calendar 28 Jan 09:10
eye 23
comments 0
comments Manba: daryo

“Muhtasham yuz yil” serialiga taklif etilgan, biroq so‘nggi daqiqalarda unda ishtirok etishdan bosh tortgan aktyorlar (foto)

image

“Muhtasham yuz yil” muxlislari serialdagi asosiy qahramonlarni boshqa aktyor va aktrisalar ijro qilishi mumkinligini tasavvur ham qilolmaydi. Lekin suratga olish ishlari boshlanishidan avval mingdan ortiq ijodkorlar sinovdan o‘tgan va ulardan eng yaxshilari saralab olingan.

Oyku Chelik

Kollaj: “Daryo”

Tomoshabinlar Xurram rolini Oyku ijrosida ko‘rishi mumkin edi, ammo prodyuserlar aktrisaning qomati qahramon uchun to‘lalik qiladi deb hisoblagan. Rol uchun asosiy nomzodlardan biri bo‘lgan Chelikni rolga olishdan voz kechilmagan, ammo shartnoma ham tuzilmagan. Serial ijodkorlari Maryamni suratga olish ishlari boshlanishidan bir necha hafta oldin topgan va Germaniyada yashaydigan ushbu aktrisa qahramon uchun ayni muddao, degan fikrga kelgan. Bu vaqtda Uzerli turkchada yaxshi gapira olmaygan. Bu haqida o‘zi bergan intervyularida ham so‘zlab bergan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Oyku rad etilganini jiddiy qabul qilmagan va boshqa loyihalarda suratga tushishda davom etgan. U tomoshabinlar qalbidan joy olib ulgurgan “Ertug‘rul: Tirilish” serialida rol ijro qilgan.

Fahriye Evjen

Foto: “Yandeks Dzen”

Burak O‘zchivitning rafiqasi ham Xurram roli uchun nomzodlik qilgan. Nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki iste’dodi bilan ham muxlislar tomonidan e’tirof etiladigan aktrisa ham Oyku singari rolga tasdiqlanishini kutgan, ammo Maryam paydo bo‘lgan-u hammasi hal bo‘lgan.

Aslixan Gurbaz

Foto: “Yandeks Dzen”

Serialda nafaqat Xurram, balki boshqa qahramonlarni ijro qiladigan aktrisa va aktyorlar tanlash borasida ham ikkilanishlar ko‘p bo‘lgan. Masalan, serialdagi Shohsulton rolini Aslixan Gurbaz gavdalantirishi mumkin edi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa ushbu rol uchun tasdiqlangan, ammo so‘nggi daqiqalarga kelib u bilan hamkorlik qilishdan voz kechilgan va rol Deniz Chakirga nasib qilgan. Shunga qaramay, bir necha yildan keyin Gurbaz loyihaning davomida suratga tushgan. U “Kosem”da Halima sulton sifatida namoyon bo‘lgan.

Chig‘atay Ulusoy

Foto: “Yandeks Dzen”

Suratga olish jamoasi sulton Sulaymon rolini ijro qiladigan aktyorni darhol topgani bilan, shahzodalar uchun munosib nomzodlarni uzoq qidirishga to‘g‘ri kelgan. Ko‘plab aktyorlar shahzoda Boyazidni gavdalantirishni xohlagan. “Ichkarida” serialidagi ishtiroki bilan yaxshi tanish bo‘lgan Chig‘atay Ulusoy esa ushbu rolga tasdiqlanishiga bir baxya qolgan. Ammo mazkur ijro uchun Aras Bulut Iynemli olingani ma’lum qilingan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Ammo bu Ulusoy uchun unchalik katta yo‘qotish bo‘lmagan. Kelishgan va mahoratli aktyor ayni vaqtda ham faol suratga tushish bilan band. Netflix tomonidan suratga olingan, uning ishtirokidagi “Himoyachi” seriali ham yetarlicha mashhurlikka erishgan. Aras Bulutning esa iste’dodiga shubha yo‘q. “Chuqur” seriali yulduzi ishtirokidagi “Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza” filmi Turkiya tomonidan “Oskar”ga nomzod qilib ko‘rsatilgan.

Metin Akdulger

Foto: “Yandeks Dzen”

Metin serialda Xurram va Sulaymonning o‘g‘li, shahzoda Salim rolini ijro qilishi mumkin edi. U sinovdan yomon o‘tmagan, lekin rol Engin O‘zturkka nasib qilgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Shunga qaramay, Metin ham keyinchalik “Kosem”da suratga tushishga muvaffaq bo‘lgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:14
 
35
0
xs.uz

“Men qolmayman hech vaqt benavo...”

Oʻzining otashin va falsafiy sheʼrlari, Bedil-u Pahlavon Mahmuddan qilgan mumtoz tarjimalari bilan adabiyot boʻstoni koʻrkiga koʻrk qoʻshgan ijodkor, koʻplab qalblardan joy egallagan shoir Matnazar Abdulhakim bugun hayot boʻlganida 76 yoshga toʻlgan boʻlardi.Shoir boshqa maslakdoshlaridan farqli oʻlaroq poytaxtga kelmasdan viloyatda ' Xorazmda yashab, ijod qilganiga qaramay ovozi Toshkentda ham jaranglab turgan. Bugun shoir nainki Xorazm, balki Oʻzbekiston, turkiy olam adabiyot muhib

14 Mar 07:23
 
108
0
xs.uz

“Savitskiy kundaliklari” multimedia koʻrgazmasi ochildi

Namoyish ashyolari sifatida Igor Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyi sara toʻplamlariga mansub asarlar taqdim etilgan. Bu muzey kolleksiyasidagi durdona asarlardan Toshkent sarhadlaridan chiqmasdan turib bahramand boʻlishdek noyob imkoniyatdir.Koʻrgazma 7-iyun kunigacha 'OʻZEKSPOMARKAZ'ning 5-pavilyonida namoyish etiladi.

11 Apr 14:02
 
25
0
xs.uz

Germaniyada “Oʻzbekiston – Ipak yoʻlining durdonasi” nomli kitob albom nashr etildi

Maqola muallifi Mixael Rossnerning qayd etishicha, fotograf Osiyo va Janubiy Amerika qitʼalarining koʻplab mamlakatlariga safar qilgan. Turli madaniyat va landshaftlarga boʻlgan yuqori qiziqish uni 2019-yilda Oʻzbekiston tomon chorladi. Sayohati davomida ushbu sehrli diyor taassurotlaridan ilhomlangan haydelberglik tadbirkor oʻzi olgan suratlarni kitob holida chop etishga qaror qiladi.Maʼlum qilinishicha, Tamara Rexenbergning 'Oʻzbekiston ' Ipak yoʻli durdonasi' kitob albomi 'abc-Verlag

11 Apr 14:02
 
26
0
xs.uz

Buxoroda “II Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali” boʻlib oʻtadi

Festivalning maqsadi, zardoʻzlik va zargarlik yoʻnalishlarida faoliyat olib boradigan, soha taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshayotgan tajribali va iqtidorli hunarmandlarni kashf qilish, nodir va yoʻqolib borayotgan sanʼat asarlarini asrab-avaylash, tiklash, eng ilgʻor amaliy dasturlarni targʻib qilish, yosh avlodga ushbu hunarni oʻrgatgan holda viloyatlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish, xalqaro miqyosda milliy brendni yaratish va ommalashtirishdan iborat.Xalqaro festival davomida turl