calendar 13 Feb 18:31
eye 111
comments 0
comments Manba: qalampir

Ortiqxo'jayev va aholi uchrashuvi murosasiz kechdi. Hokim uch kun muddat so'radi

image

Xabaringiz bor, fevral oyi boshida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jayev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga poytaxt markazidagi xalq orasida "Moviy gumbazlar" deb ataladigan serdaraxt maydon o'rnida barpo etiladigan "Istiqlol" majmuasi loyihasini taqdim etgan edi. Ushbu loyiha ko'plab toshkentliklar, xususan ushbu hududda istiqomat qilib kelayotgan aholining jiddiy noroziligiga sabab bo'ldi.

Ko'plab noroziliklar va eʻtirozlardan so'ng, bugun, 13 fevral kuni Jahongir Ortiqxo'jayev aholi bilan uchrashdi. Yig'ilganlarning ko'p qismi maydondagi eski, ko'p yillik manzarali daraxtlar kesilishiga qarshiligini aytib o'tdi.

Hokim uchrashuv davomida poytaxt markazida joylashgan Amir Temur xiyoboni biyobonga aylanishi bilan bog'liq yillarni esladi.

"Xuddi sizlarga o'xshab men ham shu bog'ning saqlanib qolishini xohlayman. Men ham Toshkentda 46 yildan beri yashayman. Mening ham kindik qonim shu yerda to'kilgan. Amir Temur xiyobonida chinorlar kesilib ketayotganda men maktab o'quvchisi edim. Nega o'shanda saqlab qolmadingiz? O'sha vaqtda qayerda edingiz?", dedi Ortiqxo'jayev.

Hokim agar Toshkent markazidagi "Moviy gumbazlar" xiyoboni bugun obod qilinib, bu yerga mustaqillik stelasi o'rnatilmasa, o'zidan keyin uning o'rnini egallaydigan hokim bu joyni ko'p qavatli uy yoki mehmonxona qurishga berib yuborishini aytib, aholini ogohlantirdi.

Shundan so'ng, Ortiqxo'jayev "Istiqlol" majmuasi qurilishida birorta daraxt kesilsa, o'z arizasi bilan ishdan ketishga tayyor ekanini alohida aytib o'tdi.

"Ishdan olishsa, ketaman. Yana aytaman: daraxtlar kesilmaydi, aksincha, qo'shiladi. Bo'sh joyga mustaqillik stelasini o'rnatamiz. Agar daraxt kesilsa, o'z arizam bilan ishdan ketaman", dedi Ortiqxo'jayev.

Uchrashuvda kimdir "Istiqlol" majmuasi qurilishiga rozi bo'lsa, yana kimdir mutloq qarshiligini bildirdi. Vaziyat shu darajaga bordiki, to'planganlar bir-birlarini eshitmay, o'z fikrlarini maʻqullashga o'tib ketishdi. Shu orada shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jayevdan qurilishi rejalashtirilayotgan majmua qancha maydonni egallashi haqida maʻlumot berishi so'raldi.

Ortiqxo'jayev esa bunga javoban 3 kundan keyin "Moviy gumbazlar" bog'i hududiga loyiha maketi olib kelinishini aytdi.

"Uch kun ichida taqdim etilayotgam loyihaning maketini aynan shu yerga olib kelamiz. Qurilish qancha maydonda amalga oshirilishi, nimalar o'rnatilishini, daraxtlar kesilmagan holda bog' yaratilishini taʻminlaymiz. Uch kundan so'ng loyiha maketi bilan tanishasiz va hamma o'z fikrini bildiradi. Ko'rib rozi yoki qarshi ekaningizni aytsangiz bo'ladi", deya masalaga nuqta qo'ydi hokim.

Jahongir Ortiqxo'jayev va aholi uchrashuvini yuqoridagi videopleyerda yoki ЁuTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:11
 
21
0
xs.uz

TDT mamlakatlari o‘rtasida savdo salohiyatini kengaytirish: qo‘shma tadqiqotlar va strategik yechimlar

Konferensiyada Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlarining yetakchi ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar o'tkazish bilim almashish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.'Mintaqaviy integratsiya va infratuzilmaviy loyihalar' mavzusidagi panel sessiyasida Transportni rivojlantirish muammolarini o'rganish markazi direktori B.Xolmatov O'zbekistonning TDT mamlakatlari bilan hamkorligining joriy holati va O'zbekiston Respublikasida amalga oshirila

20 Mar 12:53
 
51
0
xs.uz

Bayramga munosib tuhfa

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si

22 Mar 08:54
 
51
0
xs.uz

Xalqaro qidiruvdan 12-yil yashiringan ayol Istanbuldan Toshkentga deportatsiya qilindi

Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan 12 yildan beri xalqaro qidiruvda boʻlgan ayol Istanbul shahridan Toshkentga deportatsiya qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, 1977-yilda tugʻilgan R.N. xorijiy davlat hududida uyushgan guruh tarkibida harakat qilib, ularning manfaatlari yoʻlida odam savdosi bilan shugʻullanganlikda ayblanmoqda.'Ushbu shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan zarar koʻrgan fuqarolarda

23 Mar 16:43
 
64
0
xs.uz

Saudiya Arabistonida hibsga olingan 19 nafar oʻzbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Joriy yilning 12-14-mart kunlari 19 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, jumladan Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari tomonidan ilgari hibsga olingan ayollar vatanga qaytarildi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan Saudiya Arabistonining vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha hibsga olingan 19 nafar ayollar oʻz oilasi bagʻriga qaytishga muvaffaq boʻldi.Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston fuqarolari Saud