APLda yetakchi o'zgardi. Sulsher hakamni ayblamoqda

Angliya Premyer Ligasining 20-turidan o'rin olgan bahsda "Manchester Yunayted" autsayder hisoblangan "Sheffild Yunayted" klubiga 1:2 hisobida o'yinni boy berdi. Natijada MYu APL yetakchiligini "Manchester Siti"ga berib qo'ydi.
O'yindan so'ng, "qizil iblislar" murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi.
"Juda xafaman. Billi Sharp David De Xeaga urilib ketdi. Marsyalning hisoblanmagan golida esa hyech qanday qoidabuzarlik bo'lmagandi. Hakam ikkita xatoga yo'l qo'ydi. Ikkinchi golda juda beparvo o'ynadik. 3-4 ta noto'g'ri qaror qabul qildik, bu bizga xos emas. O'zimizga achinishga vaqt yo'q. Shanba kuni navbatdagi o'yin "Arsenal"ga qarshi bo'lib o'tadi. Bu mag'lubiyatni unutib, xulosa chiqarishimiz va davom etishimiz kerak", deydi Sulsher.
Maʻlumot o'rnida, ushbu o'yinni Piter Benks boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib bordi.
Ayni vaqtda Angliya chempionatida turnir jadvali quyidagicha ko'rinishda: