2020-yil xalqaro turizm uchun eng yomon yil bo‘ldi: Sayohatlar 74 foizga kamaydi

2020-yilda xalqaro sayohatlar soni 1 milliardga yoki 74 foizga kamaydi, shu tariqa o‘tgan yil turizm uchun kuzatishlar tarixidagi eng yomon yilga aylandi. Bu haqda BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (BMT JST) ma’lumotiga tayanib “Interfaks” xabar berdi.
“Koronavirus pandemiyasi va unga bog‘liq holda keng tarqalgan sayohat cheklovlari tufayli 2020-yilda xalqaro sayyohlarning tashrifi bir milliardga yoki 74 foizga kamaydi. Turizm eksportidan tushadigan daromad 1,3 trillion dollarga qisqardi, bu 2009-yilgi jahon iqtisodiy inqirozi keltirgan zarardan 11 baravar ko‘pdir. Bulardan kelib chiqib 2020-yilni xalqaro turizm uchun kuzatuvlar tarixidagi eng yomon yil deb atash mumkin”, — deyiladi BMT JST bayonotida.
Tashkilotning ta’kidlashicha, inqiroz sayyohlik sohasida 100-120 milliontagacha ish o‘rinlarining yo‘q bo‘lib ketish xavfini keltirib chiqardi, ularning aksariyati kichik va o‘rta biznesga to‘g‘ri keladi.
“Xalqaro turizm xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha ko‘plab choralar ko‘rilganiga qaramay, inqiroz hali yakuniga yetmaganini bilamiz. Aksariyat mamlakatlar koronavirus mutatsiyalari tufayli sayohat uchun yangi va qat’iy cheklovlar o‘rnatmoqda, jumladan, majburiy testlar, karantin, ba’zi hollarda esa chegaralarni to‘liq yopish singari. Bularning barchasi xalqaro sayohatlarni tiklashga qarshi ta’sir qiladi. Shu bilan birga, bosqichma-bosqich emlash mijozlarning ishonchini tiklab, cheklovlarni yumshatish va vaziyatni normallashtirishga yordam beradi ”, — deyiladi bayonotda.
BMT JST ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya oqibatida sayyohlik bo‘yicha eng ko‘p zararni Osiyo-Tinch okeani mintaqasi ko‘rdi, bunga mintaqada o‘rnatilgan o‘ta qattiq cheklovlar sabab bo‘lgan. Mintaqaga kelgan xalqaro sayyohlar soni 2020-yilda 300 milliontaga yoki 84 foizga pasaydi. Yaqin Sharq va Afrikada tashriflarning kamayishi 74 foizni, Yevropada 70 foizni tashkil qildi. Shu bilan birga, 2019-yilga nisbatan mutlaq sayohatlar sonining eng katta pasayishi Yevropa qit’asida (500 mln) qayd etildi. Amerika qit’asida chet ellik sayyohlar sonining kamayishi 69 foizni tashkil etdi.
Avvalroq JSST koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi hujjatning mavjudligi xorijga safar qilishning majburiy shartiga aylanmasligi lozim deb hisoblagan, AQSh esa mamlakatga keluvchi barcha uchun karantin joriy etilishini ma’lum qilgan.
AQSH Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshladi
AQSH Qurolli kuchlarining Suriyadagi qoʻmondonligi Dayr-az-Zor viloyatidagi Koniko gaz koni hududidagi harbiy bazaga joylashtirilgan maxsus kuchlarni olib chiqishni boshladi. Bu haqda 'Sky News Arabia' telekanali xabar berdi.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, amerikalik harbiylar karvoni Suriya sharqida joylashgan obyektdan AQSHning yirik bazasi joylashgan Iroq Kurdistoni tomon yoʻl olgan.2015-2018-yillarda Suriyaning kurdlar nazorati ostidagi hududlarida AQSHning toʻqqizta harbiy bazasi va uc
YI Rossiya bilan gaz yetkazib berish boʻyicha tuzilgan barcha shartnomalarni bekor qilmoqchi
Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiya bilan gaz shartnomalarini jarima toʻlamasdan bekor qilish yoʻllarini qidirmoqda, deb yozdi 'Financial Times' gazetasi oʻz manbalarga tayanib.'Bryussel Yevropa kompaniyalariga Moskvaga katta jarimalar toʻlamasdan, Rossiya gazini yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnomalarni buzishga imkon beradigan qonuniy variantlarni oʻrganmoqda', ' deyiladi nashrda.Gazetaning qayd etishicha, bu masala Rossiya energetika resurslaridan voz kechish boʻyicha yoʻl xarit
“Shimoliy Gʻazo uchun tong otishi qiyin boʻldi, bemorlar kasalxonaga sigʻmayapti”: Gʻazodagi shifoxona rahbari murojaat bilan chiqdi
Bugun, 20-mart kuni Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar berishi oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻlgan edi.Gʻazo shimolida joylashgan Indoneziya kasalxonasi direktori Marvan al-Sultonning taʼkidlashicha, shifoxona Isroilning ketma-ket hujumlari oqibatida jarohatlangan bemorlar bilan toʻlib-toshgan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Isroilning 17-20-mart kunlari oraligʻida Gʻazoga qilgan qu
Isroilning Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida yana 71 nafar ayollar va bolalar halok boʻldi
Bugun, 20-mart kuni tongda Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar bergan. Mazkur hujum oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻldi, deb xabar qilmoqda 'Al Jazeera' nashri.Maʼlumotlarga koʻra, Isroil hukumati tomonidan berilgan soʻnggi zarbalar oqibatida vafot etgan falastinliklar soni 436 nafarga yetgan. Shulardan 183 nafari yosh bolalar ekanligi taʼkidlanmoqda.18-mart, seshanba oqshomida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo sekto