Niderlandiyadagi piyoz ekilgan dala nur sochuvchi installyatsiyaga aylantirildi (foto)

Niderlandiyaning qalin piyoz dalalarini yoritayotgan nur gollandiyalik rassom va dizayner Daan Ruzegardning yangi san’at namunasi hisoblanadi. Daan Ruzegard piyozning ikki yillik turi ekilgan maydonga bir vaqtning o‘zida ham estetik zavq beradigan, ham ekinlar uchun amaliy foyda bo‘ladigan vertikal ravishda porlovchi qizil, ko‘k hamda ultrabinafsha chiroqlarni installyatsiya yordamida (ya’ni kompyuterga maxsus dastur o‘rnatish orqali) joylashtirib chiqdi.
Bu kompozitsiya chiroyli ko‘rinish bilan birgalikda, daladagi piyozlarning o‘sishini tezlashtirib beradi va kimyoviy moddalardan foydalanishga hojat qoldirmaydi.
Ilm-fan va san’at birlashishidan yana ham go‘zal dunyo yaratishni ko‘zlagan loyiha muallifi “Ushbu landshaftga jonli san’at asari sifatida qarash orqali endi ‘qishloq xo‘jaligi’ so‘ziga yangi ma’no beriladi”, deb aytib o‘tdi.
20 ming kvadrat metr maydonni o‘z ichiga olgan ushbu loyihaga fitobiologik texnologiyalardan foydalangan holda taxminan ikki yil vaqt sarflandi. Quyida siz ushbu go‘zallik muhrlangan fotosuratlar va video tasvir bilan tanishasiz.
ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ
• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э
Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi
Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o
Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)
21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar
Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi
Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl