Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri sud qaroriga ko‘ra 26-martga qadar qamoqda ushlab turiladi

Hibsda saqlanayotgani xabar qilingan Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev sud qaroriga ko‘ra 2021-yil 26-martga qadar qamoqda ushlab turiladi. Bu haqda mamlakat Oliy sudining matbuot xizmati bergan ma’lumotga tayanib, “TASS” xabar tarqatdi.
“Bishkek shahridagi Pervomaysk tuman sudining 2021-yil 28-yanvardagi qaroriga ko‘ra gumonlanuvchi Abilgaziyev 26-martga qadar hibsda saqlanadi”, – degan Oliy sud vakili.
Qirg‘iziston hukumatining sobiq rahbari Abilgaziyev 2018–2020-yillar davomida Vazirlar mahkamasini boshqargan. U 26-yanvar kuni katta maydondagi yer uchastkalarini noqonuniy ravishda ajratib berish va qonunga xilof ravishda boylik orttirish jinoyatlarini amalga oshirganlikda gumon qilinmoqda.
Qirg‘iziston davlat Milliy xavfsizlik qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq bosh vazir “Kumotr gold kompani” nomli korxona nomiga Issiqko‘l viloyatidagi oltin koni joylashgan yerlarni geolograzvedka va oltin qazib olish uchun ajratib berish haqida qaror imzolagan. Oqibatda oltin koni joylashgan maydon ikki baravar kengayib, 26,3 ming gektarga yetgan.
Qo‘mitaning qayd etishicha, qaror imzolangan davrda oltin koni hududini kengaytirish va atrof-muhitning landshaft xilma-xilligi, tabiiy resurslar, “Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazishi haqidagi hukumat qarori o‘z kuchida bo‘lgan. Mazkur hududlardagi ishlarni yanada kengaytirilishi Issiqko‘l hududida iqlim o‘zgarishlariga olib kelishi va mamlakat ekologiyasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, deya hisoblaydi Qirg‘iziston davlat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi.
Maxsus xizmat bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Abilgaziyev hukumatga rahbarlik qilgan davrida uning norasmiy daromadlari sezilarli darajada oshgan. Sobiq bosh vazir faol tarzda ko‘chmas mulk xarid qilgan va ularni boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirgan.
Ilon Mask Oq uyni tark etdi
Mashhur milliarder va tadbirkor Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi faoliyatini yakunladi. U 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida:'Maxsus davlat xodimi sifatida mening muddatim tugaydi. Samarasiz xarajatlarga qarshi kurashish imkoniyati uchun prezidentdan minnatdorman. Samaradorlik departamentining missiyasi vaqt oʻtishi bilan yanada mustahkamlanadi, chunki u butun hukumatning turmush tarziga aylanadi', ' deb yozdi Mask.Uning davlat xizmatidagi ishtiroki hukumat xarajatlari
Baydenda salomatlik bogʻliq muammo aniqlandi
AQSHning sobiq prezidenti Jo Baydenga prostata bezida kichik oʻzgarish tashxisi qoʻyildi. Bu haqda 'The New York Times' gazetasi siyosatchining vakiliga tayanib xabar berdi.'Sobiq prezident oʻtgan juma kunini prostata bezida qoʻshimcha tekshiruvni talab qiladigan kichik oʻzgarish aniqlanganidan keyin Filadelfiya kasalxonasida oʻtkazdi', ' deyiladi xabarda.Baydenning sogʻligʻi va keyingi davolanishi haqida qoʻshimcha maʼlumot berilmagan.Avvalroq, internet foydalanuvchilari Baydenning qo
Gʻazoda 300 mingdan ortiq falastinliklar surunkali kasallikdan aziyat chekmoqda
Gʻazodagi 300 mingdan ortiq falastinliklar turli surunkali kasalliklardan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻazodagi ekspertlari va tibbiyot xodimlari hamda xayriya tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Isroil kuchlarini Gʻazodagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini qasddan nishonga olganlikda ayblab keladi.Ekspertlarning fikricha, Isroil kuchlarining bunday harakatlari Falastin aholisi uchun yashash sharoitlarini yaroqsiz qilishga
Xitoy navbatdagi sunʼiy yoʻldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi
Xitoy yangi 'Shiyan-19' tajriba sunʼiy yoʻldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Xitoy Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi xabariga koʻra, undan sunʼiy yoʻldosh aloqasi texnologiyasi boʻyicha tajribalar oʻtkazishda foydalaniladi.Uchirish seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:09 da mamlakat janubi-gʻarbidagi Sichuan provinsiyasida joylashgan Sichan kosmodromidan 'Chanchjen-3S' raketasi yordamida amalga oshirildi.Korporatsiyaning taʼkidlashicha, sunʼiy yoʻldosh birinc