masjidlarida sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda juma namozlarini o‘qishga ruxsat beriladi.
Dindorlarning barchasi niqob taqishi va o‘zlari bilan joynamoz olib kelishi kerak, qo‘l berib yoki quchoqlashib salomlashish taqiqlanadi. Uyda tahorat olib kelish tavsiya qilinadi.
Shuningdek, masjid rahbariyati tashrif buyuruvchilarning barchasi 1,5 metrlik masofaga rioya qilishi hamda masjid 50 foizdan ortiq to‘lib ketmasligi ustidan nazorat olib borishi kerak. Bundan tashqari, masjid hududi dezinfeksiyalanishi zarur.
8-iyun holatiga Qirg‘izistonda bir kunda 379 kishi koronavirus bilan kasallandi. Mamlakatda kasallanganlar soni o‘sishi kuzatilmoqda. Shunga qaramay, Bishkek meriyasi 2-iyundan savdo markazlaridagi bolalar maydonchalarini ochishga ruxsat berdi.
Vashington shtati aholisi COVID-19’ga qarshi emlanish evaziga marixuana olishi mumkin
Amerikaning Vashington shtatida koronavirusga qarshi vaksina olgan har bir voyaga yetgan fuqaro chekish uchun qo‘lda o‘ralgan marixuanaga ega bo‘lishi mumkin. Bunday qarorni shtatning Spirtli ichimliklar va kannabis sotish bo‘yicha kengashi ko‘p sonli aholini emlash strategiyasi doirasida qabul qildi.
Aksiya 12-iyulgacha davom etadi. Bu davrda Vashingtonda litsenziya olgan marixuana sotuvchilari emlanib bo‘lgan 21 yoshdan oshgan odamlarga bittadan o‘rama marixuana tarqatadi. Bundan tashqari, vaksina olgan voyaga yetgan shaxslar bepul pivo, vino yoki kokteylga da’vogarlik qilishi ham mumkin.
7-iyun holatiga Vashington shtatida aholining 49 foizdan ziyodi emlangan, 58 foizi kamida bitta doza olgan. Butun AQShda esa 42 foizdan ortiq aholi emlangan.
Ta’kidlanishicha, avvalroq Arizona shtatida va Nyu-York shahrida ham odamlarni marixuana yordamida emlanishga jalb etishga urinishgan.
AQShda muddati tugab borayotgan millionlab doza COVID-vaksinalar to‘planib qoldi
Johnson & Johnson kompaniyasining allaqachon kasalxonalarga kelib tushgan koronavirusga qarshi millionlab dozadagi vaksinalari yaqin orada tashlab yuboriladi, ularni nima qilish haqidagi qaror haligacha qabul qilingani yo‘q.
Vaksinatsiya jarayonida tanaffus bo‘lib qolgani sababli dori zaxiralari ishlatilmay qolib ketgan: aprelda hukumat tromblar hosili bo‘lishi xavfi haqidagi xabarlar tufayli Johnson & Johnson vaksinasidan foydalanishni to‘xtatib qo‘ygan edi. Oqibatda millionlab doza vaksina talab va ishonch yo‘qligi tufayli qolib ketdi.
Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ma’lumotlariga qaraganda, yetkazib berilgan 21,4 millionta dozaning yarmidan sal ko‘prog‘i ishlatilgan bo‘lsa, Moderna va Pfizer vaksinalarida bu ulush 83 foizga teng.
Johnson & Johnson vaksinalarining yaroqlilik muddati iyunda tugaydi. Ko‘plab mamlakatlar vaksinaga juda kuchli ehtiyoj sezayotganiga qaramay, ortiqcha dorilarni ularga yetkazish yo‘li yo‘q, chunki buning uchun juda kam vaqt qolgan. Ularni AQShning o‘zida ishlatishga ham ulgurishmaydi.
Johnson & Johnson vaksinasi bir marta inyeksiya qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, uni oddiy sovitkichda, muzlatmasdan saqlash mumkin.
2024-yilda qurol-yarogʻ xaridi boʻyicha yetakchi davlatlarning nomi maʼlum qilindi
2024-yilda eng yirik qurol sotib oluvchi davlatlar reytingini Polsha, Ruminiya va Hindiston boshqargan. Bu haqda Jahon qurol savdosini tahlil qilish markazi xabar berdi.Markaz maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Polsha qurol-yarogʻ uchun 15,625 milliard dollar sarflagan, bu umumiy xaridlarning 12,8 foizini tashkil qilgan. Ruminiyaning xarajatlari 10,251 milliard (8,40 foiz), Hindistonniki esa 9,410 milliard dollarni (7,71 foiz) tashkil etdi.Reytingning yuqori oʻrinlaridan, shuningdek, Isroil
Tramp Ukrainadan AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda
Amerika yetakchisi Donald Tramp Ukrainadan Rossiya bosqini boshlanganidan keyin AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda. Bu haqida 'Pravda' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshma shtatlar Ukraina bilan tuzilishi kutilayotgan foydali qazilmalar boʻyicha shartnomaga yangi kelishuv shartlarini qoʻshgan.Yangilangan shartlarga koʻra, shartnoma imzolanishi uchun Ukraina Rossiyaning keng koʻlamli bosqini boshlanganidan keyin Qoʻshma Shtatlardan harb
“Ular hamma narsaga taʼsir qiladi” — Stiv Uitkoff Rossiya — AQSH munosabatlari qanchalik muhimligiga izoh berdi
Rossiya va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar Vashington uchun juda muhim. Bu haqda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 'Bloomberg' telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlar biz uchun juda muhim. Ular hamma narsaga taʼsir qiladi: Xitoy, Eron, Yaqin Sharq', ' deydi AQSH prezidentining maxsus vakili.Bundan tashqari, u ikki davlat oʻrtasida yadroviy arsenallarni qisqartirish boʻyicha kelishuv butun dunyo uchun manfaatli boʻladi, degan fikrni
Yerga 5 balli magnit boʻroni yaqinlashmoqda
Boʻron K-indeksi bilan hisoblaganda 5 ballik boʻlib, bu kuchli taʼsir doirasidan darak beradi. Natijada, kosmik ob-havoning noxush holatlari kuzatilib, sunʼiy yoʻldosh, navigatsiya hamda aloqa tizimlarida muammolar yuzaga keladi.Magnit boʻroni meteorologik oʻzgarishlarga sezgir insonlarning salomatligiga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi, jumladan, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va umumiy holsizlik keltirib chiqarishi ehtimoli bor.