Bu yil qishda ham, yozda ham elektr o'chmaydi — vazir Prezidentga vaʻda berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi bo'yicha o'tkazgan selektor yig'ilishi davomida elektr energiyasi va tabiiy gaz taʻminoti muammosini ko'tardi. Davlat rahbari o'tgan qish davomida yuzaga kelgan muammolar takrorlanmasligi uchun energetika vaziri Alisher Sultonovdan hisobot talab qildi.
— Biz uzoq yillar davomida to'planib qolgan elektr va gaz tarmoqlaridagi muammolar yechimi bo'yicha juda katta mablag' ajratdik. Bu sohalarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
O'tgan qish davomida sohada yuzaga kelgan muammolar aholi va tadbirkorlik sohasiga qiyinchilik tug'dirdi. Ushbu holat takrorlanmasligi uchun qator topshiriqlar berilgan. Hozir energetika vaziri Alisher Sultonov bu bo'yicha hisobot beradi, — dedi davlat rahbari.
Alisher Sultonov o'z hisoboti davomida maʻlum qilishicha, oxirgi yillar davomida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan.
— 2016 yilga qadar respublika bo'yicha 9300 kilometr elektr tarmoqlari qurilgan va 4800 ta transformator yangilangan edi. Bu ko'rsatkich umumiy infratuzilmaning 4 foizini tashkil etadi
Oxirgi 4 yil ichida esa 25 ming kilometrli elektr tarmoqlari qurildi va 9800 ta yangi transformator ishga tushirildi. Aholi talabi jadal o'sib borishi va sanoat korxonalari qurilishi natijasida elektr energiyasiga talab oshib bormoqda. Shu sababli energetika tarmog'ini modernizatsiya qilishni davom etamiz. Bu ishni yangi tizim asosida amalga oshirmoqchimiz, — dedi Alisher Sultonov.
Vazirning aytishicha, muammoli mahallalar og'ir va o'ta og'ir toifalarga bo'lib chiqilgan va ularga mutaxassis biriktirilgan. Yangi qurilgan tarmoq va transformatorlar mahalla raislari ishtirokida foydalanishga topshirilgan va mahalla javobgarligi bo'yicha mexanizm tashkil etilgan.
Shu bilan birga, Alisher Sultonov elektr energiyasi tannarxini tushirish bo'yicha bajarilayotgan ishlarga to'xtalib o'tdi.
— Tannarxni pasaytirish bo'yicha hududlarda ish olib borilmoqda. 14 ta loyihalash guruhlari tashkil etilib, optimallashtirish ishlari olib borilyapti. 13 ta tsexda temir beton tayanch va transformatorlar ishlab chiqilmoqda.
O'zbekistonda bir yil davomida elektr tarmoqlarini rivojlantirish uchun 430 million dollarlik ishlar amalga oshiriladi, — dedi energetika vaziri.
Alisher Sultonov selektor yig'ilishi davomida joriy yilgi kuz-qish mavsumida elektr energiyasi bo'yicha muammo bo'lmasligini vaʻda qildi. Vazirning taʻkidlashicha, nafaqat qishda, balki yozda ham elektr energiyasiga talab oshib ketadi va bunga ham tayyor turish kerak.
— Bundan buyon nafaqat kuz-qish mavsumi, yilning har bir davriga eʻtibor kuchli bo'ladi. Yil davomida energiya taʻminoti barqaror bo'lishini taʻminlaymiz. Oxirgi yillarda nafaqat qishda, balki yozda ham elektr energiyasiga talab oshib ketadi. Odamlar konditsionerlar ishlatishadi.
Hisob-kitobimizga ko'ra ayni vaqtga qadar bajarilgan ishlar yozda ham, qishda ham to'liq talabni taʻminlab beradi. Qo'shni davlatlar bilan energetika taʻminoti bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olingan, — dedi Alisher Sultonov.
Prezident Mirziyoyev selektor yig'ilishi davomida tabiiy gaz taʻminoti mavzusini ham ko'tardi. Gaz taʻminotini barqaror ishlashi uchun joriy yilda quvurlarni almashtirish bo'yicha qator ishlar amalga oshirilgani aytildi. Xususan, magistral gaz quvurlarini yangilash uchun 617 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi. Natijada tabiiy gazni mamlakat shimolidan markazga yo'naltirish imkoni oshadi.
Markaziy gaz quvurlarining aksariyat qismi 1958 yilda qurilgan bo'lib, ancha eskirib ketgan va katta bosimda gaz yo'naltirishga yaramay qolgan. Shu yilning oktyabriga qadar 455 kilometr gaz quvuri quriladi va Farg'ona vodiysi taʻminoti yaxshilanadi.
— Hozirda gazotransport tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha ish olib borilmoqda. Markaziy magistral tizimi eskirib, yetarlicha gaz bosimini ko'tara olmay qolgani tufayli bor gazni ham hududlarga yetkazib bera olmas edik. Shu sababli gazotransport sohasiga davlat xususiy sherikchiligi bo'yicha investitsiya kiritiladi. Davlat kafolati ostida bo'lmagan mablag'lar jalb etiladi, — dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev selektor yig'ilishi davomida, shuningdek, nima sababdan energetika sohasidagi ishlar to'rt yil oldin boshlanmaganiga izoh berib o'tdi.
— Biz bu ishlarni ancha oldin, to'rt yil oldin boshlaganimizda vaziyat ancha yaxshilangan bo'lardi. Ammo nima uchun avvalroq kirisha olmadik? Chunki buning iloji yo'q edi — gazda ham, svetda ham hisob-kitob bo'lmagan, sohada o'g'irlik katta edi.
Hozir biz katta pul evaziga ASKUE tizimini joriy etmoqdamiz. Natijada yanvar-fevral oylarida pul tushumi yaxshilandi. Shu vaqtga qadar tushum 25-30 foizdan oshmagan edi. Hozir esa 85 foizga chiqdi. Sohani to'liq avtomatlashtirsak, taʻminot ham shunga monand yaxshilanadi, — dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyevning taʻkidlashicha, o'tgan 25 yil davomida elektr energiyasi va tabiiy gaz to'lovini avtomatlashtirish uchun 20 ta qaror qabul qilingan, ammo ishlar amalga oshmay qolib ketgan. Shu sababli sohada korruptsiya ko'payib ketgan.
— Gaz va svet bo'lmasa, «Obod mahalla» bo'lishi mumkinmi? Ko'chalari qorong'u qishloq obod bo'ladimi? Yangi maktab qurganimiz bilan, elektr bo'lmasa, bolalar o'qiy oladimi? Mana shu savollarga javob berish uchun, avvalo, energetika tizimini yaxshilashimiz lozim, — dedi Prezident. "Zamin" yangiliklarini "Odnoklassniki"da kuzatib boring
Samarqanddagi koʻchalardan biriga Rim shahri nomi berildi
Oliy darajadagi O'zbekiston-Italiya muzokaralari yakunida xalqaro Kongress-markazida Samarqand shahridagi ko'chaga Rim shahri nomini berishga bag'ishlangan tantanali marosim o'tkazildi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu qaror chuqur tarixiy va madaniy aloqalar, strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi yuksak darajasini inobatga olgan holda, shuningdek, O'zbekiston va Italiya xalqlari o'rtasidagi do'stlik va o'zaro hurmat ramzi sifatida qabul qilinganini ta'kidladi.
Shavkat Mirziyoyevning “Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, xalqimiz orasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga qoʻshgan katta hissasi, futbol boʻyicha Osiyoning eng kuchli jamoalari oʻrtasidagi saralash musobaqalarida chinakam jasorat va matonat fazilatlarini, yuksak professionalizm va azmu shijoat namunasini koʻrsatib, ulkan gʻalabaga erishgani ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani,
Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya toʻlanadi
Shavkat Mirziyoyev 'Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, 2025-yil 1-iyundan boshlab 'qizil' toifaga kiruvchi kam taʼminlangan oilalarning 'aʼlo' baholarga oʻqiyotgan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning ikki baravariga teng maxsus stipendiya tayinlanadi. Bu chora oliy taʼlimda tahsil olayotgan qizlarning ragʻbatini oshirish va ularni
Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv oʻtkazdi
2025-yil 12-may kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilinib, bu aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi taʼkidlandi. Tomonlar dolzarb mintaqaviy va global masalalar yuzasidan fikr almashish, shuningdek, tajriba va axborotlar bilan oʻzaro boʻlishishni davom ettirishga