Hindistonda koronavirusning tarqalish sur’atlari sekinlashdi

Hindistonda koronavirus tarqalish sur’atlari kamaydi va o‘tgan bir hafta davomida 146 ta okrugda birorta ham holat aniqlanmadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Xarsha Vardxanaga tayanib, The Hindu xabar bergan.
Vazirning qayd etishicha, mamlakatda o‘tgan 24 soat ichida (2021-yil 28-yanvar holatiga ko‘ra) 12 mingdan kamroq COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olish holatlari aniqlanib, shundan 165 kishi virusning Britaniya shtammi ekani tasdiqlangan.
Davolanayotganlar 173 ming nafarni tashkil etadi, ularning 0,46 foizi sun’iy nafas berish apparatlarida, 2,2 foizi jonlantirish bo‘limida kasallik bilan kurashmoqda.
Hindiston hukumat tomonidan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun jami 11 million 240 ming doza vaksina provinsiya va shtatlarga tarqatilgan.
Hindiston butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. Pandemiya boshidan buyon mamlakatda 10,7 million nafardan ortiq aholi virusga chalingan. 153,8 ming nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga doir:
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 27-yanvarda butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 100 million nafardan oshgan.
Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)
21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar
Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi
Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,
GʻAROYIB DARAXT
Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt. Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg