Foto: Topqir kishilarning uydagi har bir santimetrdan unumli foydalanish mumkinligini isbotlaydigan g‘oyalari

Hatto juda katta bo‘lgan uylarda ham ba’zi vaqtda narsalarni qo‘yishga joy topilmay qoladi. Kimlardadir esa zarur buyumlarini joylash uchun shkaf yoki polkalar yetishmasligi mumkin. Ammo vaziyatdan kelib chiqib, imkoniyat darajasida yechim topish mumkin, buning uchun biroz boshqacharoq o‘ylab ko‘rishning o‘zi kifoya.
“Shkaf ichiga qizim uchun shinamgina burchak qilib berdim”.
“Ichidan kerakli mahsulotlarni olish oson bo‘lishi uchun muzlatkich polkasiga aylanadigan patnis qo‘yishning o‘zi kifoya”.
“It uchun mo‘jaz yotoqxona o‘ylab topdik”.
“Shkaf qo‘yishga joy yo‘q bo‘lgan kichik yotoqxonadagi ko‘plab narsalarni krovat tagiga qo‘yish mumkin”.
“Vannada polka uchun joy bo‘lmasa, bir nechta karniz sotib olib, istalgan joyga qulay qilib o‘rnatishning o‘zi kifoya”.
“Uyni tozalashda ishlatiladigan buyumlarning yerda yotishini yomon ko‘rganim sabab ularni devorga o‘rnatilgan tutqichga ilib qo‘ydim”.
“Qallig‘imga pichoqlarning turishi yoqmagani sabab shunday ko‘rinishda taxlab chiqdim. Menda tashkilotchilik bo‘lmasa ham, buning uddasidan chiqa olganim uchun o‘zim bilan faxrlanaman”.
“Taroqlar, soch yig‘adigan zakolka va rezinkalar uyning turli burchaklarida yotishi g‘ashimga tegdi. Ularning hammasini bir chemodanga to‘pladim”.
“Turmush o‘rtog‘im menga qulay bo‘lishi uchun devorga polkalar o‘rnatib berdi. Avval ziravorlarning turli shkafda turishi juda ham noqulay edi”.
“Va nihoyat, ziravorlarni qayerga joylashni o‘ylab topdim. Bu borada menga yelim va qisqichlar yordam berdi”.
“Rakovina tagidagi shkafdan samarali foydalanish uchun g‘oya”.
“Otam kichik garajida narsalarni saqlash uchun eski bankalardan foydalanadi. Buning uchun u shiftga banka qopqog‘ini vint bilan mahkamlagan”.
“Ziravorlarni shkafga qanday qilib sig‘dirish mumkinligi haqida uzoq bosh qotirdim. Bankalar sotib oldim va ularning qopqog‘ini ikki tomonli skotch bilan polkaning pastki tomoniga yopishtirib chiqdim”.
“Turmush o‘rtog‘imdan sovg‘a. Endi tovalar shkafda ortiqcha joy egallamaydi”.
“Endi fen va men foydalanadigan boshqa vositalar bir yerda yig‘ilib turadi”.
“Men singari aksessuarlarni yaxshi ko‘radiganlar uchun bunday oynali shkaf ayni muddao”.
“Trubalarni berkitish uchun kompyuter stoli yasadim”.
“Vannamiz kichkinaligi sabab kosmetika vositalari qo‘yiladigan polkaga joy yo‘q. Shu bois patnis sotib oldim va barcha vositalarni unga joyladim”.
Mavzuga doir:
- Inson qo‘li bilan barpo etilganiga ishonish qiyin bo‘lgan ajabtovur binolar (foto)
- Asablarni tinchlantirishga yordam beradigan 17 ta surat
- Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan xalqlar go‘zalligini aks ettiruvchi suratlar
- Mehmonxona fojiasi va yo‘qolib borayotgan dunyo poytaxti — Stenin xalqaro fotosuratlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi (foto)
AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda
AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona
БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС
Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст
Yer yuzidagi barcha muzliklar 2100-yilga borib erib tugashi mumkin – BMT
Dunyo boʻylab muzliklarning erish tezligi hozirgidek davom etsa XXI asrning oxirlariga kelib, Yer yuzi deyarli muzliklarsiz qolishi mumkin. Bu haqida BMTning iqlim boʻyicha ekspertlari 'Butunjahon muzliklar kuni' munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirdagi nutqida maʼlum qildi.Har yili 21-mart kuni, 'Butunjahon muzliklar kuni' deya eʼtirof etilib, muzliklarning Yer sayyorasi iqlim, atrof-muhit tizimidagi hal qiluvchi ahamiyati haqida masʼuliyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkaziladi.Bi
“Vaqt u tomonda emas” — AQSHda Zelenskiy haqida jiddiy bayonot berildi
Kiyev imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga rozi boʻlishi kerak. Bu fikrlarni AQSH armiyasining sobiq polkovnigi Daniel Devis aytib oʻtdi.'Agar Rossiya keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi boʻlsa, u allaqachon Kiyevni yer bilan yakson qilgan boʻlardi, shuning uchun kelishuvni hoziroq, juda kech boʻlmasdan, tuzish kerak', deydi u.Devisning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududiy imtiyozlarni inkor etishda davom etmoqda, ularni keyinroq qaytarishga harakat q