calendar 28 Mar 04:40
eye 396
comments 0
comments Manba: sof

Namanganda xitoylik shifokorlar kaltaklanib, 200 mln so'm puli o'g'irlab ketildi

image

Namangan shahrida 24 mart kuni nomaʻlum shaxslar «Pekin» tibbiyot markazi binosiga bostirib kirib, muassasa shifokorlari va tarjimonini urib, pul mablag'larini o'g'irlab ketdi. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Maʻlum qilinishicha, soat 03:40 da nomaʻlum shaxslar Namangan shahar Qadamjoy mahallasida joylashgan «Pekin» tibbiyot markazi binosiga yuziga niqob taqib, binoning ikkinchi qavatidagi yotoqxonada uxlab yotgan, shu markazda shifokor bo'lib ishlovchi Xitoy fuqarolari V.Y va V.J. hamda ushbu markazda tarjimon bo'lib ishlovchi Y.U.ni urib, qo'l va oyog'ini skotch bilan bog'lagan.

Keyinchalik ular yotoqxonadagi tumbochka qulfini buzib, 10 000 dollar, 100 million so'm pul mablag'lari hamda ikki dona «Huawei» va «RedMi 8» telefonlarini bosqinchilik yo'li bilan qo'lga kiritib hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo'yicha Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasini 4-qismi «a» bandi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Farg'ona viloyatida yashovchi muqaddam sudlangan 31 yoshli J.K. boshchiligida 29 yoshli X.K., 24 yoshli I.A., A.Q. hamda Andijon viloyatida yashovchi 20 yoshli A.X. sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan. Ularning yoni ko'zdan kechirilganda jami 10 million 620 ming so'm pul ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Tergov harakatlari jarayonida Andijon viloyatida yashovchi A.X. muqaddam mazkur markaz shifokorlari yaxshi daromad qilayotganidan xabar topib, binoning kalitini g'ayriqonuniy ravishda qo'lga kiritib, bu haqda tanishi J.K.ga aytib qiziqtirgani maʻlum bo'lgan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Maʻlumot o'rnida, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko'ra, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
53
0
xs.uz

Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlik, shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organlarining ruxsatisiz obyektlarni qurganlik, qonunchilikni buzgan holda koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni oʻzgartirganlik va (yoki) rekonstruksiya qilganlik, shuningdek binolar va inshootlarni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, ularni rejalashtirish va qurish loy

04 Apr 16:19
 
50
0
xs.uz

Ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtganlik uchun javobgarlik belgilandi

Oʻzbekistonda ommaviy tartibsizliklar sodir etish uchun oʻquvdan oʻtganlar 225 mln soʻmgacha jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Maʼlum qilinishicha, bugun, 27-mart kuni qabul qilingan qonun (OʻRQ-1051) bilan Jinoyat kodeksining 244-moddasiga ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtganlik hamda ushbu faoliyatni moliyalashtirganlik uchun javobgarlikni belgilovchi oʻzgartirish kiritish nazarda tutilgan.Qonunga koʻra, sh

20 Mar 12:53
 
48
0
xs.uz

Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19

20 Mar 12:54
 
61
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqib, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlari kuchaytirilishini maʼlum qildi. Unda har bir mahalla va xonadonga tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlash va ularga qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.Murojaatda jinoyatga moyil shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazish va 'fuqarobay' ish tizimini joriy etish rejalashtir