Did bilan kiyinadigan dunyoning eng go‘zal malikalari (foto)

Quyidagi qirollik vakilalari nafaqat jamiyat hayotidagi faol ishtiroki bilan, balki kiyinish borasidagi nozik didi bilan ham diqqat-e’tibor markazida bo‘ladi.
Kembrij gersoginyasi Ketrin
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Ketrin qirollik oilasi orasida did bilan kiyinadigan Kembrij gersoginyasi sevimli ko‘ylaklarini bemalol bir necha marta kiyishi mumkin. Chunki u hukumat budjetini har qanday hashamatli brend kiyimlardan ustun qo‘yadi. Agar siz smart casual va oqilona xaridlarni yoqtirsangiz, Ketrin uslubi siz uchun haqiqiy ilhom manbayi bo‘la oladi.
Malika Sirivannavari
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Tailand qirolining nabirasi tendensiyalar ketidan quvmaydi, ularni o‘zi yaratadi. Bolaligidanoq modani yaxshi ko‘radigan Sirivannavari butun hayotini shu soha bilan bog‘lashga qaror qilgan. Malika dizaynerlikka o‘qib, Dior va Armani singari taniqli moda uylarida amaliyot ham o‘tagan. Keyinchalik u Tailandda o‘zining nomi bilan ataladigan o‘z brendini yaratdi.
Knyaginya Sharlin
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Monako knyazining rafiqasi bo‘lganidan so‘ng Sharlin Uittstok kiyinishi borasida bir zumda o‘z muxlislariga ega bo‘ldi va moda ikonasiga aylandi. U chindan ham bu nomga loyiq: Sharlin hashamatli, shohona bezaklarsiz zamonaviy va ixcham liboslarni uyg‘unlashtirgan holda did bilan kiyinadi.
Qirolicha Raniya
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Qirolicha Raniya nafaqat o‘zining faol insonparvarlik ishlari, balki har qanday vaziyatda va har qanday kiyimda munosib ko‘rinadigan qobiliyati uchun ham tahsinga loyiq. Ish kunlari Iordaniya qirolichasi qulay jinsi va bluzkalarni afzal ko‘radi, ammo rasmiy ziyofatlar uchun hashamatli dizaynerlik liboslarida ko‘rinish beradi. Aytgancha, Raniyaning eng sevimli dizaynerlaridan biri bu Giorgio Armani bo‘lib, u bir necha bor malikani o‘zining ilhom parisi deb atagan.
Qirolicha Maksima
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Niderlandiya qirolining rafiqasi Argentinada tug‘ilgan. Shu sababli u eng klassik ko‘rinishni ham katta va ko‘zga tashlanadigan zargarlik buyumlari yoki aksessuarlar bilan muvaffaqiyatli uyg‘unlashtira oladi. Qirolicha Maksima ham Kembrij gersoginyasi kabi qirollik oilasining kiyinish uslubiga qo‘yiladigan qat’iy talablarga nisbatan ancha e’tiborsiz va muntazam ravishda o‘zining sevimli kiyimlarida bir necha bor namoyon bo‘lishdan uyalmaydi.
Malika Sharlotta
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Monako malikasi Sharlotta Kasiragi o‘ziga xos uslubi bilan doimiy ravishda mashhur jurnallar sahifalarini bezaydi. Sharlotta zamonaviy kiyinishi bilan necha bor taniqli brendlarning yuziga aylangan.
Malika Dina
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Bir necha yil oldin Saudiya Arabistoni malikasi o‘zining noodatiy kiyinishi va zamonaviy qisqa sochlari bilan dunyoning Fashion Week haftaligini zabt etgandi. Saudiya Arabistoni malikasi o‘z vatanida o‘zi asos solgan mashhur brend kiyimlar tarmog‘ining egasi hisoblanadi.
Qirolicha Letisiya
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Foto: Cosmopolitan
Qirolicha Letisiya turmushga chiqqunga qadar jurnalist bo‘lib ishlagan va qirolicha maqomiga erishsa-da, o‘z uslubiga xos bo‘lgan odmi libosda yuradi.
Mavzuga doir:
- Foto: Hamma narsa bilan moslash mumkin bo‘lgan universal ko‘ylaklar yulduzlar misolida
- Gollivud yulduzlaridan ham yaxshiroq kiyinadigan Saudiya malikasi (foto)
- Chiroyli qomatni ham xunuk qilib ko‘rsatuvchi liboslar (foto)
- Foto: Libosidagi didsiz tanlangan bantlar tufayli obraziga putur yetgan mashhurlar
- Har bir ayol garderobidan o‘rin olishi kerak bo‘lgan 12 ta kiyim
Ilon Mask AQSH hukumatini tark etishi maʼlum qilindi
Amerikalik milliarder Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik vakolat muddati tugagach, AQSH hukumatidagi lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda 'Bloomberg' agentligi oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.'Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik muddati tugaganidan soʻng Hukumat samaradorligi boshqarmasi rahbari lavozimini tark etishi kutilmoqda... Agar bu kunlar Tramp inauguratsiyasidan boshlab ketma-ket hisoblansa
Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi
Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres
Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
Unda Oʻzbekiston 80-oʻrinni band etgan. Davlatimiz fuqarolari 62 davlatga vizasiz kirishlari mumkin, ammo 167 davlatga kirish uchun viza (yoki onlayn viza ) talab qilinadi.Jadvalda Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Qozogʻiston 63-oʻrinni, Qirgʻiziston 79, Tojikiston 84, Turkmaniston 92 va Afgʻoniston 199-oʻrinni qayd etgan.Reytingga 199 ta davlat kiritilgan boʻlib, unda Singapur birinchi oʻrinda, ushbu pasport egalari 194 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin, Afgʻoniston esa oxi
AQSh elchisi ushbu mamlakatdagi oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi
Elchining bildirishicha, soʻnggi bir necha yil ichida koʻplab oʻzbekistonliklar Markaziy Amerika hududidagi xavfli yoʻllar orqali AQShga kirgan. Buning oqibatida Qoʻshma Shtatlarda noqonuniy boʻlib turgan taxminan minglab oʻzbekistonliklar bor.'Ochigʻini aytganda, men bu shaxslarga Oʻzbekistonga oʻz ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat berardim, chunki aks holda ular AQShda qamoqqa olinishi yoki deportatsiya qilinishi mumkin', degan Jonatan Henik.