calendar 31 May 00:21
eye 76
comments 0
comments Manba: xs

Professional boks: yana bir WBC kamari Oʻzbekistonda

image

Kuni kecha poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida professional boksning WBC yoʻnalishida 55.2 kg vazn toifasida MDH, Sharqiy Yevropa va Boltiqboʻyi davlatlari chempionlik kamari uchun jang boʻlib oʻtdi.

Unda Toshkentning “Befit” klubi aʼzosi Islombek Pirmanov ozarbayjonlik Rauf Agayevga qarshi mazkur kamar uchun ringga chiqdi.

10 raundga moʻljallangan jangning ilk raundlarida kuchlar teng holatda koʻrinish olgan boʻlsa, 3-4-raundlar hamyurtimizning katta ustunligi ostida oʻtdi. 5-raundning dastlabki daqiqasida hamyurtimizning kuchli zarbalari ozarbayjonlik bokschini muvozanatdan chiqardi va uchrashuvni texnik nokaut bilan yakunlanishiga olib keldi. Jang yakunida WBC yoʻnalishining MDH, Sharqiy Yevropa va Boltiqboʻyi mamlakatlari byurosi mutasaddilari Islombekka kamarni taqdim etishdi.

Professional boksdagi faoliyati mobaynida hozircha biron marta magʻlubiyatga uchramagan qoraqalpogʻistonlik Islombek Pirmanovning gʻalabasi sharafiga musobaqada Oʻzbekiston madhiyasi yangradi.

Ushbu musobaqa doirasida mamlakatimizning bir qator yosh bokschilari reyting janglarini oʻtkazishdi. Ulardan Abduhamid Hakimov, Nuriddin Egamberdiyev, Obidjon Tohirov, Xojiakbar Qodiroxunov, Eldorbek Saidov, Timur Merjanov va Behroʻz Rahmonov gʻoliblikka erishdi.

Gʻoliblarni taqdirlash marosimida Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi raisi Isroil Yunusov, boks boʻyicha Olimpiya chempioni Muhammadqodir Abdullayevlar ishtirok etdi.

Chempionlikka erishgan bokschilarga Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi sertifikatlari topshirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
589
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

12 Apr 21:16
 
36
0
xs.uz

Gandbolchilar o‘rtasida kuchlilar aniqlandi

Jumladan, joriy yilning 7-8-aprel kunlari Shofirkon tumani bosqichi uyushtirildi.Buxoro viloyati gandbol federatsiyasiga ko'ra, qizlar o'rtasida 'Qo'rg'oni Vardonze' mahallasi, yoshlar orasida 'Mirzoqul' mahallasi jamoasi g'olib chiqdi.Shuningdek, qizlar birinchiligida 'Jo'yrabod' MFY ikkinchi, 'Mirzoqul' MFY jamoasi uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Yoshlar musobaqasida esa sovrinli o'rinlarga mos ravishda 'Jo'yrabod' MFY va 'Tinchlik' MFY mahallalari gandbolchilari sazovor bo'lishdi.G'olib va s

17 May 21:48
 
125
0
xs.uz

Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi

Bugundan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida nufuzli 'Sharjah Masters 2025' shaxmat turniri oʻz boshlandi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.U turnirda birinchi raqam ostida ta

04 Apr 16:20
 
69
0
xs.uz

“Barselona” ishtirok eta olmaydigan turnirning mukofot jamgʻarmasi 1 milliard AQSH dollar etib belgilandi

'FIFA Club World Cup 2025' musobaqasi uchun 1 milliard AQSH dollari miqdoridagi rekord mukofot puli ajratiladigan boʻldi. Ushbu taqsimot modeli FIFA Kengashi va Yevropa klublar assotsiatsiyasi kabi asosiy hamkorlar bilan muhokama qilingan. FIFA prezidenti Janni Infantinoning taʼkidlashicha, musobaqa formati 7 ta uchrashuvdan iborat guruh va pley-off tizimi asosida oʻtkaziladi.Yangi tizim boʻyicha gʻolib jamoa 125 million dollargacha daromad olish imkoniga ega boʻladi. Shu bilan birga, 250