calendar 03 Mar 05:30
eye 80
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Belarus bosh vaziri o'rinbosari Aleksandr Subbotin delegatsiya tarkibida Toshkentga keladi

image
Iqtisod
Havola olish
6 0 0

Safar dasturidan O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarda muzokaralar o'tkazish, Belarus-O'zbekiston ishbilarmonlar kengashi yig'ilishida qatnashish, qo'shma korxonalarga, belaruslik sheriklar bilan faol hamkorlik qilayotgan o'zbek kompaniyalariga tashriflar o'rin olgan

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Belarus Respublikasi bosh vaziri o'rinbosari Aleksandr Subbotin boshchiligidagi belarus delegatsiyasi 2021 yilning 3-5 mart kunlari O'zbekistonga tashrif buyuradi.

Delegatsiya Toshkentda bo'lib o'tadigan ikki davlat o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo'yicha qo'shma hukumatlararo komissiyaning 8-yig'ilishida ishtirok etadi. Uchrashuv ikki mamlakat bosh vazirlari o'rinbosarlari - Aleksandr Subbotin va Sardor Umurzoqov raisligida o'tkaziladi.

Safar dasturidan O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarda muzokaralar o'tkazish, Belarus-O'zbekiston ishbilarmonlar kengashi yig'ilishida qatnashish, qo'shma korxonalarga, belaruslik sheriklar bilan faol hamkorlik qilayotgan o'zbek kompaniyalariga tashriflar o'rin olgan.

"Tashrif doirasida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining birinchi o'rinbosarlari darajasida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar bo'lib o'tadi", - deyiladi ushbu mamlakatning O'zbekistondagi elchixonasi saytida.

Chet ellik mehmonlar mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Olmaliq va Samarqand shaharlarida bo'ladilar.

Delegatsiyaning rasmiy qismi sanoat, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat, taʻlim, tashqi ishlar, transport va kommunikatsiyalar, sog'liqni saqlash vazirliklari, Davlat standarti, Milliy Fanlar akademiyasi va boshqa bo'limlarning rahbarlari tomonidan taqdim yetilgan.

Delegatsiyaning rasmiy qismi sanoat, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat, taʻlim, tashvi ishlar, transport va kommunikatsiyalar, sog'liqni saqlash vazirliklari rahbarlari, Davlat standarti, Milliy fanlar akademiyasi va boshqa idoralar rahbarlaridan tashkil topgan.

Delegatsiyaning ishbilarmonlar qismini: belarusning mashinasozlik, yengil, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatlari sohalari korxonalari rahbarlari, belarus yetakchi OTMlari rektorlari tashkil etmoqda.

Maʻlumot uchun: 2020 yilda O'zbekiston va Belarus o'rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 280,1 mln dollarni (2019 yildagi ko'rsatkichga nisbatan 117,1% oshgan) tashkil etgan. Belarus tovarlari eksporti hajmi – 237,5 mln dollarni, import hajmi esa – 42,6 mln dollarni tashkil qildi.

Kuni kecha, transport diplomatiyasi mavzusiga bag'ishlangan doira suhbatida o'zbek yuk tashuvchilari Belarus chegarasida o'z huquqlari poymol etilayotganidan arz qilishgan edi. Ularning so'zlariga ko'ra, agar chegara postidan kuniga 50ta fura o'tayotgan bo'lsa, ulardan faqat bittasi O'zbekistonniki bo'ladi. O'zbekistondan kelayotgan yuk transportlarini qo'shimcha ko'rikdan o'tishga majbur etishmoqda va bu ko'rik baʻzan bir haftaga cho'zilib, o'zbekistonlik yuk tashuvchilarga 400 dollarga tushmoqda.

O'zbekiston Transport vaziri o'rinbosari Jasur Choriyev O'zbekiston tomoni bu muammodan boxabarligini va ayni vaqtda unga yechim topish bilan shug'ullanayotganini taʻkidladi.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-