Vengriya bosh vaziri Viktor Orban boshchiligidagi delegatsiyani Ko‘ksaroyda rasmiy kutib olish marosimi — suratlarda

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Prezidentining Ko‘ksaroy qarorgohida 30-mart kuni Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimdan avval prezident Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva Vengriya bosh vaziri Viktor Orban va uning turmush o‘rtog‘i Aniko Levai bilan birga esdalik uchun suratga tushdi.
Shundan so‘ng rasmiy marosimdan keyin tashkil etilgan tor doiradagi uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev mehmonni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlab, bu ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarda yangi davrni boshlab berishini ta’kidlagan. O‘z navbatida, Viktor Orban tashrifidan mamnunligini bildirib, Vengriya O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etgan.
Rasmiy muzokaralar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirildi. Tadbirda ikki tomonlama hamkorlik borasida hali ishga solinmagan juda katta imkoniyatlar borligi ta’kidlangan. Shu sababli asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy aloqalarni yanada rivojlantirish masalalariga qaratilgan. Shavkat Mirziyoyev mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, savdo hajmi muvozanatini tenglashtirish, zarur mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish muhimligini ta’kidladi. Bu borada Budapeshtda tashkil etilayotgan O‘zbekiston—Vengriya savdo uyi imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi. Davlat rahbari ikki mamlakat hududlari o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish, har yili Mintaqalar forumini o‘tkazish taklifini bildirdi.
Vengriya qishloq xo‘jaligi, mevalarni saqlash va qayta ishlash, baliqchilik hamda urug‘chilik sohalaridagi ilg‘or tajriba va texnologiyalar bilan almashishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuvda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham katta e’tibor qaratildi.
Ta’kidlash kerakki, tashrif doirasida ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan 10 dan ortiq hujjat imzolandi. Rasmiy tadbirlar yakunida Ko‘ksaroy qarorgohining anjumanlar zalida ana shu hujjatlarni almashish marosimi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
“Daryo” muxbiri ushbu tadbirlarning ayrimlarida kadrlarga muhrlangan lahzalarni ulashdi.
Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqov.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto va O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto va innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto va O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС
Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст
Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi
UFC jangchisi Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga nomzodini qoʻymoqchi
Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor Makgregor 2025-yil noyabr oyidagi Irlandiya prezidentlik saylovlarida prezidentlik uchun oʻz nomzodini ilgari surmoqchi. Bu haqida 'Newsweek' nashri xabar berdi.Unda aytilishicha, UFC jangchisi Irlandiya prezidentligiga saylansa oʻz mamlakatining Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasida boshpana izlovchilarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimda ishtirok etishiga qarshilik koʻrsatishga vaʼda bergan.'Irlandiya 2026-yil 12-iyungacha Yevropa Itti
Yerga 5 balli magnit boʻroni yaqinlashmoqda
Boʻron K-indeksi bilan hisoblaganda 5 ballik boʻlib, bu kuchli taʼsir doirasidan darak beradi. Natijada, kosmik ob-havoning noxush holatlari kuzatilib, sunʼiy yoʻldosh, navigatsiya hamda aloqa tizimlarida muammolar yuzaga keladi.Magnit boʻroni meteorologik oʻzgarishlarga sezgir insonlarning salomatligiga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi, jumladan, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va umumiy holsizlik keltirib chiqarishi ehtimoli bor.