calendar 07 Oct 13:30
eye 19
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Mirziyoyev va Toqayev Qirg'istondagi vaziyat tez fursatda barqarorlashishiga umid bildirdi

image
Siyosat
Havola olish
0 0 0

O'zbekiston va Qozog'iston prezidentlari Qirg'izistondagi vaziyat ushbu mamlakat Konstitutsiyasi va milliy qonunchiligi normalariga muvofiq tez fursatda barqarorlashishiga umid bildirdilar

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

"Mintaqadagi voqealar rivoji yuzasidan ham fikr almashildi. O'zbekiston va Qozog'iston prezidentlari Qirg'izistondagi vaziyat ushbu mamlakat Konstitutsiyasi va milliy qonunchiligi normalariga muvofiq tez fursatda barqarorlashishiga umid bildirdilar", - deyilgan xabarda.

Davlat rahbarlari ko'p asrlik do'stlik va yaxshi qo'shnichilik rishtalari, ishonch va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Koronavirus tarqalishi oqibatlarini tez fursatda yengib o'tish maqsadida O'zbekiston va Qozog'iston hukumatlari darajasida yaqindan muvofiqlashuv va faol almashinuvlar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboshlash ko'rsatkichlarini oshirishga qaratilgan qo'shma dastur va loyihalarni ilgari surish, tadbirkorlar va hududlarning yangi tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash orqali kooperatsiyani kengaytirish, shuningdek, madaniy-gumanitar tadbirlar o'tkazishga alohida eʻtibor berildi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan ham mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashgan edi.

5 oktyabr kuni Bishkekda parlamentiga o'ta olmagan partiyalar tarafdorlarining norozilik namoyishlari boshlandi. O'sha kuni kechqurun mitingni tarqatishga urinish vaqtida norozilik aktsiyasi namoyishchilari va kuch tuzilmalari o'rtasida to'qnashuvlar boshlandi. Mamlakat sog'liqni saqlash vazirligi maʻlumotlariga ko'ra, to'qnashuvlarda 911 kishi jabrlandi. Bir nafari halok bo'lgan.

6 oktyabr kuni Qirg'iziston MSK saylov natijalarini haqiqiy emas deb topdi.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

06 Feb 12:27
 
51
0
qalampir.uz

Qozog‘iston o‘zining birinchi uchuvchisiz samolyotlarini sinovdan o‘tkazdi

Qozog‘iston Qurolli Kuchlari ehtiyojlari uchun Respublika havo mudofaa kuchlarining harbiy qismida mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan uchuvchisiz samolyotlarning birinchi sinovlari o‘tkazildi. Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. “Barcha samolyot texnikasi zamonaviy video-nazorat vositalari, sensorlar va issiqlikni ko‘rsatuvchi uskunalar bilan jihozlangan. Mutaxassislar uchun turli xil samolyotlar taqdim etildi. Dronlar joyidan

02 Feb 10:27
 
38
0
qalampir.uz

Fransiya olov ustiga moy sepmoqda – Aliyev

Fransiya Kavkazda buzg‘unchi siyosat olib borib, olovga moy sepish tamoyili asosida ish tutmoqda. Bu haqda bugun, 1 fevral kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungongni qabul qilish jarayonida aytib o‘tdi. Ozarbayjon rahbari Parijni mintaqadagi buzg‘unchi siyosat va geosiyosiy intrigalarda aybladi. “Fransiya mintaqada buzg‘unchi siyosat olib borar ekan, olovga moy quyish tamoyilidan kelib chiqib, Armanistonni harbiylashtirish

09 Feb 09:52
 
32
0
qalampir.uz

YeOII mamlakatlarida benzin narxi oshdi

2023 yilda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo davlatlarda benzin 7 foizga, dizel yonilg‘isi 9 foizga, elektr energiyasi uchun iste’mol narxlari esa 0,3 foizga qimmatlagan. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma’lum qilindi. 2023 yilning dekabr oyidagi yillik ko‘rsatkichlarga ko‘ra, YeOIIda avtomobil benzini narxi 10,6 foizga, dizel yoqilg‘isi bahosi 10,1 foizga, elektr energiyasi uchun to‘lovlar 10,2 foizga ko‘tarilgan.  Shu jumladan, Armaniston benzin narxlar

07 Mar 20:08
 
29
0
qalampir.uz

Rossiya hindlarni Ukrainaga qarshi urushga yuborgani ma’lum bo‘ldi 

Rossiya armiyasi tarkibida 20 ga yaqin Hindiston fuqarolari borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi. Yollanma askarlarning oila a’zolariga ko‘ra, hindlar aldov yo‘li bilan urushga jalb qilingan. Hindiston hukumati fuqarolarini qaytarib olish bilan shug‘ullanmoqda.  “Biz ulardan ba’zilarini ortga qaytardik va qolganlarini ham qaytarish ustida ishlayapmiz”, deydi Hindiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Financial Times