Xunuk qahramonlar stilistlar yordamida haqiqiy malikalarga aylangani aks ettirilgan filmlar (foto)

Serial va filmlardagi oddiy kotiba, a’lochi o‘quvchi yoki josus qiz obrazining o‘zgarishi muxlislar uchun hamisha qiziq. Syujet davomida ko‘zoynaklarning linzaga almashtirilishi, soch turmagi o‘zgartirilishi tomoshabinlarning ekran qarshisiga mixlanishiga sabab bo‘ladi. E’tiboringizga mashhur aktrisalar tomonidan ijro qilingan va ularning ko‘rinishi avvalgisidan farq qilishi uchun katta jamoa ishlashiga to‘g‘ri kelgan film qahramonlari suratini taqim qilamiz.
“Sobiq sevgilim” (2006)
Syujetga ko‘ra, Uma Turman ijrosidagi qahramon filmda ikki xil obrazda namoyon bo‘ladi. Oddiy va yoqimtoy ayol Jenni Jonson rolini ijro qilganida qora parik, ko‘zoynak taqadi. Ammo Turman superqahramonga aylanishi bilan hammasi o‘zgaradi.
“Prada ko‘targan iblis ” (2006)
Moda olami bilan bog‘liq sohada ishlagani sabab Endi Saks garderobidagi liboslarni tubdan yangilaydi, ozadi (Enn Xeteuey ushbu rol uchun deyarli 4,5 kilo semirishiga to‘g‘ri kelgan, keyin esa ozgan). Kostyumlar bo‘yicha rassom Patrisiya Fild ko‘rimsiz Endini o‘zgartirish uchun ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri kelgan. Fild va Enn bosh qahramon Endi Saks Chanel kostyumini kiyishi kerak ekanligini tushunib yetgan. Brend ham bunday hamkorlikka bajonidil rozilik bergan.
“Muhabbat sharobi” (1992)
Sandra Bullok ushbu filmda ko‘rimsiz laborant qiz obrazini gavdalantirishdan cho‘chimagan. Yulduzning mazkur roldagi tashqi ko‘rinishi uchun kostyum rassomi va pardozchilarning qattiq ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Qahramon qiz didsiz kiyim va katta ko‘zoynak taqadi, sochlari ham shunga yarasha ko‘rinishda bo‘ladi. Bundan tashqari, Sandraning yoqimli kulgisini yashirish uchun tish protezidan ham foydalanilgan.
“Oqsoch” (2011)
Skiter yoqtirgan yigitida yaxshi taassurot qoldirish uchun hamisha jingalak sochlarini tekislab yuradi. Ammo film so‘ngida o‘zini boricha qabul qilishga o‘rganadi va tabiiy go‘zalligiga urg‘u beradi.
“Yunoncha to‘y” (2002)
Tula ismli qahramonning otasi qizini turmushga berishni istaydi. Ammo qiz bundan ko‘proq narsaga erishishni xohlaydi va kunlardan bir kun hayotini o‘z nazoratiga olishi kerakligini tushunib yetadi. Yangi ish topadi, o‘zligini qidira boshlaydi va tashqi ko‘rinishiga ham o‘zgartirish kiritadi.
“Go‘zallar” (1998)
Fransuz aktrisasi Jyudit Godresh mazkur filmda sipo olima qiz rolini ijro qiladi. Uning hayoti Aleks ismli go‘zal qizni uchratganidan keyin o‘zgarib ketadi.
“Briolin” (1978)
Filmda Sendi ismli qiz tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubini butkul o‘zgartirishga qaror qiladi. Pushti ko‘ylaklarini qora charm shimga almashtiradi va shunga yarasha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
“Мening go‘zal xonimim” (1964)
Mazkur filmda Odri ijrosidagi gulchi qizni kibor xonimga aylantirish uchun pardozchilar jamoasi va aktrisaning o‘zi ham yaxshigina ishlashiga to‘g‘ri kelgan.
“Betmenning qaytishi” (1992)
Film syujetiga ko‘ra, Selina Kayl ismli kotiba labini qirmizi rangga bo‘yaydigan va soch turmagi o‘ziga yarashgan ayolga aylanadi.
“Ishbilarmon ayol” (1988)
Aqlli va yuqori marralarni ko‘zlaydigan Tess kotiba bo‘lib ishlaydi va rahbar lavozimini egallashni orzu qiladi. Ammo bunday pozitsiyada o‘ziga xos ko‘rinish kerakligini tushunib yetgan qahramon imijini o‘zgartirishga qaror qiladi.
“Esankirash” (1958)
Alfred Xichkokning trillerida Kim Novak Judi ismli qahramon qiz rolini ijro qiladi. Unda yorqin makiyaj qilib yuradigan, olifta qiz bora-bora kiyinish uslubi va pardozini o‘zgartiradi.
AQSHda Putinning yozda Ukrainada gʻalaba qozonish rejalari oshkor qilindi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 2025-yil yozida muzokaralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jabhada gʻalaba qozonishini kutmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.Nashr mualliflarining yozishicha, Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning amaldagi maʼmuriyatining qatʼiyatsizligini yaxshi biladi.Shu bilan birga, Putin 'Tramp oxir-oqibatda tishsiz va uni vaziyatni yumshatishdan bosh tortgani uchun samarali jazolamasligini tushunadi', deyiladi maqolada.Nashrning yozishicha, Putin Tram
“Shimoliy Gʻazo uchun tong otishi qiyin boʻldi, bemorlar kasalxonaga sigʻmayapti”: Gʻazodagi shifoxona rahbari murojaat bilan chiqdi
Bugun, 20-mart kuni Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar berishi oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻlgan edi.Gʻazo shimolida joylashgan Indoneziya kasalxonasi direktori Marvan al-Sultonning taʼkidlashicha, shifoxona Isroilning ketma-ket hujumlari oqibatida jarohatlangan bemorlar bilan toʻlib-toshgan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Isroilning 17-20-mart kunlari oraligʻida Gʻazoga qilgan qu
“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi
Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari
ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ
Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * * Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *