Isroil HAMASning to‘qqiz nafar qo‘mondoni uylariga aviazarba berganini ma’lum qildi

Isroil harbiy aviatsiyasi so‘nggi bir necha soat ichida G‘azo sektoridagi HAMAS harakatining to‘qqiz nafar qo‘mondoni uylariga zarba berdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari ma’lum qildi, deb yozadi The Times of Israel.
“Hujum qilingan uylardan terrorchilik infratuzilmasi sifatida foydalanilgan, ayrimlarida esa qurol omborlari bo‘lgan”, — deyladi Isroil harbiylarining bayonotida.
Ta’kidlanishicha, Beyt-Xanun shahar brigada komandiri, Beyt-Xanun rota komandiri, G‘azo shahar rota komandiri va Al-Shati brigada qo‘mondonining uylari havo hujumiga uchragan. “HAMAS harbiy razvedkasi tomonidan foydalanilgan Shexaya hududidagi uy ham nishonga olindi”, — deya qo‘shimcha qildi Isroil armiyasi.
Bundan tashqari, Isroil mudofaa kuchlari HAMAS harakatining bolalar bog‘chasi va masjid yonida qazilgan yerosti yo‘llariga raketa tashlangani haqida xabar bergan.
17-may, dushanba kuni erta tongda Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoriga aviazarbalar yo‘llashni qayta boshladi. HAMAS ham Isroilning tinch aholi punktlarini o‘qqa tutishni davom ettirdi. Mojaroning hozirgi keskinlashuvi va zarbalar almashinuvi bir haftadan beri davom etmoqda.
15-may, shanba kuni Isroil havo kuchlari G‘azo sektoridagi mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari jumladan Associated Press va Al Jazeera telekanallarining ofislari joylashgan binoga hujum qildi. Jurnalistlar hujumdan oldin binoni tark etgan. Keyinchalik OAV Isroildan tahririyatlar binosining yo‘q qilinishiga izoh talab qildi. Isroil mudofaa kuchlari mazkur binoda HAMAS razvedka shtab-kvartirasi joylashganini aytib, u yerdagi OAV va jurnalistlardan niqob siatida foydalanilganini da’vo qildi.
16-mayga o‘tar kechasi Isroil mudofaa armiyasi G‘azo sektorida HAMAS harakatining siyosiy byurosi yetakchisi Yahyo Sinvarning uyiga raketa zarbasi bergani haqida xabar berilgan.
Falastin—Isroil nizosining 2014-yildan buyon kuzatilgan eng kuchli avj olishi may oyida Isroil hukumatining Quddusda bir qator arab oilalarini ko‘chirib yuborish qaroridan keyin boshlandi. Bu noroziliklarni keltirib chiqardi hamda Quddusda arab namoyishchilar va Isroil politsiyasi o‘rtasidagi to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi.
Vaziyatga HAMAS aralashdi. Isroil uning politsiyani olib ketish haqidagi talablarini bajarmaganidan keyin, guruh raketalar otishni boshladi. Bunga javoban Isroil G‘azo sektorini o‘qqa tutdi.
Mavzuga doir:
- Isroil HAMAS maxsus operatsiyalari shtabi boshlig‘ining uyiga zarba berdi (video)
- BMT bosh kotibi Isroil va G‘azo sektori o‘rtasidagi o‘t ochishlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi
- Foto va video: Falastinni qo‘llab-quvvatlash maqsadida London, Nyu-York, Parij va dunyoning boshqa shaharlarida o‘tkazilgan namoyishlar
Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)
21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar
Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi
Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,
GʻAROYIB DARAXT
Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt. Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg