"Putin saroyi" qurilishi bo'yicha yangi maʻlumotlar paydo bo'ldi

Rossiya va xorijiy davlatlarda katta qiziqish uyg'otgan, Vladimir Putinga tegishli ekani iddao qilingan Gelenjikdagi saroy haqida ijtimoiy tarmoqlarda yangi reportaj tarqaldi. Uni Maш Telegram kanali eʻlon qildi.
Maш`ning Gelenjikdagi saroyning qurilish maydonidan tayyorlagan reportajidan maʻlum bo'lishicha, bino qurilishning dastlabki bosqichida. Bu holatda u "bitta katta beton"ga o'xshatilgan.
"Saroyga kelganlar darvozasi yo'q kirish joyining guvohi bo'ladi. Hyech qanday podshoh burgutining nusxasi yo'q. Joyni tasvirlash juda oddiy, u bitta katta beton", deyilgan reportajda.
Ommaviy axborot vositalari shuningdek, u yerda faqatgina ishchilar borligini aniqlagan.
Ularning hisob-kitoblariga ko'ra, saroy qurilishi besh-olti yil ichida yakunlanadi.
Rossiya OAV Maш ijodkorlari qanday qilib Gelenjikdagi saroyning qurilish maydoniga bora olganidan hayratda ekanini yashirmayapti. Ammo buning javobi nomaʻlumligicha qolmoqda.
Maʻlumot uchun, Rossiyada Korruptsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi hamda muxolifat yetakchisi hisoblangan va ayni vaqtda panjara ortida bo'lgan Aleksey Navalniy "Putin uchun saroy" nomli yirik surishtiruv filmini eʻlon qilgandi.
So'ng, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Gelenjikdagi hashamatli saroy o'zi yoki qarindoshlariniki emasligini maʻlum qilgandi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa, Gelenjikdagi hashamatli uy bir yoki bir nechta ishbilarmonga tegishli ekanini aytgan.