Zolushka, Bell va boshqa Disney malikalari uslubidagi bahoriy obrazlar (foto)

Qishki qalin va qo‘pol liboslardan charchagan ayol-qizlar, bahorda har doimgidan ham boshqacharoq ko‘rinish, tamoman boshqacha imijga ega bo‘lmoqchi bo‘ladi. O‘zgarishga qaror qilgan, ammo ishni nimadan boshlashni bilmayotganlar uchun esa multfilmlardagi malikalardan ilhomlanish tavsiya qilinadi.
Ariel
Arielniki singari ayollarga xos jozibali ko‘rsatadigan och ko‘k libos nafaqat kundalik sayrlar, balki restoranga borish uchun ham ayni muddao. Yenglari keng va belga urg‘u beradigan bluzkaga moslangan keng yubka atrofdagilarni bee’tibor qoldirmasligi aniq. Oyoq kiyim sifatida baletka tanlash va sochlarni bog‘ichli zakolka bilan yig‘ish obrazni esda qolarli bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
Rapunsel
Rapunsel uslubida kiyinish uchun yenglari fonar shaklidagi och pushti rangli libos ustidan xuddi shu rangdagi korset kiying. Noodatiy poyabzal va aksessuarlar bilan obrazni yakunlang.
Zolushka
Zolushka uslubida kiyinish restoran yoki teatrlarga borish yoki bahorda shunchaki sayr qilish uchun ham a’lo variant. Buning uchun keng bichimli libos, atlas matodan tikilgan qo‘lqoplar bilan minimal uslubdagi taqinchoqlardan foydalaning.
Mulan
Mulan uslubida kiyinish ayniqsa, kundalik obrazlar uchun yaxshi tanlov. Mosh rang kurtka bilan qora charm etik va yupqa sviterni moslab bemalol kechki salqindagi sayrlarga chiqishingiz mumkin.
Bell
Sohibjamol Bell uslubida kiyinish uchun esa yoqalari keng bo‘lgan bluzka ustidan jinsi matoli ko‘ylak yoki sarafan kiying. Qulay baletka kiyish va romantik ko‘rinishingizga sabab bo‘ladigan taqinchoq taqishni unutmang.
Pokaxontas
Jasur Pokaxontas singari kiyinish uchun, yelkaning bir tomoni yopiq turadigan ko‘ylak ustidan qalin kamar taqing. Qulay poyabzal va olovrang toshli zanjir sizni boshqalardan ajralib turishingizga sababchi bo‘ladi.
“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?
Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu
AQSH Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshladi
AQSH Qurolli kuchlarining Suriyadagi qoʻmondonligi Dayr-az-Zor viloyatidagi Koniko gaz koni hududidagi harbiy bazaga joylashtirilgan maxsus kuchlarni olib chiqishni boshladi. Bu haqda 'Sky News Arabia' telekanali xabar berdi.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, amerikalik harbiylar karvoni Suriya sharqida joylashgan obyektdan AQSHning yirik bazasi joylashgan Iroq Kurdistoni tomon yoʻl olgan.2015-2018-yillarda Suriyaning kurdlar nazorati ostidagi hududlarida AQSHning toʻqqizta harbiy bazasi va uc
“Shimoliy Gʻazo uchun tong otishi qiyin boʻldi, bemorlar kasalxonaga sigʻmayapti”: Gʻazodagi shifoxona rahbari murojaat bilan chiqdi
Bugun, 20-mart kuni Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar berishi oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻlgan edi.Gʻazo shimolida joylashgan Indoneziya kasalxonasi direktori Marvan al-Sultonning taʼkidlashicha, shifoxona Isroilning ketma-ket hujumlari oqibatida jarohatlangan bemorlar bilan toʻlib-toshgan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Isroilning 17-20-mart kunlari oraligʻida Gʻazoga qilgan qu
Isroilning Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida yana 71 nafar ayollar va bolalar halok boʻldi
Bugun, 20-mart kuni tongda Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar bergan. Mazkur hujum oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻldi, deb xabar qilmoqda 'Al Jazeera' nashri.Maʼlumotlarga koʻra, Isroil hukumati tomonidan berilgan soʻnggi zarbalar oqibatida vafot etgan falastinliklar soni 436 nafarga yetgan. Shulardan 183 nafari yosh bolalar ekanligi taʼkidlanmoqda.18-mart, seshanba oqshomida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo sekto