“Qalb”: Hayotni sevishga undovchi o‘lim haqidagi multfilmni nima uchun tomosha qilish kerak? (video)

“Hayot – bu rejalar tuzayotganingizda siz bilan sodir bo‘layotgan voqealardir”, — degan Jon Lennon. Va u mutlaqo haq edi.
“Qalb” multfilmining bosh qahramoni – jazz ijrochisi sifatida o‘zining yorqin karyerasiga ega bo‘lish yagona maqsadiga aylangan Nyu-Yorkdan kelgan musiqa o‘qituvchisi Jo Gardnerdir. Tasodifan unda ajoyib imkoniyat paydo bo‘ladi — eng taniqli saksafonchi bilan bitta sahnada ijro qilish. Afsuski, aynan o‘sha kuni hech kutilmagan hodisa ro‘y beradi, u o‘sha yerda vafot etadi. Biroq bu voqealarning boshlanishi xolos, eng qiziq hodisalar keyin davom etadi.
Qahramon yashashga bo‘lgan istagi bilan o‘limga qarshi kurashishga, ruhini o‘z tanasiga qaytarishga urinishi samimiy hamdardlikni keltirib chiqaradi. Hayot uchun kurash tasvirlangan o‘lim haqidagi “Qalb” multfilmi “Yuqoriga” va “Jumboq” animatsion filmlari uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan Pixar studiyasi direktori rejissor Pit Dokter va uning hamkasbi Kemp Pauers tomonidan yaratilgan.
Shu bilan birga, rejissorlar yer yuzi va narigi dunyoni tasvirlashda ramziy ma’noga alohida e’tibor qaratgan. Kuzgi Nyu-York – gavjum shahar, rang-barang ko‘chalar, turli xil mashinalarga to‘la yo‘llar, har qanday manzarasi haqiqatan ham hayotga to‘g‘ri keladi. “Narigi dunyo” esa butunlay boshqacha: hammasi sodda, u yerdagi belgilar ham o‘zgacha, xuddi kompyuter o‘yiniga o‘xshab ishlangan. Shuningdek, oxirat dunyosida Trent Reznor va Attikus Rossning musiqasi yangraydi, Nyu-York esa Jonatan Batistaning kompozitsiyalari bilan nafas oladi. Bu esa multfilmni ko‘rish uchun yana bir istakni paydo qiladi.
Foto: Glamour
Hayotning mazmuni va “Qalb” haqidagi savollar sehrli ravishda barcha oddiylikni yo‘qotadi. Kartina mualliflari bu orqali hayotdan ma’no o‘tkinchi “kasb”ni egallash emas, balki yashamoqlikdir, demoqchi bo‘lgan. Shuningdek, tomoshabinlarni befarq qoldirmaydigan yana uchta multfilm ham insonlarda xuddi shunday taassurot qoldiradi.
“Jumboq”
Ushbu multfilm aslida ota-onasi bilan yangi uyga ko‘chib o‘tadigan va yangi maktabga boradigan qiz Rayli haqida emas, balki uning ongida ro‘y berayotgan voqealar haqida. Rejissor Pit Dokter insoniyatning hissiyotlar dunyosiga ko‘proq e’tibor qaratadi. Rejissorlar Raylining ichidagi hissiyotlarini shakllantirish uchun animatsiyadan foydalangan. Ma’lumki, hayotda quvonch, qayg‘u, nafrat, g‘azab va qo‘rquv mavjud. Asosiy belgilar orasidan quvonch va qayg‘u Raylining ongidan yo‘qotiladi. Keyin esa ularsiz hayot to‘liq bo‘lmaydi. Bir nechta faylasuflar va psixologlarning avlodlarini tashvishga soladigan murakkab masalalar bolalar uchun mo‘ljallangan filmda namoyon bo‘lishi esa har qanday tomoshabinning qiziqishini yanada orttiradi.
“Koko siri”
Pixar studiyasining yana bir ajoyib musiqiy multfilmi – meksikalik bolaning narigi dunyoga sayohati haqida. Avvaliga bu oddiy ko‘rinadi, ammo o‘ziga ishonch, orzularga ergashish va muvaffaqiyatga erishish hammasidan ham muhim. Lekin multfilmdagi xabar kutilmagan natija bilan, hayratlanarli darajada chuqurroq va muhimroq bo‘lib chiqadi. Ushbu kartina muvaffaqiyatga intilish tuzoq bo‘lishi mumkinligi, inson o‘zi uchun qadrli ekani, vaqti kelganda o‘limni qabul qilish va bo‘ysunmas xotira kuchi haqida hikoya qiladi.
“Tepaga”
Pit Dokterning navbatdagi ajoyib multfilmlaridan biri. Bolalar uchun mo‘ljallangan animatsiyada kattalarga tegishli keksalik, yolg‘izlik va o‘lim mavzusi ko‘tarilgan. Karl Fredriksen – yo‘lg‘iz keksa, u sarguzashtlarni yaxshi ko‘radi. Uyi bilan sayohat qilish uchun pufaklar to‘plamini unga bog‘laydi. Va bu sayohat o‘ylaganidan ham ko‘ra ko‘proq hayajonli bo‘lib chiqadi.
Mavzuga doir:
- Disney kompaniyasi 7 yoshga kirmaganlarga “irqchilik”ka oid sahnalar mavjudligi sababli ba’zi multfilmlarni ko‘rishni cheklab qo‘ydi
- “Cheburashka. Bayram siri” 3D-multfilmining ilk tizeri namoyish etildi
- “Krudslar oilasi 2” multfilmi bir hafta ichida yana 3 mln dollar to‘plab, Amerika prokatida birinchi o‘rinni egalladi
«YASHIL» IQTISODIYOT – TARAQQIYOT KAFOLATI
Ma’naviyat va ma’rifat darsiButun dunyo davlatlari qatori, mamlakatimizning ham «yashil» iqtisodiyotga o‘tishi masalasi eng muhim hayotiy zaruriyat bo‘lib turibdi. Ko‘pchilik vatandoshlar «yashil» iqtisodiyotni energetika sohasini isloh qilishdan iborat deb hisoblashadi. Vaholanki, uning ichiga toza ichimlik suvi muammolari, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalar, ekologik barqaror shaharlar, chiqindilarni oqilona boshqarish, o‘rmon hududlarini kengaytiris
"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig
“Yuragim ham daraxtzor kabi, nimanidir olqishlamoqda...”
21-mart ' Oʻzbekiston qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud topgan kun* * *Koʻpdan kutgan edim orziqib, mana,Bulutlar tarqaldi toʻkishib koʻz yosh.Xayolim osmonday yorishdi yana,Yorugʻ kunlarimday porladi quyosh.Shoshqin daryolarning zangordir labi,Shamollar oʻynaydi yiroq-yiroqda.Yurgil, sayr etaylik, yurgil, malagim,Dunyo tashvishlari qolsin uzoqda.Koʻryapsanmi, qanday yasharmish olam,Beparvo goʻdakday jilmayadi jim.Goʻdagim, bu chiroy qaytmaydi hecham,Qaytmagani
«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ
Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла