calendar 25 Jan 13:30
eye 43
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekiston ilk bor EOII hukumatlararo kengashi yig'ilishida ishtirok etadi

image
Siyosat
Havola olish
O'zbekiston va EOII – integratsiya istiqbollari (67)
0 0 0

O'zbekiston va Kuba ilk bor Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumatlararo kengashining majlisida ishtirok etadi.

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) hukumatlararo kengashining navbatdagi yig'ilishi 2021 yil 5 fevralda Olmaotada bo'lib o'tadi, deb xabar qildi Sputnik Qozog'iston mamlakat tashqi ishlar vazirligiga asosan.

Yig'ilishda Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Rossiya hukumat rahbarlari va Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hayʻati raisi ishtirok etadi.

Bundan tashqari, tadbirda EOIIda kuzatuvchi-davlatlar - Moldova, O'zbekiston va Kuba ishtirok etishi kutilmoqda.

Yig'ilishlar tor va kengaytirilgan tarkibda bo'lib o'tadi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ichki bozor faoliyatidagi to'siqlarni bartaraf etish, shuningdek iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida integratsion salohiyatni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Eslatib o'tamiz, bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O'zbekistonning EOII bilan hamkorligini yo'lga qo'yish masalasini o'rganishni tashkil etish bo'yicha ishchi guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Dastlab yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo'llangan Murojaatnomadan kelib chiqib, 2021 yilda EOII bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish masalasini o'rganishni tashkil etish, O'zbekistonning EOIIga kuzatuvchi maqomida ushbu miintaqaviy tuzilmaning keng imkoniyatlaridan har tomonlama foydalanish yo'llarini qidirish Qonunchilik palatasida tuzilgan mazkur ishchi guruhning asosiy vazifalaridan biri ekanligi taʻkidlandi.

Yig'ilish ishtirokchilari O'zbekiston EOIIda kuzatuvchi maqomini olganligi hamda ushbu tashkilotga aʻzo bo'lgan davlatlar bozorlarida to'laqonli ishtirok etishi uchun hamkorlikning huquqiy tartibga solish mexanizmlarini chuqur o'rganish, milliy texnik tartibga solish meʻyorlarini EOII talablariga moslashtirish bo'yicha ishlarni jadallashtirish zarurligini taʻkidlashdi. EOII bilan O'zbekiston o'rtasida hamkorlik ishlarini samarali tashkil etish maqsadida 2021 yilga mo'ljallangan "Yo'l xaritasi" loyihasi atroflicha muhokama qilinib, tasdiqlandi.

Mavzu:
O'zbekiston va EOII – integratsiya istiqbollari (67)

Mavzu bo'yicha

Overchuk: EOII O'zbekistonning ittifoqqa qo'shilishiga umid qilmoqda
2025 yilda EOII integratsiyasining birinchi bosqichi yakunlanadi – Putin
EOII ichida transport qatnovi qachon to'laqonli tiklanadi - Malkina izohi
EOII-O'zbekiston hamkorlik "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi
O'zbekiston EOIIga qo'shilsa, Tojikistonda tanlov qolmaydi – Migranyan

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
44
0
xs.uz

Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi

Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan

16 Apr 09:12
 
47
0
xs.uz

AQSHda Putinning yozda Ukrainada gʻalaba qozonish rejalari oshkor qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 2025-yil yozida muzokaralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jabhada gʻalaba qozonishini kutmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.Nashr mualliflarining yozishicha, Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning amaldagi maʼmuriyatining qatʼiyatsizligini yaxshi biladi.Shu bilan birga, Putin 'Tramp oxir-oqibatda tishsiz va uni vaziyatni yumshatishdan bosh tortgani uchun samarali jazolamasligini tushunadi', deyiladi maqolada.Nashrning yozishicha, Putin Tram

18 Apr 11:08
 
43
0
xs.uz

Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi

Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq

20 Mar 12:50
 
43
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э