calendar 24 Sep 05:30
eye 68
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

AQSh Lukashenkoni prezident sifatida tan olmadi, Turkmaniston esa tabrik yo'lladi

image
Siyosat
Havola olish
83 0 0

Aleksandr Lukashenko kecha oltinchi marotaba Belarus prezidenti vazifalarini rasman bajarishga kirishdi. Shu munosabat bilan EI davlatlari Lukashenkoni tan olmasliklari xususida rasmiy bayonot bilan chiqish qildilar

TOShKENT, 24 sn - Sputnik. Kuni kecha, chorshanba kuni Minskda prezident Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiyasi bo'lib o'tdi. Tadbir deyarli maxfiy o'tdi desa ham bo'ladi, negaki hukumat hyech kimni oldindan xabardor qilmagan edi.

Davlat televideniyesi ham inauguratsiya jarayonidan to'g'ridan-to'g'ri efir olib bermadi.

Eslatib o'tamiz, MSK maʻlumotlariga ko'ra, Lukashenko bo'lib o'tgan prezident saylovlarida 80,1 % foiz ovoz olgan.

Inauguratsiya marosimidan so'ng 27ta yevropa davlatlari Lukashenkoni Belarusning qonuniy prezidenti sifatida tan olishdan bosh tortdilar. Slovakiya EI davlatlaridan birinchi bo'lib Lukashenkoni prezident sifatida tan olmasligi to'g'risida bayonot bilan chiqdi. So'ngra Chexiya, Litva, Polsha, Latviya, Estoniya, , Buyuk Britaniya, Kanada, Daniya ham xuddi shunday pozitsiyani bildirdi. 

Oradan sal o'tib, GFR vazirlar mahkamasi rasmiy vakili Shteffen Zaybert kantsler Angela Merkel tomonidan ham Lukashenko nomiga tabrik telegrammasi yuborilishiga umid qilish kerak emasligini aytdi. Berlinning rasmiy pozitsiyasiga ko'ra, Belarusda bo'lib o'tgan saylovlar "demokratik saylovlarning minimal talablariga mutlaqo mos ravishda o'tmagan". Bundan tashqari, Germaniya Lukashenko va uning apparati tinch namoyishchilarga qarshi zo'ravonlikni qo'llashni bas qilishlari lozimligini qayd etgandi.

EI davlatlari Belarusga nisbatan sanktsiyalar kiritishga kelishdilar.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Evropa davlatlariga qarshi chiqdi va MDH mamlakatlari orasida birinchi bo'lib Lukashenkoga tabrik yo'lladi. Lukashenkoni prezident sifatida, shuningdek, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Suriya, Qozog'iston va Qirg'iziston tan olgan.

Rossiya "maxfiy inauguratsiyaga" bu Belarusning ichki ishi, deya izoh bergan.

Sal keyin Ukraina va AQSh ham Belarusda bo'lib o'tgan prezident saylovlari natijalarini tan olmasliklari haqida bayonot bilan chiqishdi.

O'z navbatida, prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya hozirda o'zini Belarus xalqi tomonidan saylangan "yagona yetakchi" deya atamoqda.

Belarusda Lukashenkoning inauguratsiyasidan keyin yangi norozilik aktsiyalari boshlangan. Mamlakat politsiyachilari norozilik namoyishchilari ishtirokchilarini vodometlar yordamida tarqatmoqda.

Belarusda ommaviy norozilik aktsiyalari 9 avgustdan keyin, bo'lib o'tgan prezident saylovlarida amaldagi yetakchi Aleksandr Lukashenko g'olib chiqqanidan so'ng boshlangan edi. MSK maʻlumotlariga ko'ra Lukashenko 80,1 % ovoz olgan. Birinchi kunlarda aktsiyalar kuch tuzilmalari tomonidan bostirildi, norozichilarga nisbatan ko'z yosh keltiruvchi gaz, shovqin granatalari, vodometlar, rezinali o'qlar qo'llanildi. Rasmiy maʻlumotlarga ko'ra, birinchi kunlarda 6,7 ming kishi qo'lga olingan. Respublika IIV maʻlumotlariga ko'ra, tartibsizliklar davomida yuzlab insonlar jabrlangan, shu jumladan, 130 nafar huquq-tartibot xodimlari ham. Saylovlar yakunlangach bir oy davmida aktsiyalar ham ish ham dam olish kunlari o'tkazildi. Lukashenkoning tarafdorlari ham uni qo'llab-quvvatlab tadbirlar o'tkazib kelmoqdalar.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
118
0
xs.uz

Ilon Mask Oq uyni tark etdi

Mashhur milliarder va tadbirkor Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi faoliyatini yakunladi. U 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida:'Maxsus davlat xodimi sifatida mening muddatim tugaydi. Samarasiz xarajatlarga qarshi kurashish imkoniyati uchun prezidentdan minnatdorman. Samaradorlik departamentining missiyasi vaqt oʻtishi bilan yanada mustahkamlanadi, chunki u butun hukumatning turmush tarziga aylanadi', ' deb yozdi Mask.Uning davlat xizmatidagi ishtiroki hukumat xarajatlari

13 May 14:38
 
56
0
xs.uz

Baydenda salomatlik bogʻliq muammo aniqlandi

AQSHning sobiq prezidenti Jo Baydenga prostata bezida kichik oʻzgarish tashxisi qoʻyildi. Bu haqda 'The New York Times' gazetasi siyosatchining vakiliga tayanib xabar berdi.'Sobiq prezident oʻtgan juma kunini prostata bezida qoʻshimcha tekshiruvni talab qiladigan kichik oʻzgarish aniqlanganidan keyin Filadelfiya kasalxonasida oʻtkazdi', ' deyiladi xabarda.Baydenning sogʻligʻi va keyingi davolanishi haqida qoʻshimcha maʼlumot berilmagan.Avvalroq, internet foydalanuvchilari Baydenning qo

08 Jun 02:27
 
34
0
xs.uz

Gʻazoda 300 mingdan ortiq falastinliklar surunkali kasallikdan aziyat chekmoqda

Gʻazodagi 300 mingdan ortiq falastinliklar turli surunkali kasalliklardan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻazodagi ekspertlari va tibbiyot xodimlari hamda xayriya tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Isroil kuchlarini Gʻazodagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini qasddan nishonga olganlikda ayblab keladi.Ekspertlarning fikricha, Isroil kuchlarining bunday harakatlari Falastin aholisi uchun yashash sharoitlarini yaroqsiz qilishga

13 May 14:38
 
157
0
xs.uz

Xitoy navbatdagi sunʼiy yoʻldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi

Xitoy yangi 'Shiyan-19' tajriba sunʼiy yoʻldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Xitoy Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi xabariga koʻra, undan sunʼiy yoʻldosh aloqasi texnologiyasi boʻyicha tajribalar oʻtkazishda foydalaniladi.Uchirish seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:09 da mamlakat janubi-gʻarbidagi Sichuan provinsiyasida joylashgan Sichan kosmodromidan 'Chanchjen-3S' raketasi yordamida amalga oshirildi.Korporatsiyaning taʼkidlashicha, sunʼiy yoʻldosh birinc