calendar 29 Jan 14:30
eye 59
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

"Putin qasri" ko'rinishi qanday? – reportaj

image
Dunyoda
Havola olish
33 0 0

Katta shov-shuvga sabab bo'lgan "Putin qasri" ko'rinishi qanday – Maш Telegram-kanal jurnalistlari reportaj tayyorladi.

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Aleksey Navalniy eʻlon qilgan materialda aytilgan - Gelendjikdagi "qasr" - qurilishning nol bosqichida. Maш Telegram-kanal jurnalistlari reportaj tayyorladi.

"Qars oldiga kelgan odamlarni eshiksiz parad kirish joyi kutib oladi - bu yerda eshik yo'q. Qishki saroy toji aks etgan podshoh burguti haykali ham yo'q. Joyni tasvirlash juda oddiy - bu bitta katta beton. Aslida hamma narsa qurilishning nol bosqichida", - deyilgan materialda.

Jurnalistlarga 6 yildan beri qasr qurilishini kuzatib borgan texnik nazorat vakili hamrohlik qildi. Muxbirlar 16 ta bir xil xonani ko'rishga muvaffaq bo'lishdi: "betonli xonaning orqasidagi betonli xona". "Surishtiruv"da aytilgan chilimxona o'rnida - "quruvchilar xonasi": u yerda kaskalar, quruvchilar maxsus kiyimi va poyabzallar.

"Loy xonasi" - qurilishning dastlabki bosqichida, "akvadiskoteka" - quruvchilar uni favvora, deb atashmoqda, u ham ishlamaydi.

Reportajda taxtalar, ko'plab simlar, beton bloklar va "razetka ishlamaydi" degan yozuvlar aks etgan.

"Atrofda juda ko'p ishchilar. Har qadamda quruvchilarni uchratasiz. Imoratni ko'zdan kechirayotganimizda, yigitlar teshish, burg'ulash ishlari bilan band edi ... Rostini aytsam, juda zerikarli. O'sha aytilgan qasrni ko'rishga muvaffaq bo'lmadik", - deydi reportaj muallifi.

Quruvchilarning taxminlariga ko'ra, binoni foydalanishga topshirish uchun 5-6 yil kerak.

Kreml reaktsiyasi

Avvalroq Vladimir Putin Aleksey Navalniyning Gelendjikdagi "qasr" to'g'risidagi filmini tomosha qilmaganligini, ammo yordamchilari tayyorlagan videolar to'plami bilan tanishib chiqqanligini aytdi. Prezident taʻkidlashicha, "surishtiruv"da ko'rsatilgan hyech qanday mulk na unga, na uning qarindoshlariga tegishli emas va hyech qachon tegishli bo'lmagan.

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov so'zlariga ko'ra, Gelendjikdagi qasr egasi - bir yoki bir nechta tadbirkor. Kreml ismlarni oshkor qilmaydi, chunki bu noto'g'ri. Prezident administratsiyasi soxta fosh qiluvchi materiallar va axborot xurujlari haqida bilganligini taʻkidladi.

Mavzu bo'yicha

Bemor AQSh maxsus xizmatlari ko'magidan foydalanadi — Putin Navalniy haqida
Rossiya Navalniy bilan bog'liq vaziyat tufayli EI sanktsiyalariga javob qaytaradi
Kreml "Putin qasri" haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berdi
Putin Navalniyning surishtiruvi haqida: qasr menga tegishli emas
Teglar:
Navalniy, Vladimir Putin, Moskva, Rossiya

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
40
0
xs.uz

Nodirjon Turgʻunov Oʻzbekistonning Iordaniyadagi elchisi etib tayinlandi

Oʻzbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turgʻunov ushbu mamlakat TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' axborot agentligi.Maʼlum qilinishicha, kecha, 28-may kuni Nodirjon Turgʻunov Iordaniya Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarna bilan uchrashgan. Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Iordaniya munosabatlarini jadallashtirish, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashk

31 May 08:50
 
41
0
xs.uz

Germaniya vakili vashingtonliklar bilan nimalarni gaplashdi?

Vazir Vashingtonga amaliy tashrif bilan borib, AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvning asosiy mavzusi prezident Donald Tramp 9-iyuldan boshlab joriy etishni rejalashtirayotgan Yevropa tovarlariga 50 foizlik bojlar haqida boʻldi. Vadeful bu choralardan voz kechishni talab qilgan.'Biz yangi tarif toʻsiqlarini xohlamaymiz, barqaror hamkorlik va ishonch koʻpriklarini qurishga intilamiz. Bu Atlantika okeanining har ikki tomonida farovonlikni saqlash va iqtisodiy

31 May 08:50
 
33
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning

31 May 08:50
 
57
0
xs.uz

Putin Lukashenkodan kartoshka soʻradi: Rossiyada kartoshka tanqisligi kuchaymoqda

Rossiyada kartoshka yetishmovchiligi tobora yaqqollashib bormoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, oʻtgan yili hosil yetarli darajada emas edi va mavjud zaxiralar ham deyarli tugagan. U mamlakatdagi vaziyatni ochiq tan oldi. Belarus esa bu yilgi barcha kartoshkasini Moskvaga yetkazib bergan.Yil boshidan beri Rossiyada kartoshka narxlari 52 foizga oshgan. Yigʻim-terim miqdori 12 foizga kamaygan. Belarusdan kartoshka importi hozirgi sharoitda yetarli taʼsir koʻrsatmayapti. Bundan tash