calendar 02 Apr 19:10
eye 46
comments 0
comments Manba: daryo

O‘zbekistonda boshlangan vaksinatsiya, maoshidan norozi shifokorlar, Birinchi raqamli bortdagi prezident. 1-aprel suratlari

image

Dunyo va O‘zbekistonda 1-aprel kuni olingan eng sara suratlarni namoyish qilamiz.

67 yoshli nafaqaxo‘r Zavqinmurod Abdullayev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 5-sonli oilaviy poliklinikada ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasini olgach yarim soatlik nazoratda o‘tiribdi. 1-apreldan O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Bir kun ichida 5018 kishi vaksina oldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Pekinda o‘tkazilayotgan moda haftaligida smartfoni ekraniga qarayotgan tomoshabinlar.

Foto: AP Photo

Islandiyadagi vulqondan lava otilishini tomosha qilayotgan odamlar. Islandiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Reykyanes yarimorolida 19-mart kuni olti ming yil uxlagan Fagradalsfyadl vulqoni otildi. Vulqon mamlakat poytaxti Reykyavikdan taxminan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan. Islandiya meteorologiya idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, vulqon aholi va infratuzilma uchun xavf tug‘dirmaydi.

Foto: AP Photo

Londondagi bog‘da o‘rindiqqa chiqib olgan saqoqush.

Foto: Getty Images

Kaliforniyaga kelgan mehmonlar Wienermobile (Oscar Mayer mahsulotlarini Qo‘shma Shtatlarda reklama qilish uchun foydalaniladigan bulochka ustidagi sosiska ko‘rinishidagi mashina) yonida suratga tushmoqda.

Foto: Reuters

Hindistonning Assam shtatida o‘tkazilayotgan saylovda saylovchilar o‘z navbati kelishini poylamoqda. Erkaklar bir tomonda, ayollar boshqa qatorda navbatda turibdi.

Foto: AP Photo

Myanmaning Mandalay shahrida tunda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 100 dan ortiq uylar yonib ketdi. Odamlar yong‘indan so‘ng qolgan vayronalarni ko‘zdan kechirmoqda. Fevral oyida mamlakatda yuz bergan harbiy to‘ntarishdan so‘ng namoyishlar hali ham davom etmoqda.

Foto: AFP

Meksikadagi Oxo-de-Libre qo‘ltig‘ida kuzatuv qayig‘i ostida suzib yurgan kulrang kitlar.

Foto: AFP

Italiyaning Ankona shahrida operatsiyadan chiqqan yetti oylik bolani hamshira tinchlantirmoqda. COVID-19 cheklovlari sabab bolaning ota-onasi uning oldiga kira olmaydi.

Foto: Reuters

Myanmaning Yangon shahrida namoyishchilar konstitutsiya kitobini yoqmoqda. Harbiy hukumatga qarshilar 2008-yilgi konstitutsiyani qonuniy kuchga ega emas deb e’lon qildi.

Foto: AP Photo

31-mart kuni kechasi va tunda Toshkent shahrida bir necha soat yomg‘ir yog‘di. 1-aprel kuni tongda esa ochiq ob-havoni kuzatish mumkin edi. Suratda shahardagi Markaz-1 dahasidagi turar joylar ichida qurilayotgan yangi ko‘pqavatli uylar aksi ko‘rinib turgan ko‘lmak hamda chiqindixonadan shamol uchirib kelgan shar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Rim Papasi Fransisk Avliyo Pyotr bazilikasida muqaddas yog‘ solingan amforaga puflamoqda. Shu yo‘l bilan pontifik yil davomida farmoyishlarni imzolash uchun ishlatiladigan yog‘ning ramziy miqdoriga baraka beradi.

Foto: EPA

Xitoyning Kvanju shahrida sayyoh Eva-Kristina Harlin tomonidan o‘rnatilgan Outi Pieski art-installyatsiyasini tomosha qilmoqda.

Foto: Getty Images

Rossiyalik Daniil Medvedev Floridada o‘tkazilgan Miami Open turnirida ispaniyalik Roberto Batista Agutga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng raketkani sindirib tashladi.

Foto: EPA

Toshkent shahrining Mustaqillik ko‘chasi, Hamid Olimjon maydonidagi eski 16 qavatli uylar ortidan mo‘ralab turgan yangi qurilayotgan turar joy majmualari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

AQSh prezidenti Jo Bayden Pittsburgga infratuzilma haqida nutq so‘zlash maqsadida safar qilish uchun Birinchi raqamli bortga chiqmoqda.

Foto: AP Photo

Janubiy Koreyada 75 yoshdan oshganlarni Pfizer-BioNTech vaksinasi bilan emlash boshlandi. Vaksinatsiya jarayonlari shifoxonalardan boshqa binolarda, masalan, sport zallarida ham tashkil qilingan.

Foto: EPA

Kuchli yomg‘ir oqibatida ikkiga bo‘linib ketgan Samarqandning Paxtachi tumanidagi Mirkan ko‘prigini ta’mirlash ishlari ketmoqda. Ko‘prik beton to‘siq bilan to‘sib qo‘yilgan. Betonda “A+D+A=Do‘st” deb yozib qo‘yilganini ko‘rish mumkin.

Foto: O‘zA

Tadqiqotchilar oq ayiqlar populyatsiyasini kuzatish va iqlim o‘zgarishining ularga ta’sirini baholash uchun Rossiyadagi ekspeditsiyada.

Foto: “TASS”

Chirchiq daryosi ustidagi ko‘prikdan o‘tib, Oqtosh qishlog‘i tomon ketayotgan mashinalar.

Foto: “Daryo”

Zak va Layam ismli bolalar Melburnda T-Rex Lego modeli ostida suratga tushmoqda.

Foto: Getty Images

Mumbayda COVID-19 koronavirusidan ogoh qilish maqsadida devorga chizilgan niqob taqqan Gollivud aktrisasi Merilin Monro va Ozodlik haykali surati oldidan o‘tayotgan niqobdagi erkak.

Foto: Getty Images

Koronavirusga qarshi emlangan namanganlik otaxon shifokorlarni duo qilmoqda. O‘zbekistonda vaksinatsiyaning birinchi kunida Namangan viloyatida 200 dan ortiq odam emlandi.

Foto: SSV matbuot xizmati

Tailandda tana o‘lchamini nazoratdan o‘tkazayotgan erkak.

Foto: EPA

Londondagi Avliyo Tomas shifoxonasi oldida tibbiyot xodimlari maoshlari 15 foizga oshirilishini talab qilib namoyish o‘tkazmoqda. Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlarining maoshini 1 foizga oshirishni tavsiya qilgan. Shifokorlar ko‘tarib olgan plakatda ular 1 foizdan ko‘prog‘iga loyiqligi yozilgan.

Foto: Shutterstock

Kaliforniyaning Orinj okrugida otishma yuz bergan ofis binolari joylashgan yo‘lning narigi betida yangilik kutayotgan odamlar. Hodisa oqibatida 4 kishi, jumladan, bir nafar yosh bola halok bo‘lgan. Bu so‘nggi 2 hafta ichida AQShda yuz bergan uchinchi ommaviy qotillik bo‘ldi.

Foto: Shutterstock

Seul shahri meri lavozimi uchun muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylov arafasida saylov uchastkalarida tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda. Janubiy Koreya poytaxtining avvalgi meri 2020-yil iyulida o‘z joniga qasd qilgandi.

Foto: AP Photo

Polshada kamera qarshisida in qurgan laylaklar. Aftidan ular vloger bo‘lsa kerak :)

Foto: EPA


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
72
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

18 Apr 11:08
 
26
0
xs.uz

Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin

AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem

23 Mar 16:44
 
73
0
xs.uz

Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi

Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't

16 Apr 09:12
 
45
0
xs.uz

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,