calendar 09 Feb 07:11
eye 64
comments 0
comments Manba: daryo

Ko‘pchilik omadi chopsagina hayotida faqat bir marta ko‘ra oladigan 20 ta noyob holat (foto)

image

Kundalik hayotda bunga o‘xshash holatlarga kamdan kam duch kelish mumkin. Bordi-yu, muz yaproq, ulkan chuqurlik atrofidagi shahar yoki bolasini ko‘tarib olgan archa daraxtini ko‘rib qolgan insonni esa chindan ham omadli deb atasa bo‘ladi.

Tabiat muzdan ham yaproq hosil qilishni o‘rgandi.

Foto: AdMe

Bu kabi mitti jirafalar juda kamyob bo‘lib, bo‘yi 2,7 metrni tashkil etadi. Odatiy jirafalarning bo‘yi esa o‘rtacha 6 metr.

Foto: AdMe

Fransiyada “teshikda yashash” iborasi boshqacharoq ma’noni anglatadi. Bu manzarali joy “Bozul teshigi” bo‘lib, diametri 400 metr, chuqurligi esa 100 metrni tashkil etadi.

Foto: AdMe

Bagam orollaridagi “Okean atlanti” suvosti haykali.

Quyosh nuri ostidagi meteorit.

Ushbu ninachining izi 150 million yoshda.

Kichkina bonsay daraxtida ham odatiy o‘lchamdagi olma o‘sadi.

Foto: AdMe

Ginandromorfizm kapalak: tananing yarmi urg‘ochi, yarmi erkak.

Foto: AdMe

Yozning so‘nggi qismi.

Foto: AdMe

Juda g‘ayrioddiy rangdagi qo‘ziqorin.

Foto: AdMe

Tovuqlar shunday bo‘ladi.

Cho‘l atirguli − Sahroi Kabirda yomg‘irdan keyin hosil bo‘ladigan gips kristalli.

Marsdagi krater tabassumga o‘xshagani tufayli u “Baxtiyor yuz” deb nomlangan.

Foto: AdMe

Murmanskda qutb kechasidan keyin birinchi quyosh chiqishi kutib olindi. U 40 kun davomida yo‘q edi.

Rassom Yuber Dyupra lichinkalarni oltin, marvarid va qimmatbaho toshlar bilan bezatib, akvariumga joylashtirdi.

Foto: AdMe

Archa va “archacha”.

Foto: AdMe

“Onamning uyiga kelgandimda derazada shunday manzara aks etgan edi”.

Foto: AdMe

Ushbu “kosmik chuchvara” − Saturnning yo‘ldoshi, Pan.

Foto: AdMe

5 yil farq bilan tug‘ilgan ot. Ba’zilari qora rangda tug‘ilib, keyin kulrangga aylanadi.

Foto: AdMe


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
31
0
xs.uz

Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada

04 Apr 16:20
 
50
0
xs.uz

“Mojaro aniq” — AQSH sentyabrgacha Eronni yoʻq qilish bilan tahdid qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron va Vashington yadroviy qurol masalasida murosaga kela olmasa, Eronni keng koʻlamli bombardimon qilish bilan tahdid qildi.Oq uy rahbarining keskin bayonotlari Eron Islom Respublikasi maʼmuriyatining AQSH soʻroviga javobi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Unda Islom Respublikasi rasmiylari yadroviy qurol boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻlgan, biroq raketa dasturini muhokama qilishni istisno qilgan.Mutaxassislarning fikricha, Eron bilan harbiy toʻq

18 Apr 11:08
 
44
0
xs.uz

Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi

Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan

18 Apr 11:08
 
43
0
xs.uz

Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi

Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq