Nigeriyalik 7 nafar o‘smir futbolchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi aytilib, aldov yo‘li bilan O‘zbekistonga olib kelingani ma’lum qilindi

Nigeriyalik yetti nafar yosh yigit professional futbol bilan shug‘ullanish taklifi bilan O‘zbekistonga aldov yo‘li bilan olib kelingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda The Guardian’ga tayanib “Gazeta.uz” xabar qildi.
Foto: Getty Images
Ta’kidlanishicha, eng kamida yetti nafar 16—19 yoshli nigeriyalik o‘smirlar 2020-yilning dekabrida Nigeriyadan O‘zbekistonga olib kelingan. Ularni asli nigeriyalik bo‘lgan va o‘zini futbol agenti deb tanishtirgan shaxs olib kelgan.
“Men agentga 6 ming dollar berdim, shundan 3,9 ming dollari viza to‘g‘rilash, chipta olish va boshqa xarajatlarga ketdi.
Agent ota-onamga meni ikkinchi divizionda to‘p surishim va yaxshi pul ishlashimga va’da berib, ularni ko‘ndirdi. Shuningdek, u meni oliy divizion klubiga olib chiqishini aytdi. Biroq dekabrda O‘zbekistonga yetib kelgach, u endigina 14 yoshgacha bo‘lgan bolalardan iborat klub ochganiga guvoh bo‘ldim”, — deydi voqea ishtirokchisi bo‘lgan 16 yoshli Onyeka Benson.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yoshlarni olib kelishdan oldin ularning ko‘nikmalari baholanmagan, hattoki ularning o‘yin videosi ham ko‘rilmagan. Yigitlardan biri O‘zbekistonga kelib vaziyatni tushungach, o‘z yurtiga qaytishga muvaffaq bo‘lgan. U o‘zini agent deb tanishtirgan odam bilan tortishib qolgan. Qolganlar esa vizasini uch oyga uzaytirgan. Fevral oyida ularning viza muddati tugaydi.
Foto: Instagram/@fcmashaluzbekistan
Ingliz nashri bu borada “Mash’al” klubi va Nigeriya terma jamoasi futbolchisi Ifeani Ifeanining fikrlari bilan qiziqdi.
“Men ularning ba’zilari bilan Toshkentda ko‘rishdim. Yigitlar bu yerga futbol o‘ynashga kelgani haqida aytdi va men ulardan qaysi klub safiga o‘tgani haqida so‘radim, ular javob bera olmadi. Ular bu yerda qanday kun kechirayotgani haqida o‘ylayapman.
Hammasining tarixi bir xil. Barchasi ulardan pul olib, bu yerga olib kelgan va keyin tashlab ketgan odamga borib taqaladi. Umid qilamanki, bir kun kelib bu odam (o‘zini agent deb tanishtirgan shaxs — izoh “Daryo”) bilan ko‘rishaman va undan bu bolalarni nima uchun olib kelayotganini so‘rayman”, — Ifeani.
Ifeani Ifeanining aytishicha, ular (Nigeriyadan yoshlarni olib kelayotganlar) ikki kishi va ular yoshlarni hech qanday rejalarsiz olib kelmoqda. “Yigitlarning ba’zilarini kuzatib, ular professional futbol bilan shug‘ullanishga tayyor emasligini aytish mumkin”, — deydi “Mash’al” futbolchisi.
The Guardian xabarida aytilishicha, dunyo bo‘ylab har yili turli hududlardan Yevropaga 15 mingdan ortiq bolalar futbolchilik faoliyatini boshlash maqsadida aldov yo‘li bilan olib boriladi. Asosan ular futbol klublaridan hech qanday takliflarga ega bo‘lmaydi, shunday bo‘lsa-da omadi kelishiga umid qilib bir nechta mamlakatlarga boradi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragach esa ular o‘z yurtlariga qaytib borishni xohlamaydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
Oʻzbekiston MTJga mundial yoʻllanmasini taqdim etishi mumkin boʻlgan bahs kichik hajmli stadionda boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur oʻyin boʻlib oʻtadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini maʼlum qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi safardagi bahsi joriy yilning 5-iyun kuni Abu-Dabi'shahridagi 'Al Nahyan Stadium' stadionida boʻlib oʻtadi. Maz
VAZIR KUBOGIGA START BERILDI
Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi
G'OLIBLAR TAQDIRLANDI
Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qismda sportning kurash turi bo'yicha qo'mondon kubogi musobaqasi o'tkazildi. Qizg'in bahslar davomida raqiblaridan o'z tajribasi va mahoratining ustunligi bilan ajralib turgan poytaxtimizdagi 7534-harbiy qism jamoasi 3 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo'lga kiritib, kubok sohibiga aylanishdi. Keyingi pog'onalarni esa, qo'shinlarga qarashli 7531 va 7535-harbiy qism sportchilari zabt etishdi.G'oliblar