calendar 20 Mar 08:10
eye 51
comments 0
comments Manba: daryo

Yaroqsiz narsalarni o‘z holiga qaytarishga yordam beruvchi 15 ta layfhak (foto)

image

Kundalik hayotda sevimli kiyim, narsalaringizga dog‘ tegishi yoki buzilishi kabi holatlar tez-tez uchrab turadi. Bunday muammolarni oddiy usullar yordamida bartaraf etish mumkin.

Kiyimda qolgan ter dog‘i 

Foto: Cosmopolitan

Soda va limon sharbatini aralashtirib, hosil bo‘lgan aralashma bilan dog‘li joyni arting. Agar kiyim qalin bo‘lsa, aralashmani o‘sha joyga surtib, birozdan so‘ng yuvib tashlang.

Tonal kremi dog‘i

Foto: Cosmopolitan

Bunday vaziyatda soqol olishda ishlatiladigan ko‘pik yoki kremdan foydalaning. Kiyimni yuvishdan avval dog‘ teggan joyga bir osh qoshiq ko‘pik yoki krem surtib qo‘ying.

Pomada dog‘i

Foto: Cosmopolitan

Soch laki kiyimdagi lab bo‘yog‘i dog‘larini ketkazishda yordam beradi. Lakni dog‘ga sepib, bir necha daqiqaga qoldiring. Lak qurigandan so‘ng, kiyimni yuving. Bu usulni qo‘llashdan avval kiyim yorlig‘ida kimyoviy tozalash haqida eslatma bor yoki yo‘qligiga ishonch hosil qiling.

Osilib qolgan tugma

Foto: Cosmopolitan

Agar kiyimingizdagi tugma osilib qolgan bo‘lsa, tirnoq laki ipni vaqtinchalik qotirib qo‘yishi mumkin. Faqatgina lakni oz miqdorda va ehtiyotkorlik bilan surting.

Kirlangan zamsh tufli

Foto: Cosmopolitan

Ba’zan zamsh tuflilarni tozalashda maxsus cho‘tka ham yordam bermaydi, bunday vaqtda poyabzalni pilka (tirnoq uchun egov) bilan tozalang. Ammo pilka qattiq metalldan bo‘lmasin. Shuningdek, poyabzal yuzasini bir yo‘nalishda tozalang.

Charm poyabzaldagi namdan qolgan dog‘

Foto: Cosmopolitan

Bunday dog‘ni sirka ketkazishi mumkin. Tish cho‘tkani sirkaga botirib, dog‘li joylarga ehtiyotkorlik bilan surting.

Loklangan poyabzaldagi chiziqlar

Foto: Cosmopolitan

Bunday vaqtda oddiy paxta diskiga vazelin surtib, poyabzalning muammoli joylarini artib chiqing.

Charm poyabzallarning eskirgan ko‘rinishi

Foto: Cosmopolitan

Agar sevimli tufli yoki botilyoningizga “ajin” tushgan bo‘lsa, oz miqdordagi namlovchi krem yoki losyon shimdirilgan sochiq bilan arting. Bu usul bilan ularga ikkinchi hayot bag‘ishlaysiz.

Krossovkalardagi yomon hid

Foto: Cosmopolitan

Mashg‘ulotlardan so‘ng paydo bo‘ladigan ter va yomon hidlarni yo‘qotish uchun krossovkangizga ozgina ichimlik sodasidan sepib qo‘ying.

Xira tortgan tufli

Foto: Cosmopolitan

Sevimli oyoq kiyimingizni yaltiratishda oyna tozalovchi vosita yaxshi natija beradi.

Qizil vinodan qolgan dog‘

Foto: Cosmopolitan

Buning uchun dog‘ bo‘lgan joyni oq vino bilan namlang. Birozdan so‘ng yuvib tashlang.

Kiyimdagi yog‘ dog‘i

Foto: Cosmopolitan

Bunday kiyimni yuvishdan oldin dog‘ teggan joyga ozgina idish yuvish vositasidan surtib qo‘ying.

Kiyim ipining chiqib qolishi

Foto: Cosmopolitan

Libosdagi chiqib qolgan ipni joyiga qaytarish juda oson: astalik bilan ip chiqqan joyni turli tomondan tortib qo‘ying.

Kapron kolgotka sitilishi

Foto: Cosmopolitan

Bunday vaqtda yana tirnoq laki yordamga keladi. Faqat rangsiz lakdan foydalaning.

Yaxshi “yurmaydigan” temir tasma

Foto: Cosmopolitan

Kurtka yoki xalatlardagi temir tasma yaxshi yurmayotgan bo‘lsa, paxta diski yordamida vazelin tekkizib chiqing.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
72
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

23 Mar 16:44
 
74
0
xs.uz

Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi

Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't

16 Apr 09:12
 
45
0
xs.uz

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,

20 Mar 12:50
 
49
0
postda.uz

GʻAROYIB DARAXT

Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt.          Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg