Samarqandda YPX inspektoriga 600 ming so‘m pora berishga uringan fuqaro qo‘lga olindi

Samarqandda YPX inspektoriga 600 ming so‘m pora berishga uringan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo” Samarqand viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek va Buyuk ipak yo‘li ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi X.B. boshqaruvidagi “VAZ-2103” yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlangani uchun to‘xtatilgan va tegishli tartibda haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Avtomashina esa vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Shundan so‘ng haydovchi inspektorga avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berishi evaziga 600 ming so‘mni pora tariqasida taklif qilgan. YPX inspektori ushbu holat yuzasidan bildirgi orqali viloyat IIB boshlig‘i nomiga murojaat qilgan.
Mazkur bildirgiga asosan IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi hamda Samarqand shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.B. YPX inspektoriga 600 ming so‘mni pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
IZLANUVCHAN INSPEKTOR
– Hududimizdagi mahalliy aholi asosan dehqonchilik, hunarmandchilik va tikuvchilik bilan shug‘ullanishadi. Yil boshidan buyon hali voyaga yetmagan 6 nafar maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashib, ularni ishga joylashtirdik. Maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etgan holda ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan, – deydi leytenant Sh. Komiljonov. Sh. Komiljonov sportga ham alohida mehr qo‘ygan bo‘lib, qo‘l jangi bilan 6 yildan
VAZIFALAR QANDAY BAJARILMOQDA?
Qarshi shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “qizil” toifadagi mahallalarda Prezidentning 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.Yig‘ilishda mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish, ko‘chalarga kuzatuv kameralari o‘rnatish va ularni p
Sirdaryoda Vengriyaning “ZA-Invest Poultry” kompaniyasi bilan hamkorlikda 8 ta fabrika quriladi
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo viloyatida Vengriyaning 'ZA-Invest Poultry' kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida klasterning 130 gektar maydonida 8 ta parrandachilik fabrikasi, inkubator, kushxona va qayta ishlash sexlari, ozuqa ishlab chiqarish korxonasi, muzlatkich va maʼmuriy binolar quriladi. Loyiha toʻliq amalga oshirilgach yiliga 16 million dona broyler tovuq yetkazib beriladi va 120 ming tonna omuxta yem ishlab chiqariladi.Ushbu yirik loyihan
Yangi tashkil etilgan Kichik biznes uyushmasiga rahbar tayinlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 19-mart kuni boʻlib oʻtgan kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani haqida'xabar bergan edik.Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga koʻra, mazkur yigʻilishda davlat rahbari Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish hamda unga Mirzaliyeva Kamolat Kukanbayevna rahbar etib tayinlanishi boʻyicha tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan tashabbusni'maʼqullagan.Maʼlumot uchun, Kam