calendar 29 Jan 17:10
eye 47
comments 0
comments Manba: daryo

Ukraina Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortdi

image

Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi Ukrainada ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Bu haqda Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanov ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

Foto: Getty Images

Uning aytishicha “qaysidir siyosiy kuch Rossiya vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasida qandaydir vasvasa keltirib chiqargan”, ammo Kiyev “Sputnik V”ni ro‘yxatdan o‘tkazmaydi.

Vazir, shuningdek, siyosatchilarning COVID-19’ga qarshi emlash kampaniyasining barbod bo‘lgani haqidagi gaplariga quloq solmaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada emlash kampaniyasining birinchi bosqichida qariyb 367,5 ming kishi vaksina oladi.

“Birinchi bosqichda biz koronavirusga chalinish va kasallikning rivojlanib ketishi xavfi yuqori bo‘lgan odamlarni, shuningdek, COVID-19’ga qarshi kurashda muhim funksiyalarni bajarayotganlarni emlaymiz. Birinchi bosqich 367 491 kishining vaksina olishini ko‘zda tutadi”, — dedi u.

Stepanovning ta’kidlashicha, Ukrainada emlash uchun “klinik sinovlarning barcha bosqichlaridan o‘tgan va uchinchi bosqich bo‘yicha oraliq ma’lumotlar taqdim etilgan vaksinalar hamda dunyoda ro‘yxatga olingan vaksinalar” qo‘llaniladi.

“Muxolifat platformasi — Hayot uchun” partiyasi siyosiy kengashi raisi Viktor Medvedchuk avvalroq “Biolek” farmatsevtika kompaniyasi 30-dekabr kuni Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligiga va SSV Davlat ekspert markaziga murojaat qilib, “Sputnik V” vaksinasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni so‘raganini ma’lum qilgandi.

5-yanvar kuni “Biolek” Ukraina SSVga “Sputnik V”ni ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi arizani 2020-yil 31-dekabrda berganini tasdiqladi.

2020-yil dekabri boshida Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi “Biolek” AJ Ukrainada Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Ammo “Biolek” kompaniyasi o‘shanda buni rad etgandi.

Avvalroq Rossiya vaksinasi Jazoir, Argentina, Belarus, Boliviya, BAAVengriya, Serbiya, Falastin, Venesuela, Paragvay, PokistonTurkmaniston va Eronda tasdiqlangan edi. Vaksina ishlab chiqarishni moliyalashtiradigan Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasining ma’lumotlariga ko‘ra, 30 dan ortiq davlat Rossiya vaksinalariga qiziqish bildirgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda ommaviy vaksinatsiya fevral oyida boshlanishini aytib o‘tgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
196
0
xs.uz

AQSHda Trampning Isroil — Eron mojarosiga aralashishini taqiqlovchi rezolyutsiya tayyorlandi

AQSH Kongressiga Donald Trampni Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaroga aralashishdan ogohlantiruvchi ikki partiyaviy rezolyutsiya taqdim etilgan. Bu haqda 'Sky News' telekanali xabar berdi.Hujjat respublikachi Tomas Massi va demokrat Aleksandriya Okasio-Kortez tomonidan ishlab chiqilgan. Ikkinchisiga koʻra, Konstitutsiya Amerika Qoʻshma Shtatlari ijroiya hokimiyatiga bir tomonlama 'urush harakatlari'ni amalga oshirishga ruxsat bermaydi.'Kongress Eronga urush eʼlon qilishning eksklyuziv huquqiga

17 May 21:47
 
62
0
xs.uz

NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin darajada oshirishga kirishdi

NATO davlatlari AQSH prezidenti Donald Trampning yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini yumshata oladigan tarzda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda 'Bloomberg' manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Harbiy alyansdagi muzokarachilar NATOning iyun oyida Gaagada boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan 2032-yilgacha mudofaa va mudofaa bilan bogʻliq xarajatlar uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga erishish yoʻlida muvaf

01 Jul 04:28
 
6
0
xs.uz

Serbiyada tartibsizliklar: namoyishchilar nimadan norozi?

Serbiyada hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari nazoratdan chiqib ketmoqda.Oʻtgan dam olish kunlari Belgradda fuqarolar urushi kayfiyatini beruvchi muhit hukm surdi. Shanba kuni kechqurun prezident Aleksandr Vuchich hukumatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari tartibsizliklarga aylanib ketdi. Toʻqnashuvlar davomida koʻplab politsiyachilar yaralangan. Jabrlangan namoyishchilarning aniq soni haqida xabar berilmagan, bir necha oʻnlab namoyishchilar hibsga olingan.Avvaliga 140 ming

17 May 21:47
 
472
0
xs.uz

Turkiyada yana kuchli zilzila qayd etildi

Turkiyaning Konya shahrida zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida xabar berildi.Maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 15:46 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,2 ballni tashkil etdi. Qoʻshimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.Shu yilning 14-may kuni yerosti silkinishlari birdaniga uch davlat ' Livan, Suriya va Misr poytaxtlarida qayd etilgan edi. Xabarlarga koʻra, Bayrutda ikki bor, Damashqda bir necha bor