Dam olish kunlaridagi komendantlik soati tufayli bo‘m-bo‘sh Istanbul ko‘chalari (foto)

Turkiyada 21-noyabrdan dam olish kunlari komendantlik soati joriy qilingan. Dastlab cheklovlar faqat kechki va tungi vaqtlarga taalluqli edi, ammo 30-noyabrdan kiritilgan yangi cheklovlar tufayli kecha-yu kunduz amal qilmoqda.
Odatda serqatnov yo‘llar dam olish kunlarida mashinalardan deyarli xoli.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Qoidabuzarlar jarimaga tortiladi. Bundan tashqari 2020-yil 1-dekabrdan kuchga kirgan choralar qatoriga ish kunlari mahalliy vaqt bilan soat 21:00 dan ertalab soat 05:00 gacha mamlakat bo‘ylab amalda bo‘ladigan komendantlik soati bor. 20 yoshgacha bo‘lgan va 65 yoshdan katta kishilarga jamoat transportidan foydalanish taqiqlandi. Restoranlarga faqat yetkazib berish uchun ishlashga ruxsat berildi. Savdo markazlariga tashrif buyurish uchun maxsus ruxsatnoma olish kerak bo‘ladi. Mazkur tartib e’lon qilinganidan keyin Turkiya IIV bu choralar sayyohlar uchun amal qilmasligini bildirdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 14-dekabr kuni Yangi yil bayrami vaqtida — 31-dekabr kuni soat 21:00 dan 4-yanvar soat 05:00 ga qadar mamlakatda komendantlik soati amal qilishini ma’lum qilgan. Turkiya madaniyat va turizm vazirligi vakilining aytishicha, komendantlik soati xorijlik turistlarga taalluqli emas, biroq 30-dekabrda Turkiya Ichki ishlar vazirligi xorijlik turistlarga ham taalluqli cheklovlarni bildirgan. Unga ko‘ra, 31-dekabr soat 21:00dan 1-yanvar soat 10:00gacha Turkiyadagi barcha shaharlarning markaziy ko‘cha va maydonlariga chiqish taqiqlangan edi. Bundan tashqari, 31-dekabrdan 4-yanvargacha mehmonxonalarda har qanday ommaviy ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish mumkin emas.
“Daryo” fotomuxbiri mamlakatning eng gavjum va mashhur megapolisi — Istanbulda dam olish kunlaridagi komendantlik soatlari qanday o‘tayotganini kadrlarga muhrladi.
“Taqsim” maydonida faqatgina bir-ikki nafar sayyohlarni uchratish mumkin.
Foto: “Daryo”/Madina Nurman
Odatda baliqchilar bilan gavjum Galata ko‘prigi ham bo‘m-bo‘sh ko‘rinishga ega.
Foto: “Daryo”/Madina Nurman
Eslatib o‘tamiz, 28-dekabrdan boshlab Turkiya hududiga aviaparvozlar orqali uchib keladigan yo‘lovchilar koronavirusga topshirgan testining salbiy natijasini taqdim etishi kerak. Ushbu qoida 30-dekabrdan boshlab yerusti transportida sayohat qiladigan sayyohlar uchun ham amalda bo‘ladi. So‘nggi 72 soat davomidagi koronavirusga testi manfiy natijalari to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etgan xorijliklar mamlakat hududiga kiritiladi. Hujjat yo‘q bo‘lsa, kiritilmaydi.
Mavzuga doir:
- Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Rossiya vaksinasidan voz kechilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
- O‘zbekiston va Turkiya qurilish mutaxassisligiga ega migrantlarni ish bilan ta’minlash to‘g‘risida kelishuvga erishdi
- Turkiyada 2016-yildagi davlat to‘ntarishiga urinish ishi bo‘yicha qariyb 200 kishi qo‘lga olindi
- Pandemiya bilan yashayotgan Turkiya — suratlarda
Ukraina Germaniyadan qanday yordam olmoqda?
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlinga qilgan tashrifi matbuot anjumani bilan yakunlandi. Tashrif davomida harbiy yordam masalasiga oid aniq maʼlumotlar berilmadi. Faqatgina Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniyaning Ukraina hududini 'Starlink' tizimi bilan qamrab olishga qaratilgan dasturni moliyalashtirishda muhim rol oʻynashini taʼkidladi.Ayni paytda mazkur xarajatlarning asosiy qismi Polsha tomonidan qoplangan. Polsha 90 million yevro miqdorida mablagʻ ajratib, Ukrainaga 2
Yaqin orada tinchlik boʻlishini kutmayapman — Tramp Putinga yana qoʻngʻiroq qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi. Unga koʻra, Putin Ukrainaning Rossiya harbiy aerodromlariga bergan zarbalariga javob berish niyatida.'Bu yaxshi qoʻngʻiroq boʻldi, lekin zudlik bilan tinchlikka olib keladigan qoʻngʻiroq emas', ' deydi Oq uy rahbari.Trampning soʻzlariga koʻra, 1 soat 15 daqiqa davom etgan suhbat davomida u Putin bilan Rossiya harbiy aerodromlariga qilingan hujum ' Ukrainaning 'Oʻrgimch
Putin Lukashenkodan kartoshka soʻradi: Rossiyada kartoshka tanqisligi kuchaymoqda
Rossiyada kartoshka yetishmovchiligi tobora yaqqollashib bormoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, oʻtgan yili hosil yetarli darajada emas edi va mavjud zaxiralar ham deyarli tugagan. U mamlakatdagi vaziyatni ochiq tan oldi. Belarus esa bu yilgi barcha kartoshkasini Moskvaga yetkazib bergan.Yil boshidan beri Rossiyada kartoshka narxlari 52 foizga oshgan. Yigʻim-terim miqdori 12 foizga kamaygan. Belarusdan kartoshka importi hozirgi sharoitda yetarli taʼsir koʻrsatmayapti. Bundan tash
Gʻazoda 300 mingdan ortiq falastinliklar surunkali kasallikdan aziyat chekmoqda
Gʻazodagi 300 mingdan ortiq falastinliklar turli surunkali kasalliklardan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻazodagi ekspertlari va tibbiyot xodimlari hamda xayriya tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Isroil kuchlarini Gʻazodagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini qasddan nishonga olganlikda ayblab keladi.Ekspertlarning fikricha, Isroil kuchlarining bunday harakatlari Falastin aholisi uchun yashash sharoitlarini yaroqsiz qilishga